Oʼrnatilganda motorlarni fazalaridan tashqari korpusi yerga ulanish tarmogʼiga ulanadi: 𝑅er ≤ 4 Om boʼlishi zarur. Yerga ulanish konturi zararlanishlardan himoya qilingan boʼlishi zarur. Elektr motorni ishga tushirishdan oldin fazalarining boshi va oxirlari tekshiriladi. Valning erkin aylanishi koʼriladi, Izolyatsiyasi qarshiligi oʼlchab koʼriladi, ishga tushirish – himoya vositalarining sozligi tekshiriladi. Tarmoq kuchlanishi va motor fazalar ulanishi mosligi tekiriladi, fazalar simmetriyasi oʼlchab aniqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |