For I : = N1 To N2 Do ;
bunda For, To va Do Paskalning xizmatchi so’zlari; I — butun turli ixtiyoriy o’zgaruvchi bo’lib, u takrorlash parametri deyiladi; N1 — takrorlash parametrining boshlang’ich qiymati; N2 — takrorlash parametrining oxirgi qiymati; — takrorlanishi lozim bo’lgan operator yoki operatorlar ketma – ketligi. Takrorlash tanasida bittadan ortiq operatorlar bo’lsa, ular albatta begin ko’rsatmasi bilan boshlanib, end; ko’rsatmasi bilan tugallanadi. Takrorlash parametrining boshlang’ich va oxirgi qiymatlari o’zgarmas, o’zgaruvchi yoki ifoda ko’rinishida bo’lishi mumkin.
For operatoridan, asosan, takrorlanishlar soni avvaldan ma'lum bo’lganda qo’llaniladi.
1- misol. Ekranga 20 ta «Informatika» so’zini chiqaruvchi dastur tuzing.
Yechish. Shartga ko’ra, ekranga 20 ta «Informatika» so’zi chiqarilishi kerak. Ya'ni, WriteLn ('Informatika') operatori 20 marta takrorlanishi lozim.
Var I: Integer;
Begin
For I:=1 To 20 Do WriteLn ('Informatika');
End.
Ushbu dasturda I - takrorlash parametri bo’lib, uning boshlang’ich qiymati 1 ga, oxirgi qiymati 20 ga teng. Takrorlash tanasi bitta – WriteLn ('Informatika') operatoridan iborat. Dastur bajarilganda takrorlash parametri navbat bilan 1, 2, 3, ... ,20 qiymatlarni qabul qiladi va har safar WriteLn ('Informatika ); operatori bajariladi. Natijada ekranga «Informatika» so’zi 20 marta chiqariladi.
Takrorlash parametrini takrorlash tanasida qo’llanish ham mumkin.
2- misol. Ekranga 1 dan 20 gacha bo’lgan butun sonlarni o’sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing.
Var I: Integer;
Begin
For I:=1 To 20 Do WriteLn(I);
End.
For operatorida takrorlash parametri katta qiymatdan kichik qiymatga qarab kamayib borishi ham mumkin. Buning uchun Do xizmatchi so’zi o’rniga Downto xizmatchi so’zi yoziladi.
3- misol. 1 dan 100 gacha butun sonlarni kamayish tartibida chop etuvchi dastur tuzing.
Var i: Integer;
Begin
For i:=100 To 1 Downto WriteLn(i);
End.
Demak, takrorlash operatorida takrorlash parametrining o’sish yoki kamayishiga qarab Do yoki Downto xizmatchi so’zini tanlash dastur tuzishni yengillashtiradi.
1. Takrorlanuvchi algoritmlarga misollar keltiring.
2. Parametrli takrorlash operatorining ko’rinishi qanday?
3. Parametrli takrorlash operatori qachon qo’llaniladi?
4. Takrorlash parametri qanday qiymatlarni qabul qiladi?
5. Takrorlash parametrining qiymatlari chegaralanganmi?
6. Takrorlash operatorini ishlashini tushuntiring.
7. Qanday holatda Do yoki Downto xizmatchi so’zlari ishlatiladi?
«TASDIQLAYMAN»
o’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari______
– D A R S R E J A S I.
Dars o’tish vaqti ___________________ Fan – Informatika 9 – sinf
Do'stlaringiz bilan baham: |