Masalan, texnika oliygohlarida: “Materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan, qattiqqo’l va hokazo degan. Bunday motivasiya mana necha avlod talabalar boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi. Masalan, texnika oliygohlarida: “Materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan, qattiqqo’l va hokazo degan. Bunday motivasiya mana necha avlod talabalar boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli ayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shartsharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha azmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli ayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shartsharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha azmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |