Hindistonga,
hozirgi Panjob mintaqasiga g‘arbdan Hindukush dovonlari orqali
o‘zlarini oriylar deb atagan jangovar qabilalar kirib kela boshladilar. Ular na faqat
harbiy iste’dodga, balki shoirlik qobiliyatiga, dunyoning qandayligi, uning qanday
bo‘lishi kerakligi haqidagi o‘z qarashlariga ham ega edilar. Ularning alqovlari,
sharqiyalari eng qadimgi hind yodgorligi «
Rigveda
»ga asos bo‘ldi. «Veda»-
muqaddas bilim, «Rigveda»-alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘sha davr
kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush
axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Eng keng yoyilgan nuqtai nazarga ko‘ra, Hindistonga bostirib kirgunlariga
qadar oriylar O‘rta Osiyoning Amudaryo va Sirdaryo bo‘ylab Orol hamda Kaspiy
dengizigacha bo‘lgan mintaqalarida yashaganlar. Zero «Rigveda» va «Avesto»ning
tili bir-biriga nihoyatda yaqin. YAqinlik ba’zan shu darajadaki, ikki matn bir qadimiy
matnning ikki xil variantiga o‘xshaydi: faqat tovushlar mosligining qonun-
qoidalarigina har xil. Buning ustiga «Rigveda» tili keyingi davrda sanskritda yozilgan
she’rlar va mumtoz eposlar tilidan ko‘ra, «Avesto» tiliga yaqin. «Rigveda»dagi qator
mifologik personajlarning «Avesto»da mavjudligini ham aytib o‘tish lozim; nomlar
o‘xshashligidan tortib, syujetlar o‘xshashligigacha uchratish mumkin. Bundan
tashqari, har ikki diniy tizimda sig‘inish ob’ekti umumiy; «Rigveda»da ham,
«Avesto»da ham olovga sig‘inish e’tiqodiy asos sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday
o‘xshashliklar juda ko‘p.
«Rigveda»da
so‘zning ahamiyati
alohida o‘rin tutadi. Ma’budlarni e’zozlashda
so‘z ibodat va qurbonliqdan kam hisoblangan emas. So‘z poklovchi, muqaddas omil
hisoblangan, «Rigveda»da u ma’buda Voch («voc»–«so‘z», «nutq» degani) timsolida
jonlantirilgan.
SHarqiya-alqovlarni shoir-kohinlar-rishilar yaratganlar. Rishilar san’ati bizning
hozirgi baxshi-shoirlarimiz san’atiga o‘xshash vorisiylik tabiatiga ega bo‘lgan, otadan
o‘g‘ilga o‘tgan. Oriylarning Hindiston ichkarisiga kirib boraverishi bilan tabaqaviy
to‘siqlar yo‘qola borgan; rishilar uchun zot emas, iste’dod birinchi o‘ringa chiqqan.
«Rigveda»da oriylar jamiyatidagi shoir
ilohiy karomatga
dahldor, ma’budlar
alqagan donishmand tarzida namoyon bo‘ladi. SHoir ma’buddan ana shu karomatli
onlarni baxshida etishni so‘raydi. Donishmandlik, bu bir zum namoyon bo‘luvchi
manzara. Unga erishishning usuli - ko‘rishdir. SHoir ichki nigoh, savqi tabiiy bilan,
uning haqiqatning ilohiy manzarasini haqiqat nogoh yoritib yuboradigan nuri orqali
ko‘radi. Bir manzara o‘rnini ikkinchisi egallaydi va bu manzara-karomatlar
almashinuvi zaminida dhi deb nomlangan vedaga xos dunyoni bilish yotadi.
Dhi-
«fikr, tasavvur, qarash, tushuncha; intuitsiya (fahm), bilish, aql; bilim,
san’at, ibodat», shuningdek, «ko‘z o‘ngiga keltirish, fikrlash» ma’nolariga uyqash.
SHoir dhira-«dhi» egasi, donishmand, iste’dod egasi» deb atalgan. SHoirlar
ma’budlardan dhi ato etishlarini so‘raganlar. Dhi tufayli shoirlar ma’budlar odamlar
orasidagi vositachiga aylanganlar. Zero shoir-«doimo ma’budlar olami bilan
uchrashuv» timsolidir. Ma’budlar olami esa mutloq go‘zallik maskani Vedalardagi
tasavvurga ko‘ra, shoirlar o‘zlari yangi manzaralar yaratmaydilar, balki oddiy
bandalar ko‘rolmaydigan ma’budlar dunyosiga tegishli manzaralarni so‘zga
aylantiradilar. Bunda ilhomning o‘rni muhim: ilhomgina shoirga Ilohiy So‘z ustidan
hukmronlik qilish imkonini beradi. SHu bois shoirning muvaffaqiyati Voch bilan
bog‘liq. Voch deydi: «Kimni suysam o‘shani-qudratli, o‘shani-brahman, o‘shani-
rishi, o‘shani-donishmand qilaman. Zero shoir-baxshining «So‘z bilan
ko‘rmoqchiman iloh Agni siyratini», deyishi bejiz emas.
«Rigveda»-
she’riy matn
. Uning she’riy o‘lchovi hijolarning muayyan soniga
asoslangan. Ayni paytda uzun va qisqa hijolar farqlanadi. «Rigveda»da
1028 sharqiya-alqovlar mavjud. Uzoq zamonlardan buyon Hindistonda bu sharqiyalar
musiqa jo‘rligida ijro etilishi odat tusiga kirgan. CHunonchi, «Samoveda» -
butunasicha musiqaga solingan «Rigveda» sharqiyalaridan iborat.
Qadimgi
Xitoy
estetikasi deganda, biz odatda, miloddan avvalgi YII asrdan
milodning Y asrigacha bo‘lgan davrni nazarda tutamiz. Mana shu davrda Xitoyda,
garchand estetik tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo‘lmasa-da, lekin asosiy
falsafiy-estetik tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga doir
tasavvurlar, g‘oyalar, tushunchalar bundan ancha avval «SHutszin»(«Tarixlar
kitobi»-miloddan avvalgi XII asr), «SHitszin («Qo‘shiqlar kitobi»-miloddan avvalgi
XI-YI asrlar), «Itszi» («O‘zgarishlar kitobi»- miloddan avvalgi YIII-YII asrlar) deb
nomlangan yodgorliklarida uchraydi. Ularni eng avvalo, mazkur kitoblardan joy
olgan asotirlar-miflarda va she’riy eposlarda ko‘rish mumkin.
Bular orasida «SHitszin» («Qo‘shiqlar kitobi») alohida o‘rin tutadi. Zero u
qadimgi Xitoy xalqi tarixini ko‘pgina tarixiy, etnografik va boshqa yodgorliklarga
nisbatan to‘laroq, chuqurroq aks ettiradi, desak yanglishmaymiz. «SHitszin»
305 she’riy asarni o‘z ichiga oladi. Ular to‘rt qismga bo‘lingan: «Gofun»
(«Saltanatlar odatlari»), «Syao ya» («Kichik qasidalar»), «Da ya» («Ulkan
qasidalar») va «Sun» («Alqovlar»), «SHitszin»dagi she’riy asarlar asosan xalq
og‘zaki ijodining yozib olingan variantlaridir, to‘g‘rirog‘i musiqaga solingan
she’rlardir. Agar qadimda musiqa va raqs bir-biridan ajralib chiqmaganini nazarda
tutsak, bu yodgorlikda ham so‘z san’ati, ham musiqa san’ati, ham raqs san’ati ruhini,
unsurlarini ko‘rish mumkin. CHunonchi, «YUeszin» («Musiqa haqida kitob») deb
atalgan qadimgi yodgorliklardan bizgacha etib kelgan bir parchada shunday deb
yoziladi: «SHe’riyat-bu so‘zga aylangan intilish Qo‘shiq uni tovush orqali ifodalaydi;
raqs obrazni harakat orqali etkazadi. Har uchchala tur yurakda ildiz otadi, keyin
ularga musiqiy asboblar ergashadi». Bu parchadan o‘sha paytlarda so‘z san’ati kuy va
raqs talablariga bo‘ysindirilgani ko‘rinib turibdi.
Ieroglif
- belgilar odamlarning reallikka estetik munosabati taraqqiyotini,
badiiy ijod umumiy qonunlari shakllanishining manzarali belgisi sifatida namoyon
bo‘ladi. SHu bois so‘zning she’riy ma’nosi ko‘p hollarda aniq va cheklangan
doiralarda emas, balki asosiy ma’noga o‘xshashligi, yaqinligi, ba’zan esa zidligi bilan
ochiladi. Satrlarda tugallangan obraz o‘rnida, o‘sha obrazning ko‘lankasi ishora,
badiiy asosgina aks etadi; atayin qilingan nim ifoda, notugallik, ko‘pma’nolilik, bir
chizgi, belgida homaki matn tarzida in’ikos topgan ishora ba’zan asl ma’nodan
muhimroq ahamiyat kasb etadi. Natijada ijodiy hamkorlik tug‘iladi, o‘quvchi
san’atkorning asosiy fikriga bo‘ysunuvchi, uni inkor etmaydigan rang-barang
bo‘yoqlarni tasavvur qiladi. Bunda muallif qancha kam so‘z ishlatgan bo‘lsa,
shuncha ko‘p ifoda vositalari iqtisod qilinadi, fikrlashga, tasavvurga, manzara
yaratishni tugallashga shuncha katta imkon tug‘iladi. SHu bois kamso‘zlik, qisqalik,
nozik ishora qimmatli hisoblanadi. Qadimgi Xitoy shoirlarining o‘zlarini cheklashga,
iloji boricha kam so‘z ishlatishga, ifodaviy vositalarga «xasislik» qilishlariga
intilishlari shundan.
Qadimgi Xitoy estetikasida ikki yo‘nalish alohida ajralib turadi. Bular -
daochilik va konfutsiychilik.
Daochilik
yo‘nalishining muhim belgisi,
bu-fazo
(kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; jamiyat va inson go‘zalligi
darajasi esa ana shu borliq go‘zalligiga qanchalik o‘xshash, yaqin ekanligi bilan
belgilanadi.
Konfutsiychilik
xulqiy go‘zallik muammosini o‘rtaga tashlaydi; axloqiy-
estetik ideal uning eng muhim belgisi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |