2. EXCEL dasturini yo’qlash va unda ishni tugatish
Excel dasturini yo’qlashning bir necha usullari bor.
Windows ishchi stolida MS Excel nomli yorlik bo’lsa, shu yorlikni ishga tushurish bilan Excelni yo’qlash mumkin. Ya‘ni shu yorlikka sichqoncha ko’rsatgichi keltirilib bir vaqtda ikki marta sichqonchaning chap tamondagi tugmasi bosiladi.
Ishchi stoldagi MS Excel yorligiga ko’rsatgich keltirilib yorlikning kontekstli menyusi ochiladi va menyudan «Открыть» bo’limi tanlanadi.
Agar foydalanuvchi vazifalar katoriga Excelning belgisini (znachok) kiritib kuygan bo’lsa, shu belgini sichqoncha orqali tanlash bilan ham elektron jadvalni yo’qlash mukin.
«Пуск» tugmasini bosib Windowsning menyusi chikariladi, menyudan «programm» bo’limi tanlanadi, sung MS Excel tanlanib Excel EJ ni yo’qlash mumkin.
«Пуск» tugmasini bosib Windowsning menyusi chikariladi, «Документы» bo’limini chikarib, Excelda yozilgan fayllardan birini tanlasak, shu fayl bilan birgalikda Excel EJ chikadi.
Excel EJ yo’qlanganda ekranga ikkita oyna chikadi, oynaning biri Excelning oynasi bo’lsa ikkinchisi EJ kitobinig oynasi.
1- rasmda Excel oynasining umumiy ko’rinishi va uning elementlari ko’rsatilgan.
Excel EJ dan chiqish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin:
-sichqoncha yordamida boshqarish tugmalaridan ёпиш (закрыть) tugmasi bosiladi.
-menyudan «Файл» bo’limiga utiladi, sung «Выход» bo’limi tanlanadi. Bu ishni sichqoncha orqali yoki klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Alt tugmasi bosiladi, Enter klavishi bosiladi, sung «Выход» bo’limi tanlanadi.
- Faqat klaviaturadan foydalanish kerak bo’lsa, quyidagi klavishlar ketma-ket bosiladi. Chap Alt, Ф, ы.
- Alt va F4 klavishlari birgalikda bosiladi.
Excel EJ oynasining umumiy ko’rinishidagi nomerlangan elementlar quyidagilar:
Excel oynasining belgisi va sarlavxasi.
Excel Ejning menyusi.
Excel oynasining boshqarish tugmalari. O’rash, (tiklash) yoyish va yopish tugmalari.
Excel oynasining instrumentlar paneli.
Yacheyka (katak) nomini ko’rsatuvchi satr.
Formula (yozish) katori
1-rasm
Ustun nomlarini ko’rsatuvchi satr.
Kator nomerlarini ko’rsatuvchi satr.
Varaqlarni utkazuvchi (aylantiruvchi) tugmalar.
EJ kitobining varaqlari.
CHizish va ob‘ektlar bilan ishlashning instrumentlar paneli.
EJ kitobini gorizontal aylantirish (utkazish) tugmalari.
EJ kitobini vertikal aylantirish (utkazish) tugmalari.
EJ varagi katagidagi kursor.
Do'stlaringiz bilan baham: |