Mavzu: Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari. (4 soat) Reja


Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli



Download 34,28 Kb.
bet6/8
Sana05.02.2023
Hajmi34,28 Kb.
#907976
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-ma`ruza (2)

Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli.Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish – dastlabki empirik malumotlarni yig‘ish usuli bo‘lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o‘ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo‘ladi. Bu usuldan foydalanishning o‘ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borayotgan obyektdan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy malumotlarda obyektiv, xolis va hayotiy bo‘lishi bilan o‘zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy malumotlarda subyektiv jihatlar ham bo‘lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqyelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi va qay yo‘sinda tavsiflashi asosida boradi. Kuzatish usulining yana bir o‘ziga xos jihati; uning muayyan darajada chegaralanganligi bo‘lib, ko‘pincha tadqiq etilayotgan voqyelikni qayta kuzatish imkoniyati bo‘lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini savolga qiziqtirish, kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha so‘z bilan ifodalanadi. Ammo bazi xulqiy-yehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so‘z orqali ifodalash qiyin bo‘ladi. Kuzatish jarayonining harakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko‘rsatish mumkin: nazoratsiz, to‘la qamrovli va qamramaydigan, dala va laboratoriya sharoitida muntazam va tasodifiy kuzatishdir. Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli o‘rganilayotgan obyektga nisbatan chetdan yoki ichkaridan qo‘llanilishi mumkin. Tadqiq etilayotgan obyekt chetdan kuzatilganda tadqiqotchi obyektga nisbatan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan obyektga ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va bo‘ysunadi. Sotsiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Chunki, kuzatish usuli orqali olingan natijalar o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risida to‘liq malumot bera olmaydi. Bu usuldan ko‘pgina sotsiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, obyekt to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun yoki sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan malumotlarni, statistik hujjatlarni qo‘shimcha ravishda tekshirish maqsadida foydalaniladi.

Download 34,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish