Mavzu: Ekologiyani muhofaza qilish.
Tabiat deyilganda biz o'zimizni o'rab turgan havo, suv, tuproq, tog' jinslari, o'simlik va hayvonotlardan iborat murakkab moddiy borliqni ko'z o'ngimizga keltiramiz. U insonning barcha moddiy va rna 'naviy ehtiyojlarini qondiruvchi yagona manba hisoblanadi. Bu jihatdan uni onaga qiyoslab, bejizga «Ona tabiat» deb ardoqlanmaydi. Hozir inson aqlzakovati tufayli yerdan bir necha milliard yorug'lik yiliga teng keladigan uzoqliklarni «ko'rayotgan» bo'lsa ham bizga rna 'Ium bo'lgan Olamda birortayam yer sayyorasining tabiatiga o'xshash tabiat va hayot shakli mavjudligi aniqlanmagan. Yer tabiati yagonaligini yaqqolroq tasavvur qilish oson bo'lishi uchun quyidagi rna 'lumotlarni keltiramiz. Hozirgi ilmiy ma'lumotlarga qaraganda biz bilgan olam (koinot) bir-biridan bie necha yorug'lik yiliga teng masofalarda joylashgan bie nechta galaktikalardan tashkil topgan. Bu galaktikalarning har biri necha-necha milliard yulduzlardan va boshqa fazoviy unsurlardan iborat ulkan tuzilmalardir. lumladan, bizning Quyoshimiz joylashgan «Somon yo'li» galaktikasida 150 milliarddan ziyod turli o'lchamlaedagi yulduzlae bo'lib, Quyosh undagi o'etacha kattalikdagi yulduzlardan biri hisoblanadi, xolos. Quyosh atrofidagi 9 ta sayyora va boshqa fazoviy jismlar bilan birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. Bu sistemaning diametri 12 milliard kilometrga teng bo'lib, umumiy massasining 98-99 foizi quyoshda jamlangan. Bizning yer esa mana shu sistemaning o'rtacha kattalikdagi bitta sayyorasidir.
Iqtisodiy ahamiyati deyilganda undagi resurslardan (havo, tuproq, minerallar, o'simlik va hayvonlar) turli ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda asosiy moddiy manba sifatida foydalanish tushuniladi. Ma'lumki, inson vajamiyat ehtiyojlarini qondiruvchi barcha mahsulot va xomashyolar tabiiy manbalar hisobiga yaratiladi. Ilmiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, insonning barcha bilimlari negizida tabiat va undagi turli jarayonlarni kuzatish, o'rganish, tahlil etish va ainaliy xulosalar qilish yotadi. Sog'JomJashtirish ahamiyati deyilganda sof tabiiy unsurlar (musaffo havo, toza suv, unumdor tuproq, bahavo o'rmon)ning va shifo beruvchi tabiiy modda va jarayonlarning inson salomatligiga ijobiy ta'siri tushuniladi.
Bundan qariyb ming yil avval yashab o'tgan buy uk o'tmishdoshimiz Abu Ali ibn Sino «Odamlar salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog'langan» deganda tabiatni aynan shu xususiyatini nazarda tutgan bo'lishiga shubha qilmasa ham bo'ladi. Tarbiyaviy ahamiyati deyilganda sof haqiqiy tabiatni kishilarda oliyjanoblik, xushfe'lIik, bag'rikenglik, vatanparvarlik, ulug'vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni uyg'otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo'ynida yoki teztez u bilan birga bo'lish insonlarning yoshidan qat'i nazar ularda insoniy fazilatlarning kamol topishiga yordam beradi. Jamiyatda kuzatiladigan ruhiy qashshoqlik, loqaydlik, qo'pollik,jahldorlik, rahm-shafqatsizlik, vahshiylik kabi illatlarning avj olish sabablaridan biri ham kishilarni sun'iy (texnogen) muhitga tushib, tabiatdan ajralib qolganliklaridandir. Boshqacha qilib aytganda , tabiat, inson va jami ya t yaxlit bir tizim sifatida faoliyat ko 'rsatadilar hamda ular mazkur tizimning tarkibiy qismlari bo' lib hisoblanadilar. Mazkur o'rinda shuni ham esda tutish zarurki, tizimning komponentJaridan biri bo'lmish jarniyal ong tufayli moddiy borliqning eng oliy rivojlangan shakli hisoblanadi. U bir qator o ' ziga xos ichki ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari rivojiga to 'siq bo'lmasligi ekologik jihatdan muhim ahamiya tga ega. Ma 'Iumki, har qanday tizimning barqarorligi komponentlarning o`zaro munosib ravisbda rivojlanishi va ular orasidagi munosabatlar muvozanatla hga n holatda bo'Jishini taqozo etadi, aks holda tizim buziladi va asl xususiyatlarini yo 'qotadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ekologiya fanining bugungi kundagi asosiy vazifalarini quyidagicha ta'riflash mumkin: • hayotning tashkil topish qonuniyatlarini o'rganish, shu jumladan, tabiiy tizimlarga va umuman biosferaga antropogen ta'sirlarni tabiat qonunlari asosida tadqiq etish;
tabiiy resurslardan yoki tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning i1miy asoslarini yaratish, insonning xo'jalik faoliyati ta'siri ostida tabiatda ro 'y beradigan o'zgarishlarni oldindan bilish, biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish va inson yashaydlgan muhitni saqlab qolish;
populyatsiyalar sonini tartibga solish;
agrosanoat komplekslarida kimyoviy vositalardan foydalanishning minimumiga erishish chora-tadbirIarini ishlab chiqish;
u yoki bu landshaft elementlari xususiyatlarini aniqlashda ekologik indeksatsiyalash, shu jumladan, tabiiy muhit bulg' anishini indeksa tsiyalash;
buzilgan tabiiy tizimlarni tikI ash, shu jumladan, foydalanishdan chiqarib tashlangan qishloq xo'jalik ekin maydonlarini tiklash (rekultivatsiya), yaylovlarni, kam hosilli tuproqlarni, suv havzalari va boshqa ekotizimlar mahsuldorligini oshirish;
biosferaning etalon maydonlarini saqlash (konservatsiyalash);
muhit sifatini saqlash va yaxshilash bO'yicha texnikaviy, huquqiy, tashkiliy boshqaruvga doir uzoqqa mo'ijallangan tadbirIar majmuini takomillashtirish;
yangi o'zlashtirilgan mintaqalarda, sanoatlashgan va aholisi ko'p bo'igan hududlarda yashovchi aholining sharoitga moslashuvini tezlashtiruvchi vositalarni yaratish va tabiatda yuz berishi mumkin bo'igan o'zgarishlarni oldindan xolis baholash;
xavtli tabiiy hodisalar, texnogen fojialarning oldini olish va ularning · inson va tabiatga salbiy ta'sirini kamaytirish choralarini ko'rish;
ekologik ong, rnadaniyat, ta'lim va tarbiya tizirnlarini rnukammallashtirish va bu sohaga ommaviy axborot vositalarini keng jalb etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |