Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 7,24 Mb.
bet125/427
Sana13.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#446639
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

Qadr–qimmat. Qadr–qimmat tushunchasi inson o’z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligini, o’z shaxsi oldida o’zi ma’sul ekanligini anglashi uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g’urur tushunchalari bilan bog’liq, bir tomondan insonning o’z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi. Masalan, iste’dodli, vijdonli, ziyoli odam biror bir shaxsiy ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki to’pos rahbarga yalinsa, garchand o’z maqsadiga yetsa ham, bu o’zi tomonidan o’z qadrini yerga urishdir. Pirovard natijada o’zini kamsitilgan his qiladi, bundan afsus bilan yashaydi.
Qadr–qimmatning yana bir jixati – insonning boshqalar yoki jamiyat tomonidan kamsitilishi bilan bog’liq. Bunda kishining hayotida egallagan haqiqiy o’rinni atayin tan olmaslik, boshqa birov, guruh yoki jamiyat tomonidan ko’ra–bila turib, uni chetga surib qo’yish va shu orqali uni iztirobga solish kabi usullarni qo’llaniladi. Bunday usullar ma’naviy saviyasi past odamlar orqali, qonunlari ishlamaydigan totalitar va avtoritar boshqaruv hukmronlik qilgan jamiyatda ro’y beradi. Bunga misol tarzida Abdulla Qodiriy, CHo’lpon kabi buyuk siymolarning qamashga, otishga hukm etilishini yoki iste’dodli ziyolilarga atayn unvonlar bermaslik, iloji boricha ular nomini xalqqa yetkazmaslikka harakat qilish hollarini keltirishimiz mumkin.
Ideal. Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo’q narsa bilan o’lchanadi. Zero, ideal hayotda mavjud bo’lishi mumkin emas – bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, yirik ma’noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo’lmaydi, uning mavjudlik sharti – o’tgan zamon. SHunday qilib, idealga intilish shaxsning o’z zamonasidagi odatiy sharoitga sig’maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti–harakatidir. Bu xatti–harakat uchun namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo’ladi va muayyan zamonga kelib, u ma’lum ma’noda mubolag’aviy hamda afsonaviy ta’rif–tavsif bilan boyitiladi, ya’ni ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho No’shiravon, odil yoki ideal sahovat egasi, jo’mard inson Hotam Taiy Yamaniy siymolari yorqin misol bo’la oladi.
Inson ideal sari intiladi, o’z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to’la erishib bo’lmaydi, lekin inson ana shu komillikni o’ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy–hayotiy komillikni qo’lga kiritadi.
Dunyoviy ideal bilan, aniqrog’i, ijtimoiy–axloqiy ideal bilan diniy ideal, bir qaraganda, o’xshashdek ko’rinsa–da, aslida keskin farq qiladi. CHunonchi, musulmonlar uchun – Muhammad alayhissalom, nasroniylar uchun – hazrati Iso, yahudo dinidagilar uchun – hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech qachon o’zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy–axloqiy ideallar esa o’zgarishi mumkin va ko’p hollarda o’zgarib turadi. Masalan, sho’rolar davrida o’sha tuzum asoschisi Lenin – eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko’pchilik tomonidan shunday qabul qilinardi.
Milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g’oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o’nlab asrlar avval ro’y bergan. Ajdodlarimizning eng ko’hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. SHu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtayi nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik.
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari bilan bog’liq, insoning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof, pokiza bo’lishini talab qilidigan axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning yemak–ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti–harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo’lib amal qilgan, uning ziddi – harom diniy nuqtayi nazardan salbiy hisoblangan xatti–harakatlarga nisbatan qo’llanilgan. M., bismil qilingan hayvon yo parranda go’shti – halol, o’laksa go’shti – harom, nikohdagi jinsiy aloqa – halol, zino – harom, mehnat haqi – halol, o’g’rilik bilan topilgan mol – harom v.h.
Ko’rib o’tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yotadi va u ko’p hollarda ibodatdan baland qo’yilgan: solih bandalar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go’zal axloq egalaridir. SHu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan chiqib, asta–sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me’yorga aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani holda, kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo’lib qoldi. M., hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimotining takomillashuvi, ilm–fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik, ilmiy halollik, iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish