Materialistik yondashuv o‘zining aniq ifodalangan shaklida shu bilan tavsiflanadiki, u makon va vaqtni ongdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjud deb hisoblaydi, ya’ni ular mavjudligining ob’ektiv xususiyatini qayd etadi. Mazkur yondashuvni asosan Nyuton va A.Eynshteyn kabilar ilgari surgan g‘oyalarga tayanadi.
Makon va vaqt tabiati haqidagi metafizik yondashuvlarni rad etuvchi tabiiy ilmiy dalillar XIX asr oxirida fizikada elektromagnit nazariyasi yuzaga kelishi bilan shakllana boshladi. Uning rivojlanishi faylasuflarni bo‘shliq haqidagi tasavvurlardan voz kechishga majbur qildi. Dastlab u “efira” to‘g‘risidagi g‘oya bilan almashtirildi. Efir hamma joyda to‘liq, lekin mutlaq va hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan makonning shakli vazifasini bajardi. Keyinchalik bu tasavvurlardan ham voz kechildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |