1-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o`quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o`rganish, chunonchi, materiallarni yig’ish va ularning g’oyasi (mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.
O`quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini o`rganib chiqish o`qituvchi uchun o`quvchilar e’tiboriga taqdim etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal ma’lumotlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |