MIG’ 202-guruh talabasi Nosirova Aziza
Mavzu: Etnomadaniyatning shakllanishida xalq o’yinlarining o’rni.
Vazifa: Bobo-buvilardan xalq orasidan yozma va og’zaki terib olingan milliy xalq o’yinlariga misollar keltiring.
O’zbekistonning turli joylarida Navro’z bayrami uyushtirilgan. Navro’z odatda katta maydonlarda, shahar chekkalaridagi saylgohlarda uyushtirilgan. Navro’z bayramida dorbozlar va polvonlarning chiqishlari bo’lib o’tgan va bu udum hozirgacha saqlanib qolgan.
Dorbozlik- dor o’yin- baland dor ustida tomosha ko’rsatish san’ati, sirk san’ati janri. Dorbozlik taxminan 2,5 ming yil avval paydo bo’lgan. O’zbekistonda dorbozlik qadim tarixga ega. Ba’zi nimanbalar Amir Temur saroyida ajoyib dor o’yinlari o’tkazilgani aytilgan. Dorbozchilik O’zbekistonning barcha yirik shaharlarida, Quva, Asakada rivojlangan. O’zbek dorbozlari 25-30 m balandlikdagi ustunlarga qiya qilib tortiladigan arqon ustida langar cho’p bilan bo’ladigan o’yinlarni yugurish, sakrash, oyoqlarga pichoq yoki patnis bog’lab, shuningdek ko’zni bog’lab, boshqa xalta yoki qozon kiyib yurish, yakka va qo’sh chig’iriqda o’ynash kabi turli-tuman mashqlarni bajargan. Dor o’yinlari dor tagida raqqoslarning o’yinlari, qiziqchilar, askiyachilarning chiqishlari hamda an’anaviy sirk turlari bilan birga o’tkazilgan. Dorbozlik o’yinlari n qadimdan to hozirgi kungacha sayillarda, turli hil bayramlar o’tqazib kelingan. Mustaqillikdan so’ng o’zbk dorbozlari o’z san’atlarini dunyoning turli mamlakatlarida namoyish etmoqdalar. Dorbozlik o’zbek milliy o’yinlaridan biri hisoblanadi, chunki bu san’at qadimdan shakillanib kelgan.
Vazifa: Yoshligimizda o’ynagan o’ynlardan yozib kelish.
Oq terakmi ko’k terak- bu o’yinda bolalar ikki guruhga bo’linishadi. Har bir guruhdagi bolalar soni beshtadan kam bo’lmasligi kerak. O’yin boshlanishidan avval qur’a tashlanadi va o’yinni kim boshlab berishi aniqlanadi. Guruhlar ikki tarafdan bir-birlariga ro’paro bo’lib saflanib turishadi.O’yinni boshlaydigan guruh keyingi guruhga qarata;
Oq terami ko’k terak ,
Bizdan sizga kim kerak. Deb xitob qilishadi.
Ular bu guruhdagi xohlagan ishtirokchisini ismini aytadi.. Shunda ismi aytilgan bola safdan chiqadi va yugurib borib ikkinchi guruhdagi qo’l ushlashib turgan bolalar bolalar safiga o’zini uradi. Safni yorib o’tsa ushbu guruhdagi istalgan bolani o’z guruhiga olib ketadi. Agar safni yorib o’tolmasa o’zi o’sha guruhda qoladi. Shu axvolda keyingi guruh a’zolari o’yinni davom ettiradilar. O’yin davomida qaysi guruhda birorta ham ishtirokchi qolmasa, o’yin nihoyasiga yetadi. Barcha bolalarni o’z safiga olgan guruh o’yin go’libi bo’ladi.
15- o’yini- bu o’yinni ishtirokchilari ko’p guruh bilan ham 1 kishilik guruh bilan ham o’ynasa bo’ladi. Bu o’yinda 15 ta raqam qalin yumaloq qilib kesib olingan qog’ozlarga yozib chiqiladi. Kerakli masofa o’lchab olinadi va boshlanishi va oxiri belgilab olinadi. O’rtasiga 15 qog’ozlari teskari holda taxlab chiqiladi. Ikki kishi belgilangan joyda koptok bilan turadi. O’yinni boshlaydigan qatnashchi 15 qog’ozlari yonida turadi. 2 ishtirokchi o’rtadagi ishtirokchiga koptoklarini uloqtirishadi. O’rtadagi ishtirokchi esa koptokdan qochish bilan birga yerdagi qog’ozlarni o’ng qilishi kerak bo’ladi. Ishtirokchi qog’ozlarni o’nglab bo’lgandan so’ng ularni ketma-ketlikda yig’a boshlaydi. Hammasini yi’gib bo’lsa albatta koptok tegmagan holda, shunda u ishtirokchi o’yin go’libi boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |