Mavzu: Eng qadimgi davrda yozuvning paydo bo’lishi
Mavzu: Eng qadimgi davrda yozuvning paydo bo’lishi Yozuvning paydo bo’lishi
Yozuvning paydo bo’lishi, uning turlari: piktografik ideografik,bo’g’in yozuvlari. Alifboli yozuvning paydo bo’lishi tarixi. Yer yuzida tarqalgan hozirgi alifboli yozuvlarning negizi. Finikiy yozuv tizimi, undan tarqalgan alifbolar.
Mellodan avvalgi V-VI – yuz yilliklar va Mellodning boshlarida O’rta va Markaziy Osiyoda yozuv madaniyati. Oromiy yozuv tizimi va uning shajarasi: parfyoniy, boxtariy, avesta, xorazmiy, sug’d, uyg’ur, money, suryoniy, alifbolari.
Turkiy tillar uchun qo’llangan yozuvlar: ko’k turk, sug’d, uyg’ur, moniy, brahma, suryoniy yozuvlari, ularning tarixi.
Turkiy tillar uchun qo’llangan yozuvlar: ko’k turk, sug’d, uyg’ur, moniy, brahma, suryoniy yozuvlari, ularning tarixi.
Brahma xati, uning turk-buddistlar orasida yoyiluvi. Moniy suroniy yozuvlari. Ko’k turk va uyg’ur xati turkiy xalqarning arabiyga qadar keng qo’llangan yozuvlaridir.
Yozuv-muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa IV-V ming yillar bo‘lgan). Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Tilning vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi.
Rasmli yozuv ya’ni piktografiya yozuv yaratish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lgan. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Toshlarga, suyaklarga, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir.
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimgi davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo‘lgan deyish mumkin. Rasmlarning soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og‘zaki til bilan doimiy bog‘lanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi.
Eng qadimgi yozuv tizimlari (Misr iyeroglifi, Shumer mixxatlari, Xitoy iyeroglifi) mil.av. IV ming yillikning oxiridan II ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Yozuv tizimlari dastlab qadimgi Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u mil.av. II ming yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Harf-tovush yozuvining shakllanishi, yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo‘lgan.
Yozuv - biror tilda qabul qilingan maxsus belgila yig’indisi. Yozuv 5-6 ming yil avval Misr, Mesopotamiya, Xett, Hindiston, va Xitoyda kashf etilgan. HIND YOZUVI
Mil.avv. 3-2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi-rasmdan iborat Yozuv bo’lgan. Hind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib, olimlarning fikricha bu Yozuvlar Shummer va Misr Yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan. Hindalr birinchi bo’lib er,avv.3-2 ming yillikda xisob soniga <<0>> raqamini kiritgan. Hind Yozuvi taxminan 400 yoki 250-300 belgi – rasmdan iborat bo’lgan Shummer va Xett Yozuviga o’xshatiladi. Mil.avv. V- asrdan boshlab braxmi, kxaroshtxi, aramey, gupta Yozuvidan foydalanganlar.
SOG’D YOZUVI.
Oromiy Yozuvi asosida mil.avv. III-II asrlarda shakllandi. Bu yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal’ai Mug’dan (1932 yil topilgan, 74 ta sog’dcha, 2 ta Xitoycha, 2 ta Arabcha, 1 ta Turkcha), Sharqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan, Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan.
XORAZM YOZUVI
Oromiy Yozuvi asosida kelib chiqqan. Bu Yozuvning mil.avv. V-IV asrlarga oidlari Oybuyrqlardan topilgan. Mil.avv. IV-III asrlarga oidlari Qo’yqirilganqal’adan topilgan.
So’g’d Yozuvni va Xorazm
So’g’d Yozuvni va Xorazm
Yozuvlari asosida Uyg’ur
Yozuvi kelib chiqqan, Uyg’ur
Yozuvidan Manjur hamda
Mo’g’ul Yozuvlari shakllangan.
http://fayllar.org0>
Do'stlaringiz bilan baham: |