Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Axloqning paydo bo’lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi



Download 7,24 Mb.
bet121/427
Sana14.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#448183
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

Axloqning paydo bo’lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular – nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o’zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo’lish, rivojlanish, o’zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas–bir kun o’lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. CHunonchi, o’simlik urug’dan paydo bo’ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o’rnini sirach chiqarib davolaydi – muhofaza qiladi, urug’ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so’z bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G’azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo’lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz.
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo’lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–e’tiqodiy nuqtayi nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g’oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiyatshunosi CHarlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo’li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyutsion ta’limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to’g’ridan–to’g’ri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. SHuningdek, Darvin dahriy bo’lmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o’zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin tarjimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha o’rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo’ysunadi xolos».20 Marks o’zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so’rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi.21 SHunga qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta’limotini o’z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog’lab ish ko’rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi.
To’g’ri, bu o’rinda Darvinning evolyutsiya nazariyasi va Xudoning olamni olti kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir–biri bilan qanday sig’ishadi, degan savol tug’iladi. Gap shundaki, makon va zamonda ro’y bergan, milliardlab yil davom etgan evolyutsiya: nabotot – hayvonot – odamzod doirasi makon va zamondan tashqaridagi fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo’lishi mumkin. Xudoning olti kuni o’z ichiga makon va zamonni sig’dirgan Mutlaq Vaqtga, evolyutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa – makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo’lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to’qson foizni tashkil etadi. Biz ham ana shu ko’pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz.
XX asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog’liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo’lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o’zi ham bilmaydi, deb uni ulug’laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg’unchilik qiladigan, qonlar to’kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug’laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalarning ismlarini o’rgatdi. So’ngra ularni farishtalarga ro’baro’ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so’zlaringiz rost bo’lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o’zing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo’ldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o’zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e’lon etdi. Odam – Xudoning yerdagi xalifasi.
Shunday qilib, axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu bois o’z–o’zini va, iloji bo’lsa, o’zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
«Obro’parvarlik axloqiga ko’ra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obro’ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o’zni tutish qonun–qoidalari va me’yorlarini ham o’ylab topadi, o’rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me’yorlarni o’zi yaratishi, o’zi boshqarishi hamda ularga o’zi amal qilishi bilan farqlanadi»22
Fromm obro’parvarlik axloqinining ikki asosini ko’rsatib o’tadi: birinchisi – ratsional obro’parvarlik, unga ko’ra, ratsional obro’ egasi o’ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo’ladi. Biroq ratsional obro’parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro’ egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog’liq. Ikkinchisi – noratsional obro’parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan, qo’rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Noratsional obro’parvarlik tanqidni nafaqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro’parvarlik obro’ egasi tamonidan sub’ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro’parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro’ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» – fazilat, «quloq solmaslik» – illat hisoblanadi. Odatda, obro’parvarlik axloqi deganda, ko’proq noratsional obro’ egasi o’rnatgan qonun–qoidalar, me’yorlar nazarda tutiladi.
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi sub’ektning o’z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq–oydin namoyon etishini ta’minlaydi. Obro’parvarlik axloqida esa, aksincha, sub’ektga, obro’ egasiga bo’ysunish, quloq qoqmaslik, o’z individualligini yo’qotish hodisalari ro’y beradi. Lekin, fojea shundaki, buni insonning o’zi anglamaydi: atrof–muhitdagi obro’ egasining ulug’ligi, bilimdonligi qahramonligi, muruvatliligi, xalqqa otalarcha g’amxo’rligi va zaruriy qatiqqo’lligi haqida to’qilgan miflar, uning shaxsiga sig’inish bunga yo’l bermaydi. Bunday odamlar jamiyatda asosiy ko’pchilikni tashkil etadi, obro’parvarlikning mohiyatini tushunib yetgan, ommaga qo’shilmagan, o’z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kam bo’ladi. Natijada jamiyatning asosiy ko’pchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo’lib chiqadi, xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro’ egasi shaxsiga sig’inish fosh etilganidan so’nggina tushunib yetadi. CHunonchi, Hitlerga ergashganlar o’sha paytlar Olmoniyada ko’pchilikni tashkil etardi, ular o’zlarining yo’li to’g’ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «Fyurer adashmaydi!» Hozir esa Hitler kim–u, uning tutgan yo’li qanday ekanini hamma yaxshi biladi, Olmoniya aholisining asosiy ko’pchiligi fashizmga, uning obro’parvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq SHo’rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o’rnatgan obro’parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi me’yorlari bilan hayot kechirish yo’liga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratik jamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy yo’ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. SHu sababli ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi sifatida alohida e’tiborga molik, unga to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q.
SHu sababli axloqshunoslik fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo’lishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o’rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo’lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o’taydilar.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish