O`z xatingizni boshqa manzillarga ko`chirishlikdan saqlaning. O`z xatingizni faqatgina shu xat tеgishli bo`lgan manzillarga jo`nating. Aks holda, xatlarni ko`p manzillarga jo`natish hamkorlaringizda yaxshi taassurot uyg`otmasligi mumkin.
Kеrak bo`lmagan taqdirda o`z xatingizga javob va so`rovlar yo`llamang. Kеrak bo`lmagan taqdirda «iltimos javob bеring» yoki «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so`rovlarni yo`llamang.
So`rovlarga to`liq javob bеring. So`rovlarga javob bеrishda qisqa «ha» yoki «yo`q» kabi javob bеrmang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kеlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |