Mavzu: Er av. IX-VI asrlarda Atikka



Download 4,66 Mb.
bet2/5
Sana19.05.2023
Hajmi4,66 Mb.
#940858
1   2   3   4   5
Bog'liq
attika E.A. IX-VII asrlarda

Buyuk kolonizatsiya. Er. avv. I ming yillikning boshlarida ilk bor finikiyaliklar begona hududlarda o`zlarining tayanch nuqta (koloniya)larini barpo qila boshladilar. Finikiyaliklardan so`ng, yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etdilar. Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari uchun savdo-sotiq olib boriladigan tayanch nuqtalar bo`lib xizmat qilgan.Yunonlarning koloniyalarni barpo qilish faoliyati er. avv. VIII-VI asrlarga to`g`ri keladi. Bu vaqt Buyuk yunon kolonizatsiyasi davri deb ataladi.
Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda, Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko`payib ketganligi edi. Arxaik davrining boshlanishida aholi sonining keskin o`sishi natijasida demografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning taqchilligiga olib keldi. Yunonistonning o`zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo`lgan yerlar deyarli yo`q edi. Shu sababli, aholining ortiqcha qismi begona hududlarga ko`chib ketib, yangi yerlarni o`zlashtirishga majbur bo`ldi.
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.195-196.
Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. Kambag`allashgan jamoachi dehqonlar o`zlarining boyib ketgan zodagon qarindosh (evpatrid)lariga qarzi uchun qul bo`lishni xohlamadilar. Ular o`zlarining qarzlari uchun garovga qo`yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur bo`ldilar. Ular uchun yagona yo`l boshqa hududlarga ketish edi. Arxaik Yunonistonning shaharlari bu vaqtda yirik iqtisodiy markazlarga aylandi. Savdo iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biriga bo`ldi. Bu shaharlarning boy savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yo`llarda o`rnashib qolish uchun savdo koloniyalari barpo qilishga harakat qildilar.
Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do`stona aloqaga kirishdilar. Kiklad, Sporada orollari va Kichik Osiyo qirg`oqlarini qadimdayoq yunonlar o`zlashtirgani sababli, er. avv. VIII asrda aholining ko`chishi g`arbda Sitsiliya va Janubiy Italiyaga, shimoliy-sharqda Qora dengiz qirg`og`iga tomon yo`naldi. Misr va Kirenaika ham o`zlashtirildi. Janubiy Italiya er. avv. VIII-VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. Bu yerdagi kolonistlar o`zalarining kelib chiqishlarini Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar edilar.
Yodda saqlang!
Yunonistonda er. avv. VIII-VI asrlarda xo`jalik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar siyosiy hayotga o`z ta’sirini ko`rsatdi. Savdo-hunarmandchilik ishlab chiqarishining ilk rivoji hukmron tabaqa katta yer egalari oqsuyak zodagonlarga qarshi turgan kuchli, ko`p sonli savdo-hunarmandlar qatlamining paydo bo`lishiga olib keldi. Milet, Efes, Korinf, Sikion, Megara, Afina shaharlari, Samos, Lesbos va Sitsiliya orollarida iqtisodiy o`sish kuchli edi. Aynan shu joylarda kuchli, siyosiy faol shaxslar hokimiyatni noqonuniy zo`ravonlik bilan bosib oldilar. Hokimiyatni noqonuniy, zo`ravonlik bilan egallab boshqarish shakli “tiraniya” paydo bo`ldi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish