G’arbda deyarli barcha odam yoshlikdan shaxsiy yutuq va muvaffaqiyatlarga ntilish ruhida tarbiyalanadi. Bu ruh ularda ehtiyoj darajasida bo’ladi. Muvaffaqiyat ularda doimo kelajakka qaratilgan bo’lib, uning mazmunida shinam, go’zal ish dorasidan tortib, xushqomat kotibaning bo’lishi ham kiradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu yutuqlarga shaxs o’z mehnati, o’qishi va vaqtida sarmoya ajratishi orqali erishishini yaxshi biladi. Bunda ularning ota-onalari juda katta rol o’ynaydi. olasining omadli bo’lishini xohlagan ota-ona yoshlikdan undan mustaqillikni talab qiladi, shu bois bola yoshlikdanoq o’z kuchiga ishonish kerakligini tushunib boradi, erishgan har bir yutug’idan quvonadi va o’ziga ishonchi ortadi. Bizda ayrim paytlarda hunday bo’ladiki, biz bolani boshqalarga qarab o’rnak olishga, onasi ishlab bergan masalasi bilan maktabda yaxshi baho olib, undan o’zi maqtanib yurishining guvohi bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |