tashqari ishlarning barcha elementlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biriga ta’sir
ko’rsatadi.“Men aminmanki, kimyo bilan qiziqib, uni o’zi uchun mutaxassislik sifatida
tanlab olganlar orasida bundan afsuslanuvchi biror kimsa topilmasa kerak” –degan edi
rus olimi N.D.Zelinskiy. haqiqatdan ham kimyo qiziqarli va mo’jizakor fandir.Shu
jixatdan kimyo kechalarini tashkillash va o’tkazishda mo’jizakor kimyoning qiziqarli
tajribalardan o’rinli foydalanish o’quvchilarni kimyo faniga
qiziqtirbgina qolmasdan,
balki kimyoviy bilimlarni chuqur egallashlarida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Kimyo kechalarini o’tkazishda qiziqarli tajribalarni tanlash va namoyish etish muhim
axamiyatga ega. Bunda avvalo kimyo kechasini mavzusiga oid tajribalar tanlanib,
kimyo to’garagi a’zolari tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki,
to’garak a’zolari bu tajribalarni kimyo to’garaklarida bajargan bo’lishlari mumkin. Bu
esa tajribalarni muvaffaqqiyatli chiqishiga yordam beradi. Avvalo tanlangan tajriba
qiziqarli, shu bilan birga oson bajariladigan, kam vaqt sarflanadigan, qizdirish, yoki
boshqa sharoitlar zarur bo’ladigan bo’lmasligi kerak. Chunki ko’pgina
kimyo
kechalari odatda katta xonalarda o’tkazilishi munosabati bilan ayrim tajribalarni
bajarish imkoniyati bo’lmasligi mumkin.Shu nuqtai nazardan men, kimyo kechalarida
bajariladigan ayrim qiziqarli tajribalarni keltirib o’taman.
Gugurtsiz olov yoqish.
Suvdan sut hosil qilish.
Sirli yozuvlar.
Bir suyuqlikdan uch xil cho’kma.
Tuxumxo’r grafin.
Oq qanddan qora ustun.
Qand yonadimi?
Sun’iy vulqon.
Fir’avn iloni.
Qon hosil qilish.
Tosh yonadi.
Qog’ozning ko’mirlanishi.
Olov sochuvchi ajdarxo.
Tuxum archilmay tozalanadi.
Yozuvlar qanday paydo bo’ladi?
Bundan tashqari ba’zi bir zaxarli, portlovchi, uzoq vaqt saqlanadigan tajribalarni
videolavhalar orqali namoyish etish ham mumkin.Quyida men ayrim tajribalarni
bajarish yo’llarini bayon etaman.
1-tajriba. Gugurtsiz olov yoqish. 3 ta chinni kosachaga 0,5 gr KMnO4 tuzidan solinib,
ustiga konsentrlangan H2SO4 dan 1-2 ml quyiladi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng,
oldindan tayyorlab qo’yilgan spirtga ho’llangan paxtani birin-ketin kosachalarga
tashlanganda, paxtalar o’z-o’zidan yonib ketadi.
2KMnO4 + 3H2SO4= K2SO4 + 2MnSO4 + 3 H2O +5”O”
C2H5OH + 6”O”→ 2CO2 + 3H2O
Bu holda atomar kislorod juda kuchli oksidlovchi bo’lgani tufayli spirtni oksidlab
yondirib yuboradi.
2-tajriba. Yozuvlar qanday paydo bo’ldi? Oldindan tayyorlab qo’yilgan 4
varaq oq
qog’ozga Na2S tuzi eritmasidan purkalsa, qog’oz betida yozuvlar paydo bo’ladi.
Bu tajriba shunday bajariladi: oq qog’ozlarning birinchisiga qo’rg’oshin atsetat
tuzining eritmasi bilan “bahor”, ikkinchisiga MnCl2 tuzining eritmasi bilan “yoz”,
uchinchisiga SbCl3 tuzining eritmasi bilan “kuz” va to’rtinchisiga esa CdCl2 tuzining
eritmasi bilan “qish” so’zlari yoziladi. Xulosa qilib aytganda har
bir kimyo kechasini
muvaffaqiyatli chiqishi qiziqarli tajribalarning tanlash, o’tkazish va mohiyatini to’liq
ochib berish orqaligina ahamiyatga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: