Cho’g’lama elektr lampochka
Xonadonlarda yoritgich sifatida, cho’g’lama elektr lampochkalardan ham foydalaniladi. U tok o’tganda spiralining qizishi hisobiga yoritadi. Lampochkaning asosiy qismi ingichka volfram simdan yasalgan spirdan iborat. Spiral simning volframdan qilinishiga sabab, u qiziganda cho’zilmaydi, 3000ºC gacha temperaturaga bardosh beradi. Xonadonlarda ko’pincha 220 V kuchlanishli chog’lama lampalar qo’llaniladi.
Birinchi cho’g’lama lampochka 1872-yilda rus elektrotexnigi Aleksandr Nikolayevich Lodigin (1847-1923) tomonidan kashf etilgan.
Takomillashgan cho’g’lama elektr lampochkani 1879-yilda amerikalik olim Tomas Alva Edison (1847-1931) ixtiro qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |