Mavzu: ehm da masalalar yechishning asosiy bosqichlari



Download 5,15 Mb.
bet25/62
Sana20.04.2022
Hajmi5,15 Mb.
#567786
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
9-sinf-dars-ishlanmalari-2012-yil

17– D A R S R E J A S I.


Dars o’tish vaqti __ Fan – Informatika 9 – sinf
Mavzu: Jadval ko`rinishidgi miqdorlar
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: Jadval ko`rinishidagi miqdorlar haqida tushuncha berish
b) Tarbiyaviyligi: Bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning jadvallar bilan ishlash malakasini rivojlantirish.
Dars turi Yangi bilim berish
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars metodlari: Birgalikda o`rganish
(Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.)
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar DTS
1. O’quvchi bilishi kerak: Masivlr. Ulrning turlari,
2. O’quvchi bajara olishi Massiv turlari , ularni hosil qilish kerak
3. Uyga vazifa Savollarga javob yozish
Dars jihozi: kompyuterlar, darslik,ko`rgazma


Darsning borishi:
Kundalik hayotimizda ko’p turdagi jadvallardan foydalanamiz: dars jadvali, shaxmat yoki futbol o’yinlari bo’yicha musobaqa jadvali, «Sportloto» lotareyasining jadvali, karra jadvali, matematik jadval va boshqalar. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyiladi.
Jadval ko’rinishidagi miqdorlar bir o’lchovli (chiziqli), ikki o’lchovli (to’g’ri to’rtburchakli), uch o’lchovli va hokazo bo’ladi. Biz, odatda, chiziqli va to’g’ri to’rtburchakli jadvallardan foydalanamiz.
Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfmgizdagi o’quvchilar ro’yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko’rinishida yozilgan. O’quvchilarning familiyalari bu jadvalning elementlarini tashkil etadi. Ularning har biri o’z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o’quvchining familiyasi mos keladi.
Ikki o’lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topadi (elektron jadvallarga oid mavzularni eslang). Ularning elementlari ustun va satrlar kesishgan kataklarda joylashadi. Bunday jadvallarda biror elementni ko’rsatish uchun uning nechanchi satr va nechanchi ustunda joylashganligini, ya'ni satr va ustun bo’yicha tartib raqamlarini bilish kerak bo’ladi. Demak, ikki o’lchovli jadvalning har bir elementiga ikkita tartib raqami (satr va ustun bo’yicha) mos keladi.
Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiritilgan. Massiv - jadval ko’rinishidagi miqdor bo’lib, u ma'lum (fiksirlangan) sondagi birturliva tartiblangan (tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi. Ular manfly bo’lishi ham mumkin.
Paskalda har bir massiv o’z nomiga ega bo’lib, ularni nomlash o’zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan, a5, dars jadvali, tub_sonlar.
Massiv elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi va u kvadrat qavs ichida ko’rsatiladi. Masalan, a[5] yozuvi - a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi.
Ikki o’lchovli massiv elementlari ikkita indeks orqali aniqlanib, ular o’zaro vergul bilan ajratib yoziladi va birinchi indeks satr tartib raqamini, ikkinchi indeks ustun tartib raqamini bildiradi. Masalan, jadval [12,8] yozuvi - jadval nomli massivning 12-satri va 8-ustuni kesishgan katakda joylashgan elementini bildiradi.
Dasturda massivlar o’zgaruvchilar kabi tavsiflanishi zarur. Buning uchun Array —xizmatchi so’zi ishlatiladi. Bu so’zdan keyin kvadrat qavs ichida massivning birinchi va oxirgi elementlarining tartib raqamlari o’zaro ikkita nuqta bilan ajratib yoziladi. So’ngra Of — xizmatchi so’zi, undan keyin massiv elementlarining turi yoziladi. Masalan:
Var alifbo: Array[1..29] of Char; {1 dan 29gacha tartib raqamli belgili miqdorli alifbo nomli massiv}
b5: array[-2..100] of integer; {-2 dan 100gacha tartib raqamli b5 nomli butun sonli massiv}
Demak, massiv deganda, yagona nom bilan belgilangan, bir turdagi, tartiblangan miqdorlarning majmui tushuniladi.
Massiv elementlari indeksini biror butun qiymatli o’zgaruvchi (masalan, i) orqali ifodalash mumkin. Masalan, i = 3 bo’lsa, a[i] - a nomli massivning 3-elementini, a[i+1] esa massivning 4- elementini ifodalaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, massivlardan foydalanish juda ko’p masalalarni hal etishda dasturchiga katta imkoniyatlar ochib beradi.
1. Hayotda uchraydigan jadval ko 'rinishidagi miqdorlarga misollar keltiring.
2. Chiziqli massiv qanday o’lchovlarda bo’ladi ?
3. Massivda indeks nima uchun zarur?
4. Massiv elementlar indekslari qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin ?
5. Jadval ko 'rinishidagi miqdorlaming turlarini qanday ajratish mumkin ?


«TASDIQLAYMAN»
o’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari______



Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish