Antagonistik munosabatlar ayniqsa, jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kuchli namoyon bo’ladi. Yetuk ekotizimning tashqil topish jarayoni salbiy o’zaro ta‘sirining ijobiyga almashinishi tendentsiyasida kuzatiladi (evolyutsiyaning parazitizmdan va konkurentsiyadan mutalizm va kommensalizmga o’tib borishi). Xuddi shunday butun biosferadagi evolyutsiya to’g’risida ham gapirish mumkin. Insonnning tabiat bilan o’zaro munosabati ham tutalizmga harakat qiladi. Biz biotik va abiotik omillar to’g’risida gapirganimizda, ularni faqat bitta yo’nalish bo’yicha harakat qiladi, deb tushunmaslik kerak. Teskari aloqalar ham mavjud, xususan organizmlar muhitning ekologik va abiotik omillarini ham o’zgartirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |