Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 7,24 Mb.
bet126/427
Sana13.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#446639
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

Rostgo’ylik. Rostgo’ylik yoki to’g’ri so’zlilik insonning haqiqatga intilishi bilan bog’liq, haqiqat esa doimo sinfiylik–tabaqaviylik, partiyaviylik–mafkuraviylik va tarixiylik–davriylikdan yuqori turadi. Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri rostgo’ylikdir. Demak, rostgo’ylik – insonning keyinchalik kasb etgan – o’z ongiga, ruhiga singdirgan, ijtimoiy–hayotiy, davriy–tajribaviy xususiyat emas, balki uning mohiyatida berilgan fazilat. M., yaqinda tili chiqqan yosh go’dakni olaylik. U nima desangiz ishonadi, o’zi nimaiki desa – rost gapiradi («Aldagani bola yaxshi» degan maqolni eslang). Go’dakning soddaligidan, ishonuvchanligidan, to’g’risini aytishidan biz – kattalar kulamiz; lekin haqiqat ustidan, rostgo’ylik ustidan kulayotganimizni o’ylab ham ko’rmaymiz. Go’dak kattarib, «aqli kirib» borgani sari atrof–muhitda yolg’on mavjud ekanligini, rost gapirsa yo kulgi bo’lishi, yo jazo olishi mumkinligini anglab yetadi va asta–sekin yolg’onga o’rgana boshlaydi, dastlabki maishiy yolg’on ijtimoiy bosqichga ko’tariladi. Endi xususiy yoki guruhiy manfaatdorlikni ta’minlovchi yolg’on atrofdagi voqelikning hamrohiga aylanadi. Insonni bu yo’ldan faqat yuksak ma’naviylik, birinchi galda axloqiy tarbiya qutqaradi. Ezgulik, nomus, or, qadr–qimmat, insonparvarlik, halollik, insof nima ekanini tushunib yetgan kishigina rostgo’y bo’la oladi.
Hayolilik. Bume’yor xulqiy go’zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U, garchand, bir qarashda, uyat hissi bilan o’xshash bo’lsa–da, aslida o’zini ko’proq andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon qiladi, unda axloqiy mohiyat estetik xususiyat – nafosat bilan uyg’unlashib ketadi. Hayodan odatda, inson qizaradi, bu qizarish, ayniqsa xotin–qizlarda ichki go’zallikning yuzga tepchib chiqishiga sabab bo’ladi va alohida bir nafislikni, mayinlikni vujudga keltiradi. Insonning o’zi sodir etgan yoki boshqalar vositasida amalga oshirilgan axloqiylikka zid xatti–harakatlardan noqulay vaziyatga tushishi, o’ng’aysizlanishi, mulzam bo’lishi uyat hissida ham mavjud. Lekin bu holatlar uyatda ijtimoiylik kasb etgan bo’ladi, shu sababli ular xatti–harakat sodir qilingandan so’ng ham davom etadi va ko’p hollarda vijdon azobiga aylanadi. Hayotda esa mazkur holatlar sof ma’naviy tabiatga ega va vaqt doirasida cheklangan bo’lib, ular xatti–harakat sodir etilayotgan paytdagina yuzaga chiqadi.
SHarq donishmandlari, xususan, Abu Lays as–Samarqandiy, G’azzoliy,Navoiy kabi allomalar, keyinroq esaAvloniy, Fitratsingari jadid mutafakkirlari, hayoni yuksak axloqiy qadriyat sifatida olib qaraganlar, uni ikkiga – odamlar oldidagi hayoga va Alloh oldidagi hayoga ajratganlar hamda nomusning bir ko’rinishi deb ta’riflaganlar. CHunonchi, «Hayo, – deb yozadi Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida, – dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir… Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir»23.
Insoflilik. Aflotun haqida gap borganida, uning adolatni davlatga xos fazilat, degan fikrini keltirib o’tgan edik. Darhaqiqat, adolat mohiyatan davlatning fuqaroga, jamiyatning shaxsga nisbatan munosabati tarzida namoyon bo’ladi. Bordi–yu, o’zaro adolatli munosabatlar haqida gap ketsa, unda odatda yuksak martabadagi tarixiy shaxsning quyi martabadagi shaxsga munosabati nazarda tutiladi. Insof esa ana shu adolatning tor qamrovli xususiy ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. U fuqarolar, jamiyat a’zolari orasidagi o’zaro munosabatlar me’yoridir.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish