Mavzu: Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta'lim-tarbiya masalalari. Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati



Download 253,74 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi253,74 Kb.
#576390
Bog'liq
Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta\'lim-tarbiya masalalari


MAVZU:
Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta'lim-tarbiya masalalari. Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati.

Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.

Eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So'g'diyona, Marg'iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turli sohalarida rivojlanish ro'y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo'lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o'rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrida yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar va, nihoyat, Turk xoqonligi davlatlarida madaniyat yuksala bordi.

Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning "Geografiya" hamda Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, Urxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. Eramizdan oldin, taxminan 484(480)— 431(425) -yillari yashagan yunon tarixchisi Herodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, soqlar, masog'utlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Plutarxning qayd etishicha, Aleksandr Maqduniy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf- odatlarini o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilgan.

Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar- «Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir.
«Avesto»- eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko'p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo'riqlariga binoan inson tomonidan o'z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan. Ayollarga g’amxo’rlik ko'rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat ko'rsatish asosiy insoniy burch sanalgan. Diniy g'oyalarga ko'ra, tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddasdir.

VII asr birinchi yarmida Islom g'oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o'z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi. Arablarning Movarounnahrdagi g'alabasidan so'ng barcha mustamlaka mamlakatlar qatori u erda ham Islom dinining asoslari xususida ma’lumot beruvchi muqaddas kitob- «Qur’on» tili- arab tilini o'rganish joriy etildi. Diniy ulamolaming maxsus ko'rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta’qiqlandi. Shu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan sifatida arab tilining o'qitilishi yo'lga qo'yildi. Mavjud fanlarning asoslari arab tilida o'rganila boshlandi. Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha mamla­ katlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi.

Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, hatto 5 yoshidan maktabga bera boshladilar. «Qur’on»ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta hurmatga sazovor edilar. Bora-bora o'qimishli kishilar, ya’ni domlalar alohida ajralib, o'z xonadonlarida ham maktablar ocha boshladilar. Xalifalar davrida islom ta’limoti mustahkamlandi. Payg'ambarimizga nozil bo'lgan «Qur’oni Karim» g'oyalari sahobalar tomonidan kitob holida jamlandi. G'arb va Sharq tadqiqotchilari «Qur’on»ni jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb hisoblaydilar. «Qur’on»- dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmonlarning muqaddas kitobi bo'lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini anglatadi. «Qur’on» 114 suradan iborat, ularning 90tasi Muhammad alayhis-salom Makka shahrida, 24tasi esa Madina shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo'lganligi to'g'risida manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. «Qur’on» g'oyalari kishilarni tenglik, birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi.

Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba Hadis hisoblanadi. Hadislarni to'plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o'rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda to'rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug'ullangan. Mazkur bilimlarni o'rganishning o'ziga xos yo'nalishi bo'lib, «hadis ilmi» nomi bilan yuritilgan. Keyingi -yillarda Muhammad alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko'rsatmalarini o'z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» («Ishonarli to'plam»), «Al-adab al-mufiyd» («Adab durdonalari»), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning «Ash-shamoil an-nabaviya» asarlari nashr etildi. «Hadis» yoki «Sunna» so'zlari bir ma’noni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy ko'rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.

Bugungi kunda ham mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich maktab ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrini alohida ta'kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Download 253,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish