Mavzu: Elektr mashinalarini cho’lg’amlarini izolyatsiyasini quritish, sinovli ishga tushirish va xizmat ko’rsatish
Reja: Elektr mashinalar chulg‘amlari izolatsiyasini quritish
Elektr mashinalarni sinovli ishga tushirish
Elektr motorlarga xizmat ko‘rsatish
Elektr mashinalar chulg‘amlari izolatsiyasini quritish.Elektr mashina nazorat qilinayotganida elektr mashina chulgЈami izolatsiyasi past darajada ekanligi ayon boЈlsa, u holda elektr mashinani quritish kerak boЈladi. Elektr mashina chulgЈamlarini quritish unga oЈzgar- mas yoki oЈzgaruvchan tok yuborish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun alohida kuchlanish manbayidan foydalaniladi. Elektr mashina ichiga qizdirilgan havo yuborilib, induksion usul bilan va past kuch- lanishdagi qisqa tutashuv toki yordamida (generatoflar quritiladi) ham elektr mashinani quritish mumkin.
Elektr mashinalami quritish jarayonida chulgЈamning harorati uzluksiz ravishda termometr yoki termoparalar yordamida oЈlchab boriladi. ChulgЈam izolatsiyasi qarshiligi turgЈun haroratda ruxsat etilgan qiymatga teng boЈlganida quritish jarayoni tugagan hisoblanadi.
Elektr mashinalarni sinovli ishga tushirish.Barcha montaj ishlari tugatilganidan soЈng, elektr mashina sinovli ishga tushirilishi kerak. Elektr mashinani sinovli ishga tushirishdan awal mashinaning barcha elementlari sinchkovlik bilan ko’zdan kechiriladi va vali qo’l bilan
ylantirilib ko‘riladi (katta quwatli mashinalarning vali ko‘tarma kran yordamida aylantirib ko‘riladi). Elektr mashinani sinovli ishga tushirish vaqtida podshipnikning harorati tekshirilib boriladi va shuningdek, mashina qismlarining titrashlari qiymatlari vibrometr yordamida o‘lchab boriladi. Sirpanuvchi podshipniklar uchun ruxsat etilgan harorat qiymati 80°C dan oshmasligi va shuningdek, tebra- nuvchi podshipniklar uchun esa 65°C dan oshmasligi kerak.
Elektr mashinaning normal yuklanganlik ish rejimi uchun pod- shipniklaming ruxsat etilgan titrash qiymatlarining (amplitudaning ikkilangan qiymati) tezlikka bog'liqligi:
Elektr mashina tezligi, ayl/min 3000
1500-1000
750
Tebranish qiymati, mm
0,005
0,1
0,13
0,16
Rotor yoki yakorning aylanish yo‘nalishi to‘g‘ri ekanligi va elektr mashina elementlari normal yig‘ilganligiga ishonch hosil qilish uchun elektr mashinaga awal «siltovli» oz vaqtga kuchlanish berib, ishga tushiriladi. So‘ngra elektr mashinani yuklanishsiz birmuncha uzoq vaqtga ishga tushiriladi. Mashina salt yurish rejimida tekshirilganidan keyin yuklanish bilan ishlatiladi.