Mavzu: etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati



Download 76,5 Kb.
bet1/21
Sana14.12.2022
Hajmi76,5 Kb.
#885935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
12 mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


MAVZU: ETIKA FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI.


REJA:
1. Etikaning moxiyati va axamiyati.
2. Falsafa tarixida Sharq va G‘arb mutafakkirlari ijodida axloqiy qarashlar.
3. Axloqning funktsiyalari: motivatsiya, o’z o’zini boshqarish, ijodiylik.
4. Axloqiy tamoyillar va axloq kategoriyalar mazmuni.


Tayanch iboralar
Odob, xulq, axloq, gedonizm, evdemonizm, etika, odobnoma, axloq ilmi, Yaxshilik va yomonlik, adolat
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘pada esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; yunoncha «ethos» so‘zidan olingan.
Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar.
Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g‘oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o‘nlab asrlar avval ro‘y bergan. Ajdodlarimizning eng ko‘hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik.
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq« so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon!» deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo‘yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o‘tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, qo‘lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko‘ngil, ochiqqo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, to‘y-ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror-bir ko‘zga tashlanadigan ta’sir o‘tkazmaydi.
Biroq, bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi.
Axloqqa kelsak, masala o‘ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o‘zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta’minlash uchun intiladi, adolat qaror topishini ko‘zlab ish yuritadi, lozim bo‘lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‘z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u-umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag‘ishlagan yuksak axloq egasi; u, o‘zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo‘laroq, o‘sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo‘laturib, o‘zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‘lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo‘ladi: oddiy fuqaro nazdida birgina kishi-prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‘onadi. Bunday tasavvurlarning muntazam kuchayib borishi esa oxir-oqibat o‘sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik - xushxulqlilikka, xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o‘tishi mumkin.
Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o‘rganadi. Ana shu uch axloqiy hodisaning umumlashmasini, ya’ni mazkur fanimizning predmeti bo‘lgan umumiy tushuncha sifatidagi axloqni quyidagicha ta’riflash mumkin:
Axloq-barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko‘rinishidan iborat bo‘lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma’naviy hodisa.
Shuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor.1
Axloqshunoslik qadimda fizika, metafizika va mantiq bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so‘ng) u alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. SHundan kelib chiqqan holda, falsafaning predmetini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini, uning nazariy muammolarini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb ham atash mumkin.
Bugungi kunda falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqshunoslik axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o‘rgatadi. SHunga ko‘ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me’yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof nazariy axloqshunoslikning bo‘lishi mumkin emas. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o‘rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. Ya’ni axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy , Nasafiy, Spinoza, Kant, Hegel, SHopengauer, Foerbax, Kirkegaard, Nitsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Panchatantra», «Qutadg‘u bilik», «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag‘ishlangan asarlari ham o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday omuxtaligidadir.
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular – nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas–bir kun o‘lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, o‘simlik urug‘dan paydo bo‘ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o‘rnini sirach chiqarib davolaydi – muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz.
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–e’tiqodiy nuqtai nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi CHarlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyusion ta’limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to‘g‘ridan–to‘g‘ri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. Shuningdek, Darvin dahriy bo‘lmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o‘zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin tarjimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha o‘rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo‘ysunadi xolos».2 Marks o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi.3 Shunga qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta’limotini o‘z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab ish ko‘rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda etakchilik mavqeini egalladi.
To‘g‘ri, bu o‘rinda Darvinning evolyusiya nazariyasi va Xudoning olamni olti kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir–biri bilan qanday sig‘ishadi, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, makon va zamonda ro‘y bergan, milliardlab yil davom etgan evolyusiya: nabotot – hayvonot – odamzod doirasi makon va zamondan tashqaridagi fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtai nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo‘lishi mumkin. Xudoning olti kuni o‘z ichiga makon va zamonni sig‘dirgan Mutlaq Vaqtga, evolyusiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa – makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo‘lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to‘qson foizni tashkil etadi. Biz ham ana shu ko‘pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning mana bu gaplari bizning fikrlarimiz uchun e’tiborli xulosa bo‘la oladi deb o‘ylaymiz:
«Shu o‘rinda ta’kidlamoqchi edimki, dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz».4
XX asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Erda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U erda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Eru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo‘ldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtai nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e’lon etdi. Odam – Xudoning erdagi xalifasi.
Shu o‘rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma’nosi haqida to‘xtalmoq o‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. Ma’lumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. Shunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning aytganlari yoki ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya’ni Tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi.
Hukmronlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin harakatni ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, ixtiyor erkinligi zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. Farishtalar bunday ma’naviy ne’matdan mahrum – ular faqat Allohning buyrug‘ini bajaradilar. Lekin insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham cheklangan – u Alloh tomonidan Qur’oni karimda umumiy tarzda belgilab berilgan doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. Shu bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos.
Shunday qilib, axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z–o‘zini va, iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti–harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka, nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti–harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma–xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo‘ladi, ya’ni axloqiy xatti–harakatlar asos–e’tibori bilan ikki turga bo‘linadi. Ulardan biri – obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik – (humanitar) axloqi. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o‘zni tutish qonun–qoidalari va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me’yorlarni o‘zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi»5
Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi – ratsional obro‘parvarlik, unga ko‘ra, ratsional obro‘ egasi o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional obro‘parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro‘ egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi – noratsional obro‘parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Noratsional obro‘parvarlik tanqidni na faqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro‘parvarlik obro‘ egasi tamonidan sub’ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro‘ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» – fazilat, «quloq solmaslik» – illat hisoblanadi. Odatda, obro‘parvarlik axloqi deganda, ko‘proq noratsional obro‘ egasi o‘rnatgan qonun–qoidalar, me’yorlar nazarda tutiladi.
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi sub’ektning o‘z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq–oydin namoyon etishini ta’minlaydi. Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, sub’ektga, obro‘ egasiga bo‘ysunish, quloq qoqmaslik, o‘z individualligini yo‘qotish hodisalari ro‘y beradi. Lekin, fojea shundaki, buni insonning o‘zi anglamaydi: atrof–muhitdagi obro‘ egasining ulug‘ligi, bilimdonligi qahramonligi, muruvatliligi, xalqqa otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar jamiyatda asosiy ko‘pchilikni tashkil etadi, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib etgan, ommaga qo‘shilmagan, o‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kam bo‘ladi. Natijada jamiyatning asosiy ko‘pchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib etadi. Chunonchi, Hitlerga ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular o‘zlarining yo‘li to‘g‘ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «Fyurer adashmaydi!» Hozir esa Hitler kim–u, uning tutgan yo‘li qanday ekanini hamma yaxshi biladi, Olmoniya aholisining asosiy ko‘pchiligi fashizmga, uning obro‘parvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq Sho‘rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o‘rnatgan obro‘parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi me’yorlari bilan hayot kechirish yo‘liga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratik jamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy yo‘ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. Shu sababli ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi sifatida alohida e’tiborga molik, unga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q.
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular – nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas–bir kun o‘lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, o‘simlik urug‘dan paydo bo‘ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o‘rnini sirach chiqarib davolaydi – muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz.
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–e’tiqodiy nuqtai nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi CHarlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyusion ta’limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to‘g‘ridan–to‘g‘ri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. SHuningdek, Darvin dahriy bo‘lmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o‘zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin tarjimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha o‘rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo‘ysunadi xolos».6 Marks o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi.7 Shunga qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta’limotini o‘z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab ish ko‘rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda etakchilik mavqeini egalladi.
To‘g‘ri, bu o‘rinda Darvinning evolyusiya nazariyasi va Xudoning olamni olti kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir–biri bilan qanday sig‘ishadi, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, makon va zamonda ro‘y bergan, milliardlab yil davom etgan evolyusiya: nabotot – hayvonot – odamzod doirasi makon va zamondan tashqaridagi fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtai nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo‘lishi mumkin. Xudoning olti kuni o‘z ichiga makon va zamonni sig‘dirgan Mutlaq Vaqtga, evolyusiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa – makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo‘lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to‘qson foizni tashkil etadi. Biz ham ana shu ko‘pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning mana bu gaplari bizning fikrlarimiz uchun e’tiborli xulosa bo‘la oladi deb o‘ylaymiz:
«Shu o‘rinda ta’kidlamoqchi edimki, dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz».8
XX asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Erda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U erda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Eru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo‘ldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtai nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e’lon etdi. Odam – Xudoning erdagi xalifasi.
Shu o‘rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma’nosi haqida to‘xtalmoq o‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. Ma’lumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. Shunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning aytganlari yoki ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya’ni Tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi.
Hukmronlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin harakatni ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, ixtiyor erkinligi zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. Farishtalar bunday ma’naviy ne’matdan mahrum – ular faqat Allohning buyrug‘ini bajaradilar. Lekin insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham cheklangan – u Alloh tomonidan Qur’oni karimda umumiy tarzda belgilab berilgan doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. Shu bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos.
Shunday qilib, axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu bois o‘z–o‘zini va, iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti–harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka, nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti–harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma–xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo‘ladi, ya’ni axloqiy xatti–harakatlar asos–e’tibori bilan ikki turga bo‘linadi. Ulardan biri – obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik – (humanitar) axloqi. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o‘zni tutish qonun–qoidalari va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me’yorlarni o‘zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi»9
Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi – ratsional obro‘parvarlik, unga ko‘ra, ratsional obro‘ egasi o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional obro‘parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro‘ egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi – noratsional obro‘parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Noratsional obro‘parvarlik tanqidni na faqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro‘parvarlik obro‘ egasi tamonidan sub’ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro‘ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» – fazilat, «quloq solmaslik» – illat hisoblanadi. Odatda, obro‘parvarlik axloqi deganda, ko‘proq noratsional obro‘ egasi o‘rnatgan qonun–qoidalar, me’yorlar nazarda tutiladi.
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi sub’ektning o‘z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq–oydin namoyon etishini ta’minlaydi. Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, sub’ektga, obro‘ egasiga bo‘ysunish, quloq qoqmaslik, o‘z individualligini yo‘qotish hodisalari ro‘y beradi. Lekin, fojea shundaki, buni insonning o‘zi anglamaydi: atrof–muhitdagi obro‘ egasining ulug‘ligi, bilimdonligi qahramonligi, muruvatliligi, xalqqa otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar jamiyatda asosiy ko‘pchilikni tashkil etadi, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib etgan, ommaga qo‘shilmagan, o‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kam bo‘ladi. Natijada jamiyatning asosiy ko‘pchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib etadi. Chunonchi, Hitlerga ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular o‘zlarining yo‘li to‘g‘ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «Fyurer adashmaydi!» Hozir esa Hitler kim–u, uning tutgan yo‘li qanday ekanini hamma yaxshi biladi, Olmoniya aholisining asosiy ko‘pchiligi fashizmga, uning obro‘parvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq Sho‘rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o‘rnatgan obro‘parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi me’yorlari bilan hayot kechirish yo‘liga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratik jamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy yo‘ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. Shu sababli ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi sifatida alohida e’tiborga molik, unga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q.
Axloqshunoslikda inson xatti–harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo‘ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun–tun, oq–qora singari bir–birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo‘lgan qadimgi faylasuflar ta’kidlaganlaridek, ikki illat oralig‘ida ro‘y beradi. Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki manfiylik o‘rtalig‘ida yuzaga keladigan musbat hodisadir. Chunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg‘anchiqlik bilan rujuning o‘rtalig‘i sifatida voqe bo‘ladi.

Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish