Vaqt undan jannatiy bo’yni oladir,
Ro’z
g’
oru oshxona
h
idi qoladir.
24
Garchi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil tabiatga ega bo’lsa–da, ularda ma’lum ma’noda
hayotiy asos bor. Agar muhabbat har ikki tomondan e’zozlab, avaylab–asralmasa, undagi jannatiy
bo’yni yo’qotib qo’yish hech gap emas. Eng muhimi shuki, nikohdagi huquqiy holatning asosida
muhabbat yotmog’i lozim, o’shanda bunday hollar ro’y bermasligi shubhasiz. Ayni paytda
dunyodagi hamma narsa–hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj ekanini unutmaslik
kerak.
Oilaning mustahkam bo’lishi, oila a’zolarining axloqiylik darajasi undagi muhitga bog’lik.
Qaysi oilada sog’lom muhit, hukm sursa, uning ravnaqi, baxtliligi ta’minlangan bo’ladi. Sog’lom
muhit deganda biz faqat oilada insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo’ylik kabi
tamoyillar va me’yorlarga amal qilinishinigina emas, balki uning eskicha an’anaviylik yoki
Yangicha zamonaviyligini ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila
kelajagi bilan bog’liq.
Eskicha an’anaviy oila kiyinishda, yeb–ichishda kasbu korda zamonaviy oiladan farq
qilmaydi. U ham halol, hamma qatori zamonaviy sharoitda yashaydi. Faqat u o’zining
«o’zbekchiligi», ajdodlarining an’anaviy ma’naviy qadriyatlarini «unutmagani» bilan faxrlanadi.
Hamma gap shundaki, bunday oila asosiy kuchi va imkoniyatlaridan ana shu faxrlanish hissiga
erishish uchun foydalanadi: an’anaviy o’zbekona to’y kechasida nikoh bazmida artistlarga
«gaplashilgan» va «qistirilgan» millionlar hisobiga bemalol bitta bolalar bog’chasi qursa bo’ladi.
Ayniqsa og’zini qimirlatib turish bilan (fonogramma orqali) harom pul topayotgan «artist»larning
qudag’aylarni (ayol qudalarni) raqsga tushishga da’vat qilishini borib turgan odobsizlik: ortiqcha
pul yig’ib berish uchun bechora qaynonalar Yangi kelin va kuyov oldida o’yinga tushadilar.
An’anaviy to’ylar isrofgarchilik namunasi, muayyan ma’noda axloqsizning bir ko’rinishiga aylanib
ketganini tan olish kerak. «Borda»–ku «bor», «yo’qlar» ham shunday qilishga intiladilar. «Eshak
eshakdan qolsa qulog’ini kesadi» qabilidagi to’y uchun ko’p hollarda necha yilar davomida yaxshi
yemay, yaxshi kiymay, quruq non–choy bilan kun o’tkazib yashash kerak bo’ladi. Bunday «orzu –
havas»larning tagida yo odamlar nima der ekan degan qo’ruv yoki maqtanish, kibr, birovlarga
o’zini ko’z–ko’z qilish kabi illatlar yotadi. Eng yomoni shundaki, bunday oilada sog’lom muhit
qaror topmaydi, dasturxon ustida, bo’sh vaqtlarda bolalardan «qutilib olish» uchun ko’proq pul
topish haqida tinmay so’zlanadigan, falonchining to’yi mundog’ o’tibdi, u unday qilibdi, bu bunday
qilibdi, degan mayda gapalardan nari o’tilmaydigan bo’lib qoladi, axloqiy ideallar xiralashadi,
estetik did o’tmaslashadi, ijtimoiy ma’naviy intilishlar nihoyat darajada sustlashadi. Bu masalaning
bir tomoni. Ikkinchi tomoni ham bundan yaxshi emas: oilada totuvlik yo’qoladi, er va xotin
o’rtasida moddiy yetishmovchiliklar, «sandiq to’lmayotgani» borasida tez–tez aytishishlar, ta’na–
dashnomlar, janjallar bo’lib turadi, ba’zan ular katta oilaviy mojarolarga ham aylanib ketadi.
Bunday eskicha–an’anaviy oiladagi muhit atrofdagi boshqa oilalarga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi,
jamiyatning zaif, ma’naviy saviyasi past xalqasi sifatida millat tarbiyasini ma’lum ma’noda buzadi.
Ayni paytda o’z a’zolarining ham «gap–so’zdan» qo’rqadigan, maqtanchoq, ijtimoiy–siyosiy
«savodsiz», umrini kundalik mayda tashvishlar bilan o’tkazadigan odamlar bo’lib qolishlariga olib
keladi.
24
Byron. Don Juan.
M., Foreign language publishing house, 1948. P. 124.
Yangicha zamonaviy oiladagi muhit esa buning aksi: to’y–ma’rakalarda eng yomon illat
bo’lmish isrofgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Ularga ketadigan ortiqcha sarf–xarajatlar imkoni
boricha qisqartirilib, asosiy mablag’ oilaning farovonligini, intellektual va maishiy darajasini
yuksaltirishga yo’naltiriladi. Bunday oilada totuvlik, xotirjamlik qaror topadi, dasturxon ustidaga
suhbatlar Yangi kitoblar, filmlar, ijtimoiy–siyosiy Yangiliklar, inernet xabarlari ustida boradi, dam
olish maskanlariga borish rejalari tuziladi; asosiy xatti–harakat farzandlarning oliy ma’lumotli
bo’lishiga, zamonaviy kasbiy mahoratni egallashiga, ularni halq va Vatan faxrlanadigan shaxslar
bo’lib yetishishlariga qaratiladi.
Agar eskicha–an’anaviy oilaviy muhit O’zbekistonda erkin demokratik fuqarolik jamiyati
qurilishiga to’sqinlik ko’rsatsa, Yangi zamonaviy oila muhiti uning tezroq ro’yobga chiqishi uchun
muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Oilaning yana bir jihati – uning o’z mulkiga egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy ko’rinishi
bo’lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko’rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo’lishi uchun
ishlab topiladigan mablag’ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag’, shubhasiz, axloqiy
tabiatga ega: oila boshlig’i oila a’zolarini halol yedirib–ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda
erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo’jayinchilik qilish, uni
taqsimlash huquqiga ham ega.
Yuqorida aytganimizdek, nikoh ezgu maqsadga yo’naltirilgan, zimmasiga zurriyot
qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan, axloq bilan chegaralangan qo’shiluv, birlashuv; bu
birlashuvdan maqsad – hayotda o’zlaridan yaxshiroq, mukammalroq bo’lgan, o’zlari erisholmagan
orzularni ro’yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. Bunday odamlar farzandlardir. SHu
munosabat bilan SHimmel xonim o’zining avvalgi boblarda tilga olingan kitobida ba’zi
mutasavviflar uchun umumiylik tabiatiga ega bo’lgan qiziq bir fikrni keltiradi: «Ba’zi so’fiy–
teosofik oqimlarning tarafdorlarida mahsulot beradigan har bir xatti–harakatni «nikoh» deb atashga
moyillik bor. Ularning fikricha, po’lat bilan chaqmoqtosh birlashsa, bu nikohdan yanada yetukroq
farzand, ya’ni olov dunyoga keladi. Erkaklik va ayollik unsurlarining birlashuvi hayotni yanada
yuqoriroq pog’onaga chiqaruvchi omildir»
25
.
SHu bois oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o’z jufti halolini, ona esa
sevimli erini ko’radi: bolada er–xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib
turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga yeb–ichadilar, tarbiya
oladilar.
Oilada bolalar intizomli bo’lib o’smoqlari, ota–onaga bo’ysunishlari lozim. Lekin bu intizom
erkin o’sib kelayotgan go’dakni qullikka o’rgatish emas, balki bolalarga xos erka–tantiqlik,
o’zboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yo’qotishga xizmat qilishi kerak. Ota–onaga
bo’ysunishdan bosh tortishga yo’l qo’yish bolaning kelajakda qo’pol, badxulq, nokamtarin bo’lib
yetishuviga olib keladi. SHu bois oila ilk axloqiy tarbiya o’chog’i sifatida katta ahamiyatga ega.
Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilaning axloqiylik nuqtayi
nazaridan tarqalishi. Bunda bolalar balog’atga yetgach, erkin shaxs sifatida Yangi oilaga asos
bo’lishlari – o’g’il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. Uylantirilgan
o’g’illarga ham, erga berilgan qizlarga ham Yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki
paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun yetarli bo’lgan uy–ro’zg’or ashyolari ajratiladi.
SHuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota–onaning yoki otaning vafoti
tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o’tishi munosabati bilan oila
tarqalishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Aslida nikoh ham
diniy, ham dunyoviy nuqtayi nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o’rtada xiyonat sodir bo’lishi yoki
yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro’ga ega, qonun bilan tan olingan
idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy
hodisa. Har bir jamiyat mana shu so’nggi turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila
buzilishi qancha kamaysa, u o’sha jamiyatning axloqiy jihatdan takomillashib borayotganini
25
ШиммелА.
Жононменингжонимда, 44 – 45-б.
anglatadi. «Muxtasar aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |