Kurs ishi mavzusining mazmuni: Maskur kurs ishi kirish, asosiy qism, asosiy qism ikkita bobdan tashkil topgan bo’lib rejalarga ajratilgan hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan tashkil topgan bo’lib jami 32 sahifadan iborat.
Mavzu: Elektr o’lchashlar va elektr o’lchash asboblari.
Reja:
Kirish.
I.Bob.Elektr o’lchashlar.
1.1. Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining o’lchamlari.
1.2. Elektr o’lchov asboblarini yerga ulash.
1.3. Elektr zanjirdagi ulashdagi elementlar.
II.Bob.Elektr o’lchov asboblar.
2.1. Elektr o’lchov asboblar shartli belgilari.
2.2. Elektr qurilmalarini o’lchash aparatlari Xulosa.
Adabiyotlar.
Ilovalar.
Kirish
Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz «mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko‘p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog‘liqdir»..
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy — iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy — axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy —tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy — madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil
Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning birinchi bosqichi (1997 — 2001 yillar) da
«o‘quv — uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001 — 2005 yillar)da «... ta’lim muassasalarining moddiy — texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv —tarbiya
jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» hamda uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv —tarbiya jarayonini yangi o‘quv —uslubiy majmualar,ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog‘i lozim.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog —o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan
xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning dolzarbligi O‘zbekiston Restpublpkasi "Ta’lim to‘g‘risnda" gi qonuni ia "Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy Dasturi" raqobatbardosh milliy kadrlar tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, shuningdek iqtisodimizni ilmiy-texnnk jihatdan rivojlantirish va xalq xo‘jaliganing barcha jabhalarini yangi texnologiyalar bilan qurollantirishga katta ahamiyat berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |