Radio to’lqin orqali
bog’lanish simsiz ulanish turiga kirib, maxsus antennalar
yordamida amalga oshiriladi. Unda foydalanuvchi kompyuteriga radiomodem va
antenna o’rnatiladi. Bunda ishlatiladigan qurilmalar narxi baland. Antenna provayder
antennasini ko’rib turishi kerak. Ma’lumot olish tezligi 2 MbG’sek gacha bo’lgani bilan
qabul qilish radiusi 5 kmgacha. Ma’lumotlarni qabul qilish sifati ob-xavoga xam
bog’liq.
Sun’iy yo’ldosh orqali
ulanish bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi
mumkin, chunki juda qimmat bo’lgan qurilmalar olishga to’g’ri keladi. Bular: Sputnikli
antenna, DVB karta (sputnikli modem), konvertor va kabel.
3.
Internetdan ma`lumotlarni izlash
Internetga ma’lum bir ma’lumotlarni olish uchun murojaat qilinadi. Kerakli Web-
sahifani ochish uchun uning adresini bilish yoki unga murojaat qilgan boshqa sahifani
ochish kerak. U ham, bu ham bo’lmasa
izlash tizimi
ga (
poiskovыe sistemы
) murojaat
qilish kerak. Izlash tizimi maxsus Web-tugunni tashkil qiladi. Web-sahifa
ma’lumotlarining mazmuniga qarab foydalanuvchilar izlash tizimiga ma’lumot beradi.
Izlash tizimi ma’lumotlarga asoslanib bu sahifaga murojaat qilgan gipermurojaatlarni
ko’rsatadi. Izlash uslubiga asosan izlash tizimlari ikki sinfga bo’linadi:
▪
Kataloglar bo’yicha izlash
(
Poiskovыe katalogi
). Bu izlash uslubi mavzular
bo’yicha izlashga moslashtirilgan. Foydalanuvchi bo’lim va qism bo’limlardan
iborat ierarxik (pog’onali) struktura bilan ish yuritadi. Bu strukturaning quyi
qismida ko’p bo’lmagan gipermurojaatlar mavjudki, ular foydalanuvchilarni
befarq qoldirmaydi. Katalog bo’yicha izlash yuqori darajada sifatli izlash amalini
ta’minlaydi.
▪
Indeks bo’yicha izlash
(
Poiskovыy indeks
). Bu izlash uslubida izlash kalit so’zlar
bilan amalga oshiriladi. Izlash natijasida ko’rsatilgan kalit so’zlar asosida Web-
sahifaga murojaat etgan gipermurojaatlar to’plami (nabor) hosil qilinadi. Bu izlash
uslubi keng masshtabli izlash amalini bajarish bilan farqlanadi.
Ko’pgina
zamonaviy izlash tizimlari o’zlarida ikkala uslubni ham
mujassamlashtirgan. Ko’p hollarda izlash tizimi internetda ishlashni boshlovchilar
uchun dastlabki vosita sifatida ishlatiladi. Ular orqali kerakli ma’lumotlarni izlab
topishga harakat qilishadi. Shuning asosida Web-portal (Web-portalov) deb
nomlanuvchi maxsus sahifa paydo bo’ldi. Web-portalda izlash tizimlariga murojaat
qilish uchun qulay interfeys mavjud. Boshqacha aytganda Web-portal bu
WWW
dagi
darchadir. Mavzular bo’yicha tuzilgan portallar izlashni sinflarga bo’lib amalga
oshirishga imkoniyat yaratadi.
Internet Explorer 5.0
dasturida izlash tizimlariga murojaat qilmasdan uni tashkil
etadigan maxsus vositalari mavjud. Masalan, «Adres» panelidan to’g’ridan-to’g’ri
izlash amalini bajarish mumkin. Buning uchun
go, find
yoki
?
va kalit so’zini
(klyuchevoe slovo) yoki kalit so’zlar guruhini (nabor klyuchevыx slov) yoki tayanch
iborani (klyuchevuyu frazu) kiritish kifoya. Bu holda izlash tizimi yordamida «izlash»
amali jimlik qoidasiga (po umolchaniyu) asosan amalga oshiriladi.
Izlash amalining boshqa bir imkoniyati Microsoft kompaniyasi qo’llab-
quvvatlaydigan mini-portalga murojaat etish bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu erda
izlash foydalanuvchilarning xohishi bo’yicha mavjud izlash tizimlaridan foydalangan
holda amalga oshiriladi. Bu izlash amalini bajarish uchun brouzerda «Obыchnыe
knopki» uskunalar panelidagi qo’shimcha «Poisk» tugmasini bosib, «Poisk» panelini
ochish kerak. «Poisk» panelining mazmuni
Microsoft
kompaniyasining Web-tugunidan
yuklanadi. Ushbu panelda tayanch iboralar va tayanch so’zlar ko’rsatilgan matn
maydoniga kiritiladi.
Izlash amali kerakli ma’lumotlarni topishni aniqlaydi. Masalan, Web-sahifani,
ma’lum bir kishining adresini, kompaniyaning Web-tugununini boshlang’ich adresini
yoki geografik xaritalarni aniqlash mumkin.
Internetdan fayllarni qabul qilish
Web-sahifalardagi gipermurojaatlar har xil turdagi hujjatlarni ko’rsatishi mumkin.
Brouzer agarda ma’lum bir turdagi faylni chaqira olmasa (masalan, .exe kengaytmasi
bilan bajariluvchi fayllar, .zip kengaytmali arxiv fayllar), u holda ushbu faylni
kompyuterga chaqirish jarayoni boshlanadi.
Internet Explorer 5.0
dasturi ishining dastlabki etapida faylni ochish yoki diskda
saqlash amallarini ko’rsatib faylni yuklaydigan (chaqiradigan) «Usto» (master) ni ishga
tushiradi.
Faylni «Ochish» («Otkrыtыe») deganda vaqtinchalik katalogda uni birdaniga
chaqirishni va bajariladigan fayllar uchun to’g’ridan-to’g’ri ishga tushirishni yoki shu
turdagi fayllar bilan ishlaydigan dastur yordamida ochish tushuniladi. Faylni chaqirish
jarayoni maxsus darcha orqali ifoda etiladi.
Bu holda faylni boshqaradigan «Usto» uchun Web-tugundan chaqirilayotgan
faylning to’liq uzunligi ma’lum bo’lganda ish jarayonining shkalasi paydo bo’ladi.
FTP tugundan fayllarni chaqirganda bunday ma’lumotlar berilmaydi yoki ularni
olib bo’lmaydi. Darchaning sarlavha satridan yoki «Panel zadach» tugmasining
yozuvidan faylni chaqirish jarayonini kuzatish mumkin. Faylni chaqirish amali
internetdagi Web-sahifalarni ko’rishga yoki boshqa amallarni bajarishga to’sqinlik
qilmaydi.
«
Zakrыt dialogovoe okno posle zaversheniya zagruzki»
bayroqchasi o’rnatilgan
bo’lsa, fayl chaqirilgandan keyin darcha avtomatik tarzda yopiladi. Aks holda fayl
chaqirilgandan keyin «Otkrыt» va «Otkrыt papku» tugmalari faollashadi. Bu tugmalar
orqali hozirgina chaqirilgan faylni yoki uni saqlagan papkani chaqirish mumkin.
«Otmena» tugmasi yordamida faylni chaqirishni ixtiyoriy vaqtda to’xtatish
mumkin.
Ko’p holatlarda ixtiyoriy foydalanuvchilar tomonidan ishlatilayotgan fayllar
FTP
-
tugunlarida saqlanadi.
FTP
-tuguniga murojaat qilish uchun uning
URL
-adresini
«Adres» panelida ko’rsatish kerak. Brouzer
Internet Explorer 5.0
jimlik qoidasi
bo’yicha
anonim
qo’shilishni
(
anonimnoe
podklyuchenie
) ta’minlaydi. Bu holda faqat
kataloglarni ko’rish va fayllarni chaqirish mumkin. Anonim chaqirishga ruxsat
berilmagan bo’lsa, u holda ekranda muloqot darchasi paydo bo’ladi va unga
foydalanuvchining ismi va parolini kiritish talab etiladi.
FTP
-tugunning darchasi ekranda oddiy papka ko’rinishida bo’lib, unda masofadan
ishlatilayotgan papkaning belgisi turadi. Faylni chaqirish uchun sichqonchaning o’ng
tugmasini ishlatib kontekstli menyudan «Kopirovat v papku» komandasini tanlash
kerak. Agarda ushbu
FTP
katalog uchun hamma amallarni ishlatishga ruxsat berilgan
bo’lsa, u bilan darchaning papkasi kabi ishlash mumkin. Faylni faqat to’g’ridan-to’g’ri
bir tugundan ikkinchi tugunga ko’chirish mumkin emas
Do'stlaringiz bilan baham: |