Mavzu: Elektron biznesda tovar va xizmatlarning o`ziga xos xususiyatlari reja 1



Download 140,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana25.01.2022
Hajmi140,91 Kb.
#410225
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu Elektron biznesda tovar va xizmatlar hamda narx belgilash strategi

1)

 

Buzilmaslik xususiyati - ya’ni yaratilgan axborot tovar cheklanmagan muddatda 

foydalanishga yaroqlidir. Vaqti-vaqti bilan himoyalangan holda. 

2)

 

O’zgartirish  osonlik  xususiyati  -  ya’ni  elektron  Tovar  osongina  o’zgartirish 

xususiyatiga  ega.  Lekin  ayrim  tovar  va  xizmatlar  osongina  o’zgartirmaslik  uchun 

maxsus  Adobe  Reader  deb  nomlangan  dastur  orqali  pdf-kengaytmasini  oladi  va 

oson o’zgartirish xususiyatini o’zgartiradi. 

3)

 

Ovoz  va  tasvirning  yorqinligi  barcha  elektron  tovar  va  xizmatlar  ovozli  tasvirli 

ko’rinishni olishi mumkin. 

Elektron  biznesda barcha tovar va xizmatlar 4 ko’rinishga ega. 

1.

 

Matnli kengaytmalari - txt, doc, xls va boshqalar. 



2.

 

Grafik ko’rinish - jpg, bmp, jpeg. 



3.

 

Audio format - mp3, wave. 



4.

 

Video format - mp4, date, avi. 



Ushbu formatlar quyidagicha tasniflanadi. 

1.Yetkazib berish bo’yicha 

a)

 

Oson yetkazib beriladigan 



b)

 

Interaktiv 



Yetkazib  beriladigan  tovarlarga  va  xizmatlar  yuklanishda  tezgina  yuklanadi  yoki 

sekin-asta  yuklanadi.    Interfaol  tovar  va  xizmatlar  esa  serverga  ulanib  yetkazib 

beruvchi bilan muloqotga keyin yetkazib beriladi. 

2.Vaqt bo’yicha bog’liqligi 

a) tez qadr-qimmatini yo’qotuvchi 

b) qadr-qimmatini yo’qotmaydigan 

 

2. Elektron biznes marketingida tovar siyosati. 



Raqobat sharoitlarida biznesda muvaffaqiyat xaridorlik extiyojlarini maksimal 

qoniqtirishga bog’liq bo’lib, bu hozirgi vaqtda xaridorlarga taklif etiluvchi tovar va 

xizmatlarning  individuallashtirilishiga  olib  keladi.  Bu  holda  internet  xaridorlar 

extiyojlarini  aniqlash,  ular  bilan  ikki  tomonlama  munosabatlar  o’rnatish  va  ularga 

zarur  tovar,  xizmatlarni  realizatstiya    qilishning  juda  samarali  vositasidir.  G’arb 

marketologlari 

istemolchiga 

yondashuvning 

individuallashtirish 

jarayonini 

«kastomizastiya»  atamasi  bilan  belgilaydilar.  Kastomizastiyaning  asosiy  vazifasi-

iste’molchida ish shaxsan u uchun qilinayotganligi xisini yaratishdir. Bu muammoni 

hal  etish  uchun  marketing-miks  marketing  vositasi  qo’llanadi,  uning  birinchi 

elementi  tovar  siyosatidir.Umumiy  tovar  siyosatiga  nisbatan  internet  muhitida 

an’anaviy  marketingning  barcha  asosiy  prinstiplari  qo’llanishi  mumkin.Biroq 

internetdan  eng  muvaffaqiyatli  taklif  etiluvchi  mahsulotlar  tasnifi  o’z 

xususiyatlariga ega. Mahsulotlarning ikki asosiy guruhini ajratish mumkin: axborot 

va moddiy mahsulotlar.  

Internet  tarmog’i  boshidan  ma’lumot  uzatish  uchun  mo’ljallangan,  shuning 

uchun an’anaviy on-layn mahsulotlari uchun sotuv usuliga ko’ra eng moslashtirilgan 




hisoblanadi.  (masalan,  dasturiy  vositalar,  ma’lumot)  mahsulot  brendini  bu  holda 

shuningdek  asosan  on-layn  tartibida  o’tkaziladi.  Ma’lumot  bepul  ham,  ma’lum 

to’lov  evaziga  ham  berilishi  mumkin.  Bepul  ma’lumot  foydalanuvchilarni  web-

serverga jalb etish ko’rinishida kompaniya savdo markasini reklama qilish  va ilgari 

surish, firma savdo markasining tanilishida va boshqalar uchun xizmat qiladi.  

Pullik ma’lumot vosita tovar vazifasini bajaradi va firma tomonidan daromad 

olinishiga  xizmat  qiladi.  Bu  turdagi  modelning  realizastiyasiga  internet  axborot  – 

intensiv muhit ekanligi ta’sir ko’rsatadi.Bepul beriluvchi ma’lumotning katta hajmi 

pullik ma’lumotga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirgan.Foydalanuvchi o’zini 

qiziqtirayotgan  ma’lumotni  boshqa  serverlarda  izlamasligi  uchun  firma  o’ziga  xos 

noyoblikka  ega  bo’lishi  kerak.Foydalanuvchilarni  jalb  etish  uchun  u  noyob 

ma’lumotlar,  qo’shimcha  xizmatlarni  taqdim  etish  yoki  iste’molchilarni 

motivastiyalashning boshqa usullaridan foydalanishi kerak. 

Boshqa  guruhni  moddiy  mahsulotlar  tashkil  etadi.  Ba’zan  ularni  yana 

tranzakstiya  mahsulotlari  deb  ham  ataydilar.  Tranzakstiya  ostida,  ma’lumotdan 

tashqari,  biron  bir  narsaning  xaridorga  sotuvchidan  uzatilishi,  berilishi 

tushuniladi.Tranzakstiya ko’p hollarda pul kuchirilishini o’z ichiga  oladi, bu aslida 

qoida bo’lmasa ham. 

Internetda quyidagi tovarlar eng sotiluvchanlikka ega:  

-  xarid  qilish  uchun  ancha  ma’lumot  hajmining  tahlilini  talab  etuvchi  yuqori 

texnologik  mahsulotlar.  Internet  barcha  zarur  ma’lumotni  iste’molchi  tomonidan 

tahlil  qilinishi  uchun  web-serverga  taqdim  etish  imkoniyatiga  ega.  Bunday 

mahsulotlar misoli elektronika va avtomobillar bo’lishi mumkin;  

-o’rtacha yoki yuqori narxga ega mahsulotlar

- texnika mahsulotlari, chunki bugungi kunda  internet texnik ma’lumotga ega 

kishilar tomonidan keng foydalaniladi

- yangi mahsulotlar, chunki iste’molchilar bunday mahsulotlar to’g’risida zarur 

ma’lumot  berilishiga  muxtojlar.  Internet  bo’yicha  kitoblar,  kompakt  –disklar, 

videokassetalar,  kompyuterlar,  telefonlar,  ofis  va  turmush  texnikasi  faol 

realizastiyalanadi.  Masalan,  Inter  Monitor  (

www.intermonitor.ru

)  ma’lumotlariga 

ko’ra kitoblarning internet sotuvi 26% ni, kompakt disklar esa shaxsiy maqsadlarda 

xarid qilingan narsalarning 10% ni tashkil etadi.  

Bunday  mahsulotlar  xususiyati  shundaki,  iste’molchi  zarur  ma’lumotni 

tarmoqda olish, off-layn do’konlardan yoki internet-do’konda buyurtma berib  sotib 

olish mumkin.  

Tovar  siyosatining  muxim    elementi  servis  xizmati  tizimidir.  Iste’molchilar 

servisi  va  quvvatlanishi  internetda  quyidagi  shakllarni  qo’llash  hisobiga  ancha 

kengaytirilishi mumkin.  

1) qo’shimcha ommaviy ma’lumot.  

Firmalar internetda iste’molchilarga berish uchun ma’lumotning ancha hajmini 

joylashtirish  imkoniga  ega.Bu  ayniqsa  yuqori  texnologik  mahsulot  holida  juda 

muxim. 


2)  FAQ(Frequently  Asked  Questions)-  tez-tez  beriluvchi  savollar.  Bunday 

ma’lumot  taqdimoti  nafaqat  mavjud,  balki  potenstial  mahsulot  iste’molchilari 

uchun,  ularni  aynan  shu  firmada  xarid  qilishga  undash  uchun  zarur.  Bunday 



imkoniyatlar  ma’lumot  quvvatlanishni  talab  etuvchi  xar  qanday  mahsulotga 

yoyiladi. 

3)  qo’shimcha  teskari  aloqa  mexanizmi.  Internetdan  iste’molchilar  bilan 

samarali  teskari  aloqani  tashkil  etishda  foydalanish  mumkin  bo’lib,  bu 

iste’molchilar va firmalarning interfaol o’zaro harakati imkoniyatini kengaytiradi.  

4) an’anaviy va ustama xarajatlarning qiskarishi. Quvvatlanishning qo’shimcha 

servisi  teskari  aloqa  boshqa    turlariga  muvofiq,  ularni  ta’minlash  xarajatlarining 

kamaytirilishiga  olib keladi.  

 

Tovarlar  va  xizmatlar  yetkazish  tizimi.  Xaridor  buyurtma  bergan  tovarni 



mumkin  qadar  qisqa  muddatda  unga  yetkazilishi  kerak.  Aks  holda  elektron  biznes 

bilan  bog’langan  faoliyat  samarasiz  bo’lishi  mumkin.  Elektron  magazinlarda  sotib 

olingan  tovarlar  va  xizmatlarni  yetkazilishi  ikkita  asosiy  usulda  amalga  oshirilishi 

mumkin. Birinchidan, an’anaviy transport   va pochta vositalarini qo’yilgan holda. 

Ikkinchidan, aloqani elektron kanallaridan foydalanib. Bu holda kerakli raqamli va 

boshqa ma’lumotni (masalan,  dasturiy mahsulotlarni,  jurnallar, gazetalar, musiqa 

asarlarini elektron nashrlarini) etkazish ko’zda tutiladi. 

Marketing  xizmati.  Marketingning  asosiy  vazifalarini  yechish  yuklatilgan 

bo’limlari quyidagilardir: sotuv bo’limi, narxni shakllantirish bo’limi, shaxsiy Web-

sahifalar  dizayni  hamda  reklama  bo’limi.  Internet  tarmog’ida  marketing  faoliyati 

ikkita asosiy turga bo’linadi: 

1. Internetning oddiy foydalanuvchisi sifatida faoliyat yuritish. Bu usul uchun 

ma’lum cheklashlar xos bo’lib, ular ushbu muhitni kommunikatsiya imkoniyatlarini 

faqatgina qisman qo’llashga ruxsat beradi. 

2.  Internet  tarmog’i  imkoniyatlarini  qo’llashda  eng  faol  va  bevosita 

qatnashish.  Eng  kamida  bu  Web-sahifa  yoki  shaxsiy  Web-server  bo’lishi  mumkin, 

ko’pi bilan esa – imkoniyatlar cheksiz. Internetda firmani vakolatini amalga oshirish 

yoki interfaol magazin tashkil qilish mumkin.  

Internetdan  elektron  bozorni  marketing  tadqiqotlari  uchun  samarali 

foydalanish  mumkin.  U  birlamchi  ma’lumotlarga  bevosita  asoslangan  (tarmoqda 

firma tomonidan olib borilayotgan tadqiqot doirasida olingan), shuningdek Interetda 

e’lon  qilingan  ma’lumotlarga  asoslangan  ikkilamchi  marketing  tadqiqotlarini  ham 

olib borish imkoniyatini beradi. Internet tarmog’idan tovar bozorlarini tadqiq qilish 

uchun, ularning tuzilmasini o’rganish uchun yoki xaridorlarni real hamda salohiyatli 

guruhlari tarkibini o’rganish uchun foydalanish mumkin. 

Internetdagi reklamaning o’ziga xosligi shundaki, uning bosh elementi bo’lib 

firma  web-serveri hisoblanadi. Uning asosida reklama tadbirlarining butun majmui 

shakllantiriladi.  Web-server    egasining  muhim  asosiy  vazifasi  uni  reklamasini  olib 

borishdan  iborat.  Internetda  reklamaning  eng  keng    tarqatilgan  elementi  bo’lib 

bannerlar  hisoblanadi.  Bannerli  reklama  web-sahifa  yoki  web-serverga  tashrif 

etuvchilarni  jalb  qilishning  eng  ommalashgan  va  samarali  usullardan  biri 

hisoblanadi.  U  shuningdek  imidj  reklamasini  olib  borishning  qudratli  instrumenti 

hisoblanadi. Banner GIF yoki JPG  formatidagi to’rtburchak tasvirdan iborat. Undan 

tashqari,    JAVA,  Shock  Ware  va  boshqa  texnologiyalar  yordamida  yaratilgan 




bannerlar  ham  uchraydi.  Banner  odatda  noshirning  web-sahifasida  joylashtiriladi 

hamda reklama beruvchining serveriga giperishoraga ega bo’ladi. 

Internet  muhitida  firma  faoliyatini  reklama  qilishning  asosiy  usullari 

quyidagilardir: 

- web-sahifani yaxshi tayyorlangan, demak jozibali dizaynini ta’minlash; 

- serverni izlash mashinalarida ro’yxatga olish; 

- web-kataloglarda serverga bepul ishoralarni joylashtirish; 

- “oltin sahifalarda” ishoralar berish; 

- boshqa serverlarda ishoralar joylashtirish

- eng ko’p tashrif etiladigan serverlarda pullik e’lonlar berish; 

- boshqa serverlarda firma serveriga ishoralari bor materiallarni e’lon qilish; 

-  elektron  pochta  orqali  manfaatdor  mijozlarga  server  haqida  xabarlarni  

vaqti-vaqti bilan jo’natish; 

- o’zaro bog’langan mazmundagi telekonferentsiyalarda qatnashish

-  firmani  reklama  mahsulotining  barcha  turlarida,  shuningdek  reklamani 

an’anaviy turlarida ham, server nomidan foydalanish. 

Web-sahifalar,  web-serverlar  dizayni  bo’limi.  Mazkur  bo’lim  xodimlari 

ishining mazmuni faqatgina web-sahifalar dizayni bilan cheklanib qolmaydi. Ularni 

sifatini  baholash mezonlari turlichadir (tashqi ko’rinish, navigatsiyaning qulayligi, 

xaridorga  e’tibor,  qaytishning  osonligi,  servisli  qo’llab-quvvatlash,  tovar  haqida 

ma’lumot mavjudligi, tovarning narxi, tovarning assortimenti va b.).  

Shunday  qilib,  elektron  biznes  tizimi  infratuzilmasining  tarkibi  hamda 

loyihalashtirish va iqtisodiy jihatdan asoslashni dastlabki bosqichidayoq hal qilinishi 

kerak  bo’lgan  murakkab  muammolar  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bo’lib,  Internet 

tarmog’ida  samarali  hamda  ishonchli  amal  qiladigan  virtual  magazinni  tashkil 

qilishga sarflanadigan mehnat va vaqt xarajatlarini minimallashtirish mumkin. 



Download 140,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish