Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

4.4.Xristianlikdagi asosiy oqimlar
.
 
Xristian cherkovining Katolik va
Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian
olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish
jarayoni Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib
borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul
patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan
olindi.
XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi
natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida
lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir
cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega
bo’lish bilan bir qatorda, bular ham o’z navbatida bir necha yo’nalishlar, mazhablar
va oqimlarga bo’lindi. 
1.P
rav
o slav
o
qimi
 
 .
Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri
o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu
oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan.
Pravoslav atamasi yunoncha 
ortodoksiya
so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian
yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada
shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti
butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy
Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov
xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi
jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya,
Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya,
Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov
ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar
nozil bo’ladi.


Cho’qintirish
- sirli hodisasi. Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga
botirishi Xudo-otani, O’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug’ilishni
kasb etadi.
Badanga eleyni surkash
ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning
ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. 
Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso
qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi
shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan
oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi
u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun
episkopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga
oshiriladi.
Badanni eley bilan ishqalash siri
da Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi.
Post
diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o’tkaziladi. Postning
mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga
tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslaviyasining ko’p kunlik postlari to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va
Pavel kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin.
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa Isoning o’lganidan
so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may
oyining birinchi yakshanbasigacha o’tkaziladigan bayram. U «Otsovskiy den»dan
avval o’tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi 
pesax
bayrami bilan bog’liq bo’lib, u
yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir.
Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan.
Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami
boshlanadi. Ular: 
Iso tug’ilishi, Sretenie, Isoni cho’qintirish, Preobrajenie, Quddusga
kirish, Isoning osmonga ko’tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga ko’tarilishi
,
Blagoveùanie
(Injilning nozil bo’lishi),
Rojdestvo
Bogorodisû
(Isoning xochga
osilishi) va hakozo.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish