Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Borliqning moddiy shakli materiya



Download 7,24 Mb.
bet22/427
Sana14.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#448183
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

2. Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo‘lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi.
Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda, materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ay­rim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma kon­kret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatla­rini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Umuman odam - bu ayrim odamlarga xos umumiy belgi­larni aks ettiruvchi abstraksiyadir. SHunga o‘xshash materiya tushun­chasi ham abstraksiyadir. U mavjud bo‘lgan butun ob’ektiv re­allikni qamrab oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya on­g­dan mustaqil ravishda va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umu­miylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob’­ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir.
Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotning asosiy to­monlari quyidagilardan iboratdir:
- materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umu­miyligini tan olish;
- materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekan­li­gini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini tan olish;
- materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalar­ning evolyusiyasini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish.
Materiya va moddiy ob’ektlar xilma-xil ko‘rinishlarda va shakllarda uchraydi. Moddiy sistemalar tuzilishga ega, ya’ni u strukturali - turli xil strukturaviy elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday elementlar va ulardan tashkil topgan moddiy ob’ektlar rivojlanishga egadir.
Materiya va moddiy sistemalar, ob’ektiv du­nyoning tu­zilishi xususiyatlariga ko‘ra, turli xil strukturaviy dara­jalardan tashkil top­gan bo‘ladi. Bunday darajalarni moddiy sis­temalarning tashkiliy tuzilishi va miqyosiy tuzilishiga qarab: a) tashkiliy-struktura darajalari va b) miqyosiy-struktura darajalariga ajratish mumkin.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish