Nazariy ma’lumotlar
Electronics Workbench dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi
Zamonaviy elektron va raqamli qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish katta aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Electronics Workbench dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni dasturiy loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda va oliy o’quv yurtlarida qo’llanilishi mumkin.
Electronics Workbench bilan ishlash kompyuter texnikasi bo’yicha chuqur bilimlarni talab qilmaydi. Dasturning interfeysini bir necha soat davomida o’zlashtirib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |