Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha «suvga cho’ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina cho’qintirishga olib boradilar. «Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur», degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to’rtta rusumni saqlab qolishgan: cho’qintirish, (o’spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo’l bilan silab qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |