Mavzu: Elektron Pullar Botirov Javohir Reja: - 1.Elekron pullar nima
- 2 Elektron hamyonlar
- 3.Elektron pullardan qanday foydalaniladi
1.Elekron pullar nima - O‘zbekistonda 5ta turdagi elektron pullar tizimi ro‘yxatga olingan. Dastavval, elektron pullardan foydalanish uchun identifikatsiyadan o‘tish lozim. Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri, bank hisobvarag‘ini ochmasdan turib, to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligidir.
- Markaziy bank departamenti bosh iqtisodchisi Shoira Rahimjonova elektron pullar va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha ma'lumot berdi.
- Ta'kidlanishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda 5ta turdagi elektron pullar tizimi ro‘yxatga olingan. Umuman olganda elektron pullar to‘lov vositasi hisoblanib, elektron hamyonlarda saqlanadi.
- Ayni paytda elektron hamyonlar yordamida mobil operatorlar, kommunal to‘lovlar, televideniya va taksi xizmatlari uchun o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin.
- Shu bilan birga elektron puldan foydalanib, xorijiy valutada emissiya qilingan elektron pullarni ayirboshlash imkoniyati ham mavjud.
- 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 5 million 691 mingta elektron hamyonlar ro‘yxatga olingan. Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida elektron pullar tizimlarida amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi 28,5 milliard so‘mdan oshgan.
Elektron hamyonlar - Elektron hamyon - elektron pullarni saqlaydigan hamda internetdagi xaridlar va xizmatlar uchun haq to'lash, hatto pulni bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazish yoki naqd pul olish imkonini beruvchi kompyuter dasturidir. O'tkazmalar bir zumda amalga oshiriladi, ko'plab elektron pullar tizimlari hisob-kitoblar va o'tkazmalarni turli valyutalarda amalga oshirish imkonini beradi.
3.Elektron pullardan qanday foydalaniladi - Elektron pullarni koʻpincha kriptovalyuta bilan chalkashtiradilar. Aslida u faqat elektron tizimda muomalada boʻladigan soʻmning ekvivalentidir.
- Oʻzbekistonda elektron pullar uchun normativ-huquqiy baza 2019-yil noyabr oyida – “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinishi bilan shakllana boshladi. Bugun ular vositasida tovarlar va xizmatlar haqini bemalol toʻlash mumkin. Yagona sharti: sotuvchida – elektron hamyon, xaridorda esa elektron hamyon va elektron pul toʻlovlari uchun maxsus ilova boʻlishi kerak.
Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |