Mavzu: Elektron jadval bilan ishlaydigan dasturlar imkoniyatlari va bir-biridan farqi


Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana01.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#423064
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektron jadval bilan ishlaydigan dasturlar

Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir:
 
- elektron jadvallarni yaratish va taxrir qilish; 
- elektron jadvallarni bezash va chop etish; 
- formulalar orqali bolangan ko‘p jadvalli funksiyalar yaratish; 
-diagrammalarni ko‘rish, ularni o‘zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda 
yechish; 
-elektron jadvallar bilan ma’lumot bazasi kabi ishlash jadvallarni saralash, ma’lumot larni 
so‘rovga muvofiq tanlash; 
- jamlovchi va yakuniy jadvallar yaratish; 
- jadvallar ko‘rinishida tashqi ma’lumot bazasi ma’lumot laridan foydalanish; 
-«nima-agar» ko‘rinishidagi iqtisodiy masalalarning параметрlarini birma-bir tanlash yo‘li 
bilan yechish; 
- optimizatsiya masalalarini yechish 
- ma’lumotlarni statistik qayta ishlash; 
- slayd-shou yaratish;
-makrokomandalar yaratish, ishlash muhitini foydalanuvchi ehtiyojiga moslashtirish va 
x.k. 
-Jadval protsessorlari asosan bajaradigan funksiyalari to‘plami va interfeysning 
qulayligiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun faqat keng tarqalgan dasturiy mahsulotlarni 
ko‘rib chiqamiz.
PC Data of Reston firmasini ba’olashiga ko‘ra, personal kompyuterlar uchun eng 
ommaviy bo‘lgan Excel (Microsoft firmasi), Lotus 1-2-3 (Lotus Development firmasi) 


elektron jadvallari va Quattro Pro (Word Perfect – Novell Aplications Group firmasi) 
jadval protsessorlaridir.
Agar 1982 yili yaratilgan Lotus 1-2-3 elektron jadvali elektron jadval yaratuvchilar 
uchun etalon bo‘lgan bo‘lsa, hozirda paytda u o‘zining peshqadam o‘rnini yo‘qotdi. 
«Home PS» jurnali labaratoriyasining o‘tkazgan testi natijalari Excelning ko‘p 
параметрlari bo‘yicha yaqqol ustunligini ko‘rsatdi. Lotus 1-2-3 ning yagona ustunligi – 
uning ishlashi ishlash tezligi, lekin u ham sezilarli emas.
Elektron jadval yaratishdagi istiqboldagi yo‘nalishlar asosiy yaratuvchi firmalar 
tomondan turlicha aniqlangan. Microsoft firmasi Excelning funksional vositalari 
to‘plamini yaxshilashga asosiy e’tiborning qaratgan va bunda shubhasiz uning mahsuloti 
boshqa elektron jadvallar orasida peshqadamlik qiladi. Excelda ko‘p funksiyalar boshqa 
elektron jadvallarga qaraganda mukammal ishlangan. Masalan o‘zaro tutashtiruvchi 
jadvallar yaratish dasturlari Lotus 1-2-3 da Exceldagi «Master svodnqx tablis» kabi 
mukammal emas. Bundan tashqari Excelda massivlarni ishlatish imkoni - ko‘p masalalarni 
yechishda samarali, formulali yechimni ta`minlaydi. Formulalar va funksiyalarda 
diapazonlar nomini qo‘llash esa jadvallar bilan ishlashda katta qulaylik yaratadi. 
Lotus firmasi asosiy kuchini gururli ishlash vositalarini yaratishga yo‘naltirdi va bunda 
yaqqol o‘zib ketdi. Lotus 1-2-3 paketining 4.0 versiyasi «nima-agar» tamoyili bo‘yicha 
modellashtirish uchun Version Manager bilan to‘ldirildi, 5.0 versiyasi esa 
marshurutlashtirish va Notes aloqa vositalari bilan to‘ldirildi. Bu esa boshqa paketlarda 
yaratish mumkin bo‘lmagan amaliy dasturlarni yaratish imkoninni beradi. Lotus 1-2-3 bir 
qator kuchli tomonlarga egaki, bunda grafiklar yaratish va tahrirlashning soddaligini 
hamda uch o‘lchovli jadvallarning o‘ta mantiqiy to‘zilishini kiritish mumkin. Yana 
jadvallar bilan guruhli ishlashni takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda: Team Consolidate 
foydalanuvchilar gururiga elektron jadval nusxasini taxrir qilish va keyin uni birlashtirish 
imkonini yaratadi. Paketning Windows 95 versiyasi uchun Lotus Script dasturlash tili ham 
qo‘shiladi.
Quattro Pro paketi test natijasida yetarli darajada yuqori ba’o oldi, lekin paketning xech 
bir xususiyati o‘ziga katta e’tiborni tortmadi. Eng jozibali tomoni ma’lumot saralash 
imkoniyati va foydalanishning qulayligi bo‘lib, u Excelda ham juda ajoyib amalga 
oshirilgan. Shu bilan bir qatorda Quattro Proning grafik imkoniyatlarini o‘zlashtirishda 
murakkabliklar, yordamchi ma’lumot hajmining yetarli emasligi ko‘zatildi.


Hozirgi paytda elektron jadvallar bozorida yuzaga kelgan vaziyatga ko‘ra yagona 
karvonboshi Microsoft firmasi bo‘lib, elektron jadvallardan foydalanuvchilarning 80%i 
Excelni afzal ko‘radi. Mahsulot sotish ‘ajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Lotus 1-2-3, keyin 
esa Quattro Prohisoblanadi Boshqa elektron jadvallar masalan SuperCalc ulushi juda oz. 
Elektron jadvallar (EJ) ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Ustunlar jadvalning sarlavha 
qismiga joylashgan lotin alfaviti harflari (A,BC,…) orqali belgilangan. Satrlar esa birinchi 
kolonkada joylashgan raqamlar (1,2,3,…) bilan belgilangan. Ustunlar va satrlar soni turli 
elektron jadvallarda turlicha, masalan, Excel elektron jadvalida 256 ustun 16 mingdan 
ortiqroq satr mavjud. Ustun va satrlar kesishuv joyi yacheyka deb yuritiladi. har bir 
yacheyka ustun nomi va satr nomeridan tarkib topgan o‘zining betakror adresiga ega, 
masalan, A28, R54 va h.k. Elektron jadvallar bir faylda saqlanadigan bir necha ish 
varaqlariga ega bo‘lishi mumkin va u ish kitobi deb yuritiladi. Kitobga bir necha turdagi 
hujjatlarni, masalan, elektron jadvalli varaq, diagramma varai, макросlar varai va h.k.larni 
joylash mumkin. Elektron jadvallarda alohida yacheyka bilan ishlabgina qolmay, bir 
blokka birikkan bir guruh yacheykalar bilan ham ishlash mumkin. Blokda yacheyka 
nomlari 
ikki 
nuqta 
(
:
) bilan ajratiladi, masalan, A1:V4 blokning o‘zi 
A1,A2,A3,A4,V1,V2,V3,V4 yacheykalarni qamrab oladi. Yacheykalar bloki bilan asosan 
nusxalash, ko‘chirish, o‘chirish, qo‘shib-qo‘yish va h.k. amallari bajariladi. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish