Bobilon so‘z san’atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni, Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa’rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari diniy-falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati», «Tushkunlik haqidagi suhbat» deb atalgan dostonlar ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqil ekanini maqollar va matallar bilan asoslashga intilgan qul oqil, quv xizmatkor obrazi tasvirlangan. Bu suhbat-aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat uning nihoyasidagina hayot joniga tekkan xo‘jayin «Endi nima yaxshi?» deb so‘raganida qul: «Bo‘ynimni mening sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. Kim shuncha balandki, osmonga etsa, kim shuncha ulkanki, erni to‘ldirsa!», — deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman, deb do‘q uradi. Doston-suhbatda so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening xo‘jam mendan uch kun ortiq yashasin», deb o‘zini qutqaradi.
Na faqat Gilgamesh kabi eposlarda, balki deyarli barcha Qadimgi Bobilon shoirlari ijodida insonning to abad shaxsiy o‘lmaslikka intilishi yuksak badiiy shakllarda o‘z ifodasini topgan, ularda hayot - go‘zallik, o‘lim - xunuklik tarzida qabul qilingan. SHunday qilib, Somir-Bobilon san’ati insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘oyalarning paydo bo‘lishini ko‘rsatib turadi.
Estetik tafakkur taraqqiyotiga qadimgi Misr madaniyati juda katta hissa qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar. CHunonchi, quyosh ma’budi Atonga (milodgacha XY asr) bag‘ishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi;
Sening go‘zalliging o‘zi hayotdir,
Umr bag‘ishlaydi har bir yurakka.
Ma’lumki, Nil toshqini qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go‘zallikdir. SHuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Unga atalgan alqovlarning birida u barcha go‘zallliklarning «bunyodkori» deb ta’rif etiladi;
Er yayraydi u yoyilgan chog‘ida,
Quvonadi bor jonzot.
Barcha tishlar ochilar,
YAraqlaydi har bir tish.
To‘kin rizqu non keltirib, u butun
Go‘zallikni yaratar.
Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan. CHunonchi, ma’budlar uchun qurilgan ibodatxonalar, ma’budlarning va o‘limidan keyin ma’budga aylangan fir’avnlarning haykallari ulardan shafqat, mo‘l-hosil, rizqu-ro‘z so‘rash maqsadida bunyod etilgan bo‘lsa, xalq amaliy san’ati buyumlari esa kundalik hayotni go‘zallashtirish uchun xizmat qilgan. Ayni paytda ba’zi san’at turlari manfaatsiz go‘zallikning namunasi sifatida diqqatni tortadi. Ayollarning go‘zal bezaklari, taqinchoqlari, diniy-badiiy qissalar, ertaklar shular jumlasidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |