Mavzu: Elektr sig'imi. Kondensatorlar. Elektr manbai



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#316296
Bog'liq
New PDF File



Mavzu: Elektr sig'imi. Kondensatorlar.

Elektr manbai.

Reja:


1. Elektr sig'imi.

2. Kondensatorlar.

3. Elektr manbalari

.

1. Elektr sig'imi

.

Elektr zaryadlarining bir tomonga tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Elektr



toki mavjud bo‘lishining birinchi sharti moddada erkin elektronlarning mavjud

bo‘lishidir. Elektr tokining yo‘nalishi sifatida tarixan musbat zaryadlangan

zarralarning yo‘nalishi qabul qilingan. Erkin harakatda bo‘lgan zarralarning bir

tomonga harakatlanishi uchun ularni bunday harakatga majburlovchi kuch

kerak bo‘ladi. 

Bunday majburlovchi kuch tok manbalari yordamida hosil qilinadi.

XVIII asr oxirigacha olimlar «elektr»ni asosan ishqalanish orqali hosil

qilganlar. XVIII asr oxiriga kelib elektr hodisalarini o‘rganishda katta burilish

ro‘y berdi. Italiyalik olim A. Volta mis va rux plastinalari orasiga kislota

shimdirilgan mato qo‘yilsa, mis plastina musbat ishorada, rux plastina manfiy

ishorada zaryadlanib qolishini aniqlaydi. 

Bu plastinalarni bir-biriga o‘tkazgich orqali ulansa elektr toki o‘tishini

kuzatadi. Shunday qilib birinchi  tok manbai ixtiro qilinadi.



Elektr sig'imi  zaryad miqdoriga tog'ri proporsional, ya'ni undagi zaryad

miqdori qancha ko'p bo'lsa, bu o'tkazgichning elektr sig'idira olish xususiyati

shuncha katta ekanligini ko'rsatadi. SI da elektr sig'imi birligi deb farad (F)

qabul qilingan.

2.Kondensatorlar

Kondensator va uning elektr sig‘imi

Elektrotexnikada ko‘p miqdordagi elektr zaryadlarini to‘plash va

saqlash muhim ahamiyatga ega.

Elektr zaryadlarini to‘plash uchun mo‘ljallangan asbob konden-

sator deb ataladi.

Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik

jihozlarning muhim elementi hisoblanadi.

Eng sodda kondensator – bu yassi kondensator. Yassi kondensator o‘zaro

parallel bo‘lgan ikkita yassi o‘tkazgich – plastinkalardan iborat. Bu

plastinkalar kondensator qoplamalari deyiladi.Kondensator zaryadlanganda

uning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to‘planadi.



Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig‘imidir(C).

Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig‘imining birligi qilib M. 

Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik

bo‘lgani uchun amalda asosan uning ulushlari – mikrofarad (µF) va pikofarad

(pF) qo‘llaniladi. Bunda: 1 F = 106 µF; 1 µF = 106 pF; 1 F =1012 pF. 

Kondensatorning sig‘imi undagi zaryad miqdorining plastinkalar 

orasidagi kuchlanish nisbatiga teng: C = q / U 

bunda, U – plastinkalar orasidagi kuchlanish bo‘lib, volt (V)da o‘lchanadi. 

Yassi konden- 

sator qoplamasining yuzasi S qancha katta bo‘lsa, unda shuncha ko‘p 

zaryadlarni to‘plash imkoniyati bo‘ladi. Qoplamalari orasidagi masofa

d qancha kichik bo‘lsa, kondensatorda shuncha ko‘p zaryadlarni to‘plash 

mumkin. Bu degani, yassi kondensatorning sig‘imi qoplamalari yuzasiga 

to‘g‘ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari pro- 

porsionaldir, ya’ni: C = ε0 

εS /d.



3. Elektr manbai

O‘tkazgichga ulangan lampochka uzoqroq vaqt yonib turishi uchun

muntazam elektr tokini hosil qilib turuvchi manba — tok manbayi bo‘lishi

zarur.


Tok manbayida musbat va manfiy zaryadli zarralarni ajratish ishi

bajariladi. Ajratilgan qarama-qarshi ishorali zaryadli zarralar tok

manbayining qutblarida to‘planadi va elektr maydonni hosil qiladi.

Tok manbalarida musbat va manfiy zaryadli zarralarni ajratish jarayonida

mexanik, kimyoviy, ichki

va boshqa turdagi energiya elektr energiyaga aylanadi.

Elektr toki manbalari xilma-xildir

Elektr zanjir 

Tok manbayi, elektr lampochka va kalitni 

bir-biri bilan o‘tkazgich (sim)lar orqali ulaylik. Kalit elektr lampochkani 

o‘chirib-yoqish uchun kerak bo‘ladi. 



Elektr lampochka iste’molchi hisoblanadi. 

Radio, magnitofon, televizor, kompyuter, 

muzlatkich, dazmol, elektr isitkich kabilar ham elektr iste’molchilardir. 

Tok manbayi, o‘tkazgich, elektr 

iste’molchi va kalit eng sodda elektr 

zanjirni tashkil etadi. 

Zanjirda elektr toki hosil bo‘lishi va o‘tishi uchun u berk bo‘lishi kerak.

Odatda, elektr zanjir chizma tarzida

tasvirlanadi. Elektr zanjirdagi elementning

ulanish usullari tasvirlangan chizmalar

elektr sxema deb ataladi. 1-b rasmda ochiq

zanjirning va 2-b rasmda berk zanjirning

elektr sxemalari tasvirlangan.

Elektr zanjirdagi tok manbayi, kalit, o‘tkazgichlarning ulangan joyi, turli elektr

iste’molchilar va boshqa elementlar elektr sxemalarda tegishli shartli belgilar



bilan ko‘rsatiladi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish