Mavzu: Etiket va Etiket to’g’risida umummiy tusuncha



Download 480,05 Kb.
bet1/12
Sana14.01.2022
Hajmi480,05 Kb.
#363043
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
etiket


Mavzu: Etiket va Etiket to’g’risida umummiy tusuncha.

Reja


  1. Etiket

  2. Tashrif qog’ozlar

  3. Salomlashish

  4. Suhbat, xushomad, hazil

Etiket axloqiy madaniyatning yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko‘rinishlaridan biri sifatida ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishini boshqaradi. Aslida,, “etiket” tushunchasi miloddan avvalgi 2,5 - 3 ming yillikda qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket (étiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta’b, rasm-rusm hamda odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq qabilalarda mavjud bo‘lganligini asoslaydi. Bunday qoidalarni to‘liq bajarmaslik o‘zi yashayotgan jamoat yoki qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‘lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarini ham qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a’zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. Shu tariqa etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‘lmagan, asosan jamoatning ijtimoiy muammolariga bog‘liq holda tatbiq etilgan. Ya’ni, bu qoidalar tabiiy jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi. Keyinchalik esa ushbu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy me’yorlar darajasida ko‘rila boshladi. Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir alqovlarida inson xatti-harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarda – giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday qoidalar, ayniqsa, Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik xudoning qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi “Edda” eposi nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki mezbon sharafiga tilak aytish me’yorlarni ham o‘zida mujassam etgan.

Bu kabi xatti-harakat me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini belgilab berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, siyosiy etiketning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga, o‘zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini ham belgilar edi. Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 – yilda qadimgi Misr Firavni bilan Xett qiroli Xattush III o‘rtasidagi kumushga bitilgan yozma kelishuv asos bo‘la oladi. Garchi Misr bunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa – da, qirol uchun Misr kabi davlat bilan hamkorlik qo‘l kelar edi. Shu tarzda kelishuvning imzolanishi diplomatik etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha avvalroq paydo bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Zotan, davlatlararo munosabatlardagi qabullar qadimgi Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero bunday qabullar juda katta dabdaba va haddan ziyod qoidalar va rasm-rusmlar bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi. Qadimgi Yunonistonda esa elchilar maxsus “Germes nishonlari” deb nomlangan vakillik nishonlarini o‘zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro 5 etiketning bilimdonlari sifatida ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonunqoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi Rimda esa siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‘lgan. Misol uchun, elchilar qabulining avvali ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifning tugallanishida esa ikki tomonlama sovg‘a hadya qilish bilan yakunlangan. Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‘lgan insonlardan farqlay bilish uchun alohida odamlarning o‘zini a’lo jamoatda tutishning tartib – qoidalari paydo bo‘ldi. 1207 – yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi muallifligida ilk bor “O‘zini tutish qoidalari” deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi. Albatta, bu izlanishlar qadimgi Turon hamda Eron zaminida bunday yodgorliklar bo‘lmagan, degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‘rni beqiyos. Ammo shuni aniqlash zarurki, milliy o‘zligimizni anglash bilan bog‘liq bunday ilmiy atamalar juda ko‘p chalkash tushunilishi yoki targ‘ib qilinishi natijasida ko‘pgina noaniqliklar vujudga keladi. Aytaylik, axloq bilan xulq va odobni, odob bilan etiketni bir ma’noda tushunish hollari uchraydi. Aslida,, ushbu tushunchalar bir-biridan ham nazariy, ham amaliy, ham qo‘llanish jihatidan farqlanadi. Etiketga keladigan bo‘lsak, odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun hisoblangan. Zero odob rasm-rusmlari – asosan, tashqi ta’sirga emas, balki ichki jihatlarga – insoniylik, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. Ya’ni etiket “ muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‘rinishda” shiori ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, aslzodalikning mavjudligini ko‘rsatishga intilish va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Odob insonlararo munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash orqali takomillashadigan tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, “Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi” Bundan tashqari, odob insonlarni ranjitmaslik, Jan Pol Sartr aytganidek, erkin jamiyatda erkin bo‘lish, ya’ni boshqalar erkini ta’minlashga, odamlarni axloqiylikka, ular orasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu atamalarning ilmiy asosiga murojaat qilsak, ularning mazmun-mohiyati yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda etiket birinchidan, inson va jamiyat o‘rtasida munosabatlarning qaysi axloqiy mezonlarga asoslanishini belgilasa, ikkinchidan, siyosat va ijtimoiy voqelikni bir–biri bilan “murosa-yu – madora” qilishga chaqiruvchi tarbiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘rta asrlarga kelib, etiket qoidalari cherkov talablari asosida belgilandi. Ruhoniylarning inson munosabatlarini boshqarishga bo‘lgan intilishi boshqa sohalar kabi etiket qoidalari asosidagi munosabatlar tizimida turg‘unlikni paydo qildi. Ammo yangi davrga kelib G‘arbda etiket rivojlana boshladi. Yuqori tabaqali kishilarning moliyaviy imkoniyatlarini yo‘naltirish, ularning jamoatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga doir etiketning qoidalari takomillashdi. Yigitlarning uylanishi va qizlarning turmushga chiqishi yoki moddiy imkoniyatlari kam yigitning o‘z mavqeini tiklab olish uchun etiket juda katta ahamiyat kasb eta boshladi, hatto dasturxon atrofida o‘zini tutish etiketi siyosiy darajaga ham yetdi. Biroq bu kabi munosabatlarda me’yorning buzilishi G‘arb ziyolilarining g‘ashini keltira boshladi. Sharqda esa bu masalalarning barchasi axloqiy mezonlar asosida rivojlantirildi. Misol uchun musulmon Sharqida taom tanovul qilish paytiga kelib qolgan mehmon mezbonni rad etishi Olloh bergan rizqdan voz kechish, o‘zini xudodan ustun hisoblash deb tushunilar edi. Ya’ni, taom tanovul qilish ham ma’lum ma’noda o‘ziga xos ibodat hisoblandi. Chunki inson kim ekanligini, hayotning mayda-chuyda tashvishlarini, muhimi, asosiy maqsad – o‘z-o‘zini anglashni unutib qo‘ymaslik, tanovul paytida unga rizq bergan Zotning yerdagi ajoyibotlari, borliq borasidagi mushohadaga chorlashi lozim edi. G‘arbda esa, taomga taklif qilingan mehmon taklifni qabul qilishdan avval bashang va yuksak did bilan kiyingan bo‘lishi shart edi. Agar mehmon taklifni qabul qilsa-yu, yuqoridagi qoidani unutsa, bu holat mezbonga nisbatan haqorat tarzida qabul qilinishi mumkin edi. Ya’ni, kiborli jamiyatga “arziydigan” inson bo‘lishdan “toyilish” shu jamiyatga qarshi borish bilan barobar bo‘lgan.

Etiketning qoidalari – odobga, odob – xushxulqqa, xushhulq - axloqiylikka olib boradi. Binobarin, axloq – jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa sifatida nafaqat shaxsni, balki butun bir jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois etiketni bugungi kunga kelib, texnika asri kishisining zamon talablariga javob beradigan madaniy-maishiy turmush tarzini go‘zallashtirishga, o‘zaro munosabatlar tizimini madaniylashtirishga xizmat qiluvchi fanning yangi tarmog‘i deyish mumkin.



Birinchi tashrif qog'ozlari odatda Qadimgi Xitoy davriga tegishli. Taxminan 2500 yil oldin, ingichka yog'och taxtalar paydo bo'ldi, ularning ustiga qabul qilish to'g'risida petitsiyalar yozilgan edi. Tashrifnomadagi rasm nima

Tashrif qog’oz yoki tashrif qog’oz - bu ishbilarmon shaxsning hayoti va odob-axloqining ajralmas qismidir.

Biror kishida tashrif qog’ozga ega bo'lish uning jiddiy, vakili va samarali hamkorlikka tayyor bo'lgan ishbilarmon shaxs ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun biznes kartalarni bosib chiqarish zamonaviy biznes olamida juda keng tarqalgan.

Tashrif qog’oz shunchalik jiddiyki, u uchun xalqaro standartlarning ro'yxati mavjud.:



  • Hajmi 50 * 90 mm bo'lishi kerak.

  • Tashrif qog’ozni pochta orqali yuborish to'g'ri deb hisoblanmaydi, ammo siz uni kurer yoki haydovchi orqali topshirishingiz mumkin. Qabul qiluvchiga javobni kartani olish paytidagi sutoksdan kechiktirmasdan berish kerak.

  • Birovning tashrif qog'ozining ko'rinishini buzmang (egilib, ustiga chizib qo'ying), ayniqsa egasining oldida, bu uni xafa qilishi mumkin.

  • Sizning sherikingizga tashrif qog’ozngizni berishingiz kerak, shunda u sizning ismingizni ko'zining burchagidan ko'rishi mumkin, shu bilan birga ikkalasi ham bir-biriga bir oz egilib turishlari kerak.

  • Agar qabul qiluvchi sizni qabul qilmasa, tashrif qog'ozining o'ng burchagini biroz egib, uni qoldirishingiz kerak.

  • Tashrif qog’ozlari har doim mavjud bo'lishi kerak. Agar siz to'satdan sherikingiz uchun tashrif qog’ozlarni topmasangiz, unda bu yomon shakl hisoblanadi.

Bugungi kunda tashrif kartalarida bir nechta o'zgartirishlar mavjud: shaxsiy, biznes, oilaviy, to'g'ri tanishish uchun tashrif qog'ozlari.

Tashrif qog’ozning pastki chap burchagida shartli xabar yoki tabrikni qoldirish mumkin, masalan, minnatdorchilik, taqdimot, uzoq safar uchun vidolashish va hatto quvonchli yangi yil.




Download 480,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish