Mavzu: elektron taxeometrlar bilan plan olish reja: Kirish I. Bob geodezik ishlarda elektron taxeometrlarning o`rni



Download 3,65 Mb.
bet16/18
Sana13.02.2022
Hajmi3,65 Mb.
#446678
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
kurs ishi

2.3.2.2-rasm
Bekatda bevosita o‘lchashni bajarishdan avval orientirlash ishlarini bajarish kerak bo‘ladi.
Joyda s`yomkani bajarish quyidagi ketma ketlikda bajariladi:
1. “S`yomka” menyusidan “Bekatni o‘rnatish” bo‘limi tanlanadi.
2. Hosil bo‘lgan dastlabki darchada havo harorati va bosimi uchun, shuning-dek, egrilik va refraksiya uchun tuzatmalarni kiritish mumkin (2.3.2.3-rasm).

2.3.2.3-rasm
3. Keyingi darchada asbob turgan bekatning nomi yoziladi (2.3.2.4-rasm). Buning uchun uni mavjud nuqtalar orasidan izlab topish kerak bo‘ladi. Agarda mavjud nuqtalar orasidan tanlangan nuqtaning boshlang‘ich ma’lumotlari ma’lum bo‘lsa, ular ushbu darchada aks etadi (2.3.2.4-rasm).
4. Asbobning balandligi kiritiladi (2.3.2.4-rasm). Agarda konturli s`yomka yoki joydagi tavsilotlar s`yomka qilinayotgan bo‘lsa ushbu katak bo‘sh qoldiriladi va o‘lchanayotgan nuqtalarning nisbiy balandligi hisoblanmaydi.

2.3.2.4-rasm
5. Keyingi bosqichda ortdagi nuqtaning kordinatalari kiritiladi, ya’ni orientirlash ishlari bajariladi. Ushbu darchada ortdagi nuqtaning nomi, vizirlash balandligi va azimut tanlanadi. Agarda asbob turgan bekat va ortdagi nuqtaning kordinatalari ma’lum bo‘lsa azimut avtomatik tarzda namoyon bo‘ladi. Agarda ortdagi nuqtaning kordinatalari va yo‘nalish azimuti noma’lum bo‘lsa, ishni ixtiyoriy azimut bilan boshlash mumkin. Keyinchalik natijalarni ishlab chiqish jarayonida yo‘nalishning haqiqiy azimuti kiritilishi mumkin. Ushbu darchada shuningdek o‘lchash usuli tanlanadi (2.3.2.5-rasm).

2.3.2.5-rasm
6. Keyingi bosqichda bekatda bevosita o‘lchashlar usulini tanlanadi. Bunda qu-yidagi usullar mavjud (2.3.2.6-rasm):
- Burchaklar va masofalar – birlamchi gorizontal va vertikal burchaklarni va qi-yalik masofani o‘lchash.
- O‘lchashlar o‘rtachasi – byerilgan o‘lchashlar soni bilan gorizontal va vertikal burchaklarni va qiyalik masofalarni o‘lchash.
- Faqat burchaklar – gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchash.
- Faqat gorizontal burchak – faqat gorizontal burchaklarni o‘lchash.
- Burchakli domyerlar bilan – dastlab masofalarni o‘lchash, keyinchalik asbobni burab gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchash.
- Gorizontal doira bo‘yicha domyer bilan – qiyalik bo‘yicha vertikal burchakni va masofani o‘lchash, keyinchalik asbobni qayta qaratib gorizontal burchakni o‘l-chash mumkin.
- Vertikal doira bo‘yicha domyer bilan - qiyalik bo‘yicha gorizontal burchakni va masofani o‘lchash, keyinchalik asbobni qayta qaratib vertikal burchakni o‘lchash mumkin.
- Chiziqli siljish – agarda taxeometr bilan bevosita nuqtani o‘lchash imkoni bo‘l-masa, lekin unga yaqin turgan mo‘ljalgacha siljishni (oraliqni) o‘lchash mumkin bo‘lsa, u xolda Chapga/O‘ngga, O‘ziga/O‘zidan (vizirla chizig‘i bo‘yicha) va ba-landlik bo‘yicha siljitish kerak, keyin esa siljitilgan ob’ektgacha gorizontal vertikal burchaklarni hamda masofa o‘lchanadi.

2.3.2.6-rasm
7. Yuqorida keltirilgan o‘lchashlar usuli tanlanganidan so‘ng ortdagi nuqtaga ko‘rish trubasini ortdagi nuqtaga qaratib “O‘lchash” tugmasi bosiladi.
8. Agarda o‘lchashlar natijalari cheklidan oshmasa, ya’ni nuqtaning mavjud kordinatalari va o‘lchab, hisoblab topilgan kordinatalari orasidagi farqi yo‘l qo‘yarli bo‘lsa “Saqlash” tugmasini bosish orqali ma’lumotlar xotiraga yoziladi va asbobni bekatda o‘rnatish ishlari yakunlanadi (2.3.2.6-rasm).
9. Asbob bekatda o‘rnatilganidan so‘ng piket nuqtalarini o‘lchash ishlari bajari-ladi. Xar bir piket nuqta o‘lchanganidan so‘ng natijalarni xotiraga yozish uchun “Saqlash” tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Bunda saqlanganlikni tasdiqlovchi ovoz-li xabar beriladi.


Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish