1.2 Elektron pochta ochish tartibi.
Demak, pochta haqida to’liq bilib oldik va endi uni yaratishga o’tamiz. Men o’zim Gmail va Mail ishlatib kelmoqdaman, ammo Sizga men Gmail ishlatishni tavsiya qilaman, sababi sir emas ko’pchilik O’zbekistonliklarda Android tizimi smartfonlarga o’rnatilgan. Shuning uchun Gmail yaratib, Siz o’zingizga akkaunt ochgan bo’lasiz.
Birinchi qadam. Gmail.com saytiga o’tib «Создать аккаунт» degan tugmaga bosamiz. Bosganimizda «Для себя» tugmasini tanlaymiz.
Ikkinchi qadam. Ismingiz bilan familiyangizni kiriting va pochtangizga nom kiriting:
Uchinchi qadam. Yangi parol o’ylab, uni yana bir bor kiriting va “Далее” tugmasini bosganingizdan so’ng telefon raqamingizni kiriting:
Do'stlaringiz bilan baham: |