1-rasm. Yon tarafli tok keltirgichli va o ‘zi kuyuvchi anodli alyumin olish uchun elektrolizyor sxemasi: 1 - shamotli futerovka; 2 - quyma cho'yan; 3 - katodga tok keltirgich; 4 - ko'mir bloklar; 5 - garnisaj; 6 - ko'mir plitalar; 7 - pishirilgan anod; 8 — anod ning qattiq korpus qovurg'asi; 9 - anodlar tayanchi; 10 - anod ramasi; 11 - suyuq anod massasi; 12 - xamir ko'rinishdagi anod massasi; 13 - mis shina; 14 - shtirlar; 15 - egiluvchan shinalar.
Alyuminiy elektroliz qurilmasi vannalar to‘rtburchak shakliga ega. Vanna devorlari shamot g‘ishti va ko‘mir bloklardan terilgan, sirtidan poiat list bilan qoplanib, beton poydevorga o‘rnatiladi. Ko‘mir bloklarga katod shinasi - 7 joylashgan, u o‘zgarmas tok manbayining manfiy qutbiga, elektrolizga tushiriladigan ko‘mir blok - 3 anod vazifasini bajaradi, u shtirlar - 1 orqali tok manbayining musbat qutbiga ulanadi. Elektrolit sifatida kriolit (Na/llP^dan foydalaniladi. Anod olchamlari vannaning berilgan quvvati va ruxsat etilgan tok zichligi bilan aniqlanadi.
Elektroliz qurilmalarining elektr jihozlari. Elektroliz qurilmalari o‘zgarmas tok bilan ta’minlash uchun o‘zgarmas tok generatorlar yoki yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichli agregatlarda amalga oshiriladi (ularda sanoat chastotali o‘zgaruvchan tok o‘zgarmas tokka aylantiriladi). Kremniyli to‘g‘irlagichli agregatlar, FIK 97 - 99% li esa keng tarqalgan. 0 ‘zgartgichli podstansiya o‘zgaruvchan tokning TT (RU) dan, kuchlanishni rostlash moslamali kuch transformatorlardan, yarim o‘tkazgichli agregatlardan, o‘zgarmas tokning TT dan va o‘z ehtiyojlariuing moslamalaridan iborat. Uch fazali kuch transformatorlar, odatda, YuK tarafidan ichiga o‘rnatilgan yuklama ostida, uzib ulagichli YuOR (RPN) moslama va bir necha ikkilamchi chulg‘amlarga ega. Ikkilamchi chulg‘amlarning har biri (ular sonini to‘g‘rilash fazalar soniga bog‘liq) yarim o‘tkazgich ventilli blokni ta’minlaydi. Elektroliz uchun kuch transformatorlaming rivojlanish texnikaviy va iqtisodiy omillari, kapital sarflari, ekologiyaning hisobga olinishi va energiya yo‘qotishlarining kamayishiga bog‘liq. Atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga yangi sovitadigan materiallar (silikonli moy) qoplanishi va shovqinni pasaytirilishi bilan erishiladi. Kuchlanishni rostlash oralig‘ining kerakli kengligi, transformatoming tarmoq chulg'amini yulduzdan uchburchakka uzib ulash, uning bo‘limlarini parallel, ketma-ket ulash va h.k. hisobiga erishiladi. Yuqori va pastki kuchlanish chulg‘amlar sonini, ya’ni uning transformatsiya koeffitsiyentini o‘zgartirish hisobiga, maxsus rostlanuvchi transformatoming yordami bilan rostlash qo‘llanadi. Bu transforatoming joylanishi kuch transformatoridan oldin bolmagani maqsadga muvofiqdir. Odatda, kuch transformatori quvvatiga teng uch fazali avtotransformator (AT) qoMlanadi. AT bir necha rostlash uyg‘otishsiz uzib ulash UQU (ПБВ - переключение без возбуждения) yordamida amalga oshiriladigan bosqichlarga ega; ular ichida Yuqori kuchlanishni ravon rostlaydi.
Foydalanilgan adbiyotlar:
1. Jalilov M.X. Elektrtexnologik qurilmalar. 1-qism. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qoMlanma. - Toshkent: 1992.
2. Jalilov M.X. Elektr texnologik qurilmalar. 1-2-qism. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent: 1992.
3. Matboboev M.M. Elektr texnologik qurilmalar: oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - Farg'ona, 2002.
4. Mark M.Meerschaert. Mathematical modeling / Academic press, 1999
Do'stlaringiz bilan baham: |