11-MAVZU: DIN MADANIYAT FENOMENI
REJA:
1.Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya tushunchalarning tasnifi.
2.Dinning strukturasi: diniy ong va faoliyat, diniy munosabat.
3.Din paydo bo‘lishining psixologik omillari va sharoitlari.
4.XI asrda davlat va din va diniy munosabat dialektikasi.
5.Diniy tolerantlik va plyuralizm.
Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o‘z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko‘p qirrali bo‘lmog‘i, birovning g‘arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo‘lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo‘lgan sharoitlarda o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida mazkur mualliflarning obro‘sizlanishiga yoki o‘quvchini noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lib qolishiga olib keladi.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va eng go‘zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. CHunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida tadqiqotchilar tomonidan to‘plangan nazariy ma’lumotlar gumanitar fanlar sohasida yangi fan-«dinshunoslik» ning shakllanishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida dinshunoslik fani falsafa, antrapologiya, etnografiya, arxeologiya, tilshunoslik, qiyosiy mifologiya va fol’klor kabi fanlar bilan to‘qnashgan holda jahondagi dinlarni tadqiq qilishga kirishdi.
Dinlar falsafasi, din kelib chiqishi ilmiy-falsafiy o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish asosan XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda jiddiy tus oldi. SHu davrdan boshlab, Evropa oliy o‘quv yurtlarida bu fan o‘qitila boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, «Dinlar falsafasi», «Dunyo dinlari tarixi» MDH oliy o‘quv yurtlarining falsafa va ba’zi gumanitar fakul’tetlarida bu fan o‘z o‘rnini topa boshladi. SHu davr ichida Evropa tillarida bir qancha darsliklar va monografiyalar chop etildi.
Din haqidagi yangi fanni vujudga keltirish harakati Evropa klerikallari (din himoyachilari) tomonidan salbiy qabul qilinib, unga qarshi tanqidiy fikrlar aytildi. Ular o‘z e’tirozlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslashga harakat qildilar. Ularning fikricha, dinni ratsional (akliy) uslubda o‘rganish mumkin emas ekan, chunki din o‘z mazmuni bilan irratsional (aqldan yuqori) elementlarga ega. Amaliy jihatdan dinni o‘rganish esa, ya’ni turli dinlarning qiyosiy taxlili diniy qadriyatlarning axamiyatining pasayishiga olib keladi.
Bunday e’tirozlarning mavjudligiga qaramasdan Evropa jamoatchiligida dinshunoslikka bo‘lgan qiziqish so‘nmadi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab dinlar falsafasi va tarixi fanidan Angliya, Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning yirik universitetlarida ma’ruzalar o‘qila boshlandi.
SHunday qilib, dinlar falsafasi diniy xususiyatlarining ichki chuqur mohiyatini ochib bersa, sotsiologiya, psixologiya, fenomenologiya, din tarixi ularning muayyan konkret sharoitda tutgan o‘rni, darajasi, ta’siri haqidagi ma’lumotlar bilan boyitadi.
Dinlar falsafasining shakllanishi va rivojlanishi falsafiy ta’limotning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan bo‘lgan falsafaning dastlabki elementlari qadimgi Bobil, YUnoniston va Rimda miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan bo‘lsa, sivilizatsiyaning keyingi bosqichlarida u muayyan tizim sifatida dinga o‘z munosabatini bildirishga harakat qilgan. Falsafaning predmeti ob’ektiv olam va uning yashashi, rivojlanishi hamda taraqqiyoti, hayot va inson umrining mohiyati haqida baxs yuritsa, diniy ta’limotlar ham ana shu masalalarning echimini o‘ziga xos hollarda muyayan dunekarash shaklda talqin qiladi. SHuning uchun falsafa tarixining muhim masalalaridan biri dinning mazmun-mohiyatini, insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi tutgan o‘rnini aniqlash hamda taxlil qilish bo‘lgan .
Teologiya iloxiyotchi-olimlar tomonidan o‘rta asrlardan boshlab hozirgacha davom etmoqda. Bu holat faqat islom dinidagini emas, balki dunyodagi barcha milliy va jahon dinlarida mavjud. Hatto qadimgi YUnonistonda din falsafasi bilan shug‘ullanilgani manbalardan ma’lum. Masalan, qadimgi YUnovistonda mil. av. VI-V-asrlarda falsafa din bilan juda bog‘liq bo‘lib, Xudo xaqidagi xalqning oddiy tasavvurlarini tanqid qilish orqali faylasuflar uning oliy-ilohiy holatini tiklashga intilganlar. Fales, Geraklit, Anaksimandr din falsafasi bilan xam shug‘ullangan bo‘lsalar Pifagor diniy reformator hisoblangan.
Dinning vujudga kelish sabablarini ilmiy o‘rganish qadimgi davrlardan boshlangan. Dastlabki ilmiy qarashlar Qadimgi SHarq va Qadimgi O‘rta Er dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo‘lgan. O‘rta Er dengizi havzasida vujudga kelgan Qadimgi Grek va Rim sivilizatsiyalarida dinning vujudga kelishini ilmiy o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Qadimgi grek mutafakkirlari bunga munosabat masalasida ikki oqimga bo‘linadi. Birinchi oqim tarafdorlari odamlarning xudoga e’tiqod qilishi sabablarini ruhiy (ideal) kuchlarning obektiv mavjudligi bilan bog‘lab tushuntirganlar; ikkinchi oqim tarafdorlari esa dinning vujudga kelishini tabiiy va ijtimoiy sabablarini axtarib topishga harakat qilganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra, din o‘z-o‘zidan (immanent) vujudga kelmagan, balki u odamlarni qo‘rqitish va jamiyat qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o‘ylab topilgan. Qadimgi grek mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Demokrit dinni odamlarning tabiatdagi dahshatli kuchlardan qo‘rqishlari va ular oldidagi ojizliklar sababli vujudga kelgan deb hisoblagan. Albatta, buni inkor etib bo‘lmaydi, lekin xudoga munosabatda odamlarda ko‘proq qo‘rqinch hissi emas, balki mehr-muhabbat tuyg‘usi ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari, qo‘rqinch hissining odamda naf- ratni vujudga keltirishini ham unutmaslik kerak.
Antik davr hurfikrligi dinning vujudga kelishi sabablarini moddiy borliq bilan uzviy bog‘lab tushuntirishda erishgan yutuqlari ilmiy dinshunoslikning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta asrlarda ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida dinning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi. CHerkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga da’vogarlik qilish bilan birga hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashdilar. Mutafakkirlarning haqiqatni izlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida diniy dogmalar doirasidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmadi.
Ma’rifatparvar mutafakkirlarning din vujudga kelishi sabablarini o‘rganishda aytgan mulohazalarini amaliyotdan yiroq deb bo‘lmaydi. Lekin ularning muammoni o‘rganishdagi ilmiy-obektiv yondashuvlari buzilganligi shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelik yoki inson uchun afyun deb baholash uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘liq inkor etishdan boshqa hech narsa emas. Ayni damda ma’rifatparvarlarning, o‘ta keskin bo‘lsa-da, dinning vujudga kelishini ijtimoiy hayot bilan bog‘lab tushuntirishga urinishlari antik davr hurfikrligining qayta tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega bo‘lishiga sharoit yaratganini qayd etish lozim.
XIX asrda dinning vujudga kelishi sabablarini antropologik yondashuvi-dagidek ibtidoiy odamning abstrakt tafakkuri mahsuli, ongning mantiq qoidalariga zid kelishi natijasi sifatida baholash va marksizmdagi hukmron sinflarning afkor xalq ommasini ezish vositasi, ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch kabilar bilan bog‘lab tushuntirishdan farq qiluvchi g‘oyalar vujudga kelgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik etuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. CHunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:
- tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;
- etnik jihatga ko‘ra;
- e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k.
I. Tarixiy-geografik tasnif.
1) O‘rta er dengizi havzasi dinlari:
a) grek;
b) Rim;
v) ellinistik.
2) Qadimiy YAqin va O‘rta SHarq dinlari:
a) Misr;
b) SHumer;
v) Akkad;
g) g‘arbiy-somiy;
d) islomgacha arablar dinlari.
3) YAqin va O‘rta SHarqning payg‘ambarli dinlari:
a) zardushtiylik;
b) yahudiylik;
v) xristianlik;
g) manixeizm;
d) islom.
4) Hindiston dinlari:
a) vedalar dinlari;
b) hinduizm;
v) hind buddizmi (teravada, maxayana);
g) jaynizm.
5) SHarqiy va Janubi-SHarqiy Osiyo dinlari:
a) SHri-Lanka, Tibet, Janubi-SHarqiy Osiyo havzasi buddizmi;
b) Xitoy dinlari (daosizm, konfusiychilik, buddizm maktablari);
v) Koreya va YAponiya dinlari.
6) Amerika hindulari dinlari:
a) toltek va asteklar dinlari;
b) inklar dinlari;
v) mayyalar dinlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |