Kelib chiqishi va tarqalishi. Pomidor aslida Janubiy Amerikadan kelib chiqqan. yevropaga XVI asrning o’rtalarida keltirilgan bo’lsada, uzoq vaqtga qadar uni manzarali yoki dorivor o’simlik sifatida o’stirib kelingan. XVIII asrning oxirlarida pomidor oziq-ovqat ekini sifatida o’stirila boshlandi. O’tgan asrning oxirlaridan e’tiboran pomidor o’simligi Markaziy Osiyoda ham ekila boshlandi.
Klassifikatsiyasi va navlari. D.Brejnevninng klassifikatsiyasi bo’yicha (1964), turkumiga kiruvchi pomidorlar uch turga bo’linadi.
Peruian pomidor - ko’p yillik, mayda mevali, yotib o’suvchi yovvoyi o’simlik. Tukli pomidor - poyasi sertuk, mevasi mayda va taxir, bir yillik yoki ko’p yillik yovvoyi o’simlik. Oddiy pomidor - bu tur ham o’z navbatida uchta kenja turga bo’linadi: 1. «YOvvoyi pomidor» - bunga sershox, yotib usadigan, mayda mevali va mevasining tarkibida ko’p miqdor quruq modda (8-10) hamda shakar saqlaydigan smorodinasimon pomidor kiradi. 2. «YArim madaniylashgan pomidor» - poyasi yotib yoki tik usadi, mevasi mayda (20-30 g.). YArim madaniy pomidor mevalarining yirikligi va shakliga karab bir-biridan farq qiladigan olchasimon, noqsimon, olxurisimon, uzunchoq va ko’p uyali xillarga bo’linadi. 3. Madaniy pomidor navlari nixoyatda xilma-xil shaklda bo’lishi bilan harakterlidir.
O’zbekiston Respublikasida pomidorni quyidagi navlari
rayonlashtirilgan. Maykopskiy urojayno’y 2090, tezpishar, Talalixin 186, Temno-krasno’y tezpishar, Namuna 70, podarok, Volgograd 5/95, Novinka Pridnestrovaya, Peremoga 165, Progressivno’y, Surxan 142, TMK - 22, O’z MASH - 1,Vostok - 36, Oktyabr, O’zbekiston va boshqalar.
Biologik xususiyatlari. Pomidor issiqsevar o’simlik. Uning urug’i 10-120 haroratda o’na boshlaydi. O’simlikning normal o’sib rivojlanishi uchun harorat 250 atrofida bo’lishi kerak. Harorat 150dan past bo’lganda gullashdan va 100 pasaysa vegetativ organlari o’sishdan to’xtaydi. -1-20 tumperaturada o’simliklar bo’tunlay nobud bo’ladi. Pomidorning hozirgi vaqtda yaratilgan ba’zi navlari -3-40 sovuqqa bardosh bera oladi.
O’ta yuqori tumperatura ham pomidor o’simligining o’sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tempuratura 330 dan oshganda ularning o’sishi sekinlashadi, harorat 350ga yetganda esa o’simlik o’sishdan butunlay to’xtaydi.
Tempuratura va namlik sharoitlari qulay bo’lganda urug’i ekilgandan 4-5 kun o’tgach, maysalari ko’rina boshlaydi, 3-4 kun o’tgandan sung uch bo’limdan iborat birinchi chinbarg chiqaradi, o’simlikda ertapisharlarda, 5-7, kechpishar navlari esa 10-11 ta barg chiqargandan keyin dastlabki gul shingili paydo bo’la boshlaydi. Bunday keyingi gul shingillari har uchinchi, ayrim hollarda har ikkinchi bargdan so’ng paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |