Mavzu: Protsedura va funksiyalar
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga protsedura va funksiyalarni o’rgatish
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar
1. O’quvchi bilishi kerak: Protsedura va funksiyalarni
2. O’quvchi bajara olishi kerak : 1 – 3 mashqlar
3. Uyga vazifa : 4 – 5 mashqlar
Dars jihozi: kompyuterlar, disketalar ;
Darsning borishi:
Ko’pincha ma'lum amallar majmuini dasturning turli qismida takrorlashga to’g’ri keladi. Paskalda ko’p takrorlanadigan amallar majmuini asosiy dasturdan ajratib olib, ulardan alohida bloklar — protsedura va funksiyalar tashkil qilish mumkin. Har bir shunday tashkil etilgan protsedura va funksiyaga albatta nom beriladi. Kerakli protsedura yoki funksiyaga uning nomi orqali murojaat etiladi. Protsedura va ftmksiyalardan oqilona foydalanib tuzilgan dastur, odatda, sodda va tushunarli bo’ladi.
Protsedura va funksiyalarni ularga murojaat etish paytida beriladigan ma'lum bir qiymatlarga bog’liq qilib tashkil etish ham mumkin. Bu qiymatlar parametrlar, shu tarzda tashkil etilgan protsedura va funksiyalar esa parametrli protsedura va funksiyalar deyiladi.
Protsedura va funksiyalar sarlavha bilan boshlanadi. Protsedura sarlavhasi quyidagi umumiy ko’rinishga ega: Procedure
[(parametrlar)];
Funksiya sarlavhasi quyidagi umumiy ko’rinishga ega: Function [(parametrlar)] : ;
Parametrli protsedura va funksiyalarda parametrlarning turlari ham tavsiflanadi. Masalan: Function daraja (a, n : Integer):Integer; yoki Procedure shifr(satr:String);
Ko’rib turganingizdek, protsedura va funksiyalar o’xshash tuzilishga ega. Ularning tuzilishi dasturning tuzilishidan deyarli farq qilmaydi. Shuni aytish lozimki, asosiy dasturda tavsiflangan o’zgarmas va o’zgaruvchilar umumiy (global) o’zgarmas va o’zgaruvchilar deyiladi. Ulardan dasturning istalgan qismida, jumladan, protsedura va funksiyalarning ichida foydalansa ham bo’ladi. Biror protsedura yoki funksiyaning ichida tavsiflangan o’zgarmas va o’zgaruvchilar mahalliy (lokal) o’zgarmas va o’zgaruvchilar deyiladi. Ulardan faqat o’zi tavsiflangan protsedura yoki funksiyaning ichida foydalanish mumkin. Paskalda umumiy va mahalliy o’zgaruvchi bir xil nomga ega bo’lishi ham mumkin. Bu holda mahalliy o’zgaruvchi tavsiflangan protsedura yoki funksiya ichida mahalliy o’zgaruvchining qiymati, boshqa protsedura va funksiyalarda hamda asosiy dasturda umumiy o’zgaruvchining qiymati hisobga olinadi.
Misol. Uchburchakning berilgan tomonlari bo’yicha uning balandliklarini aniqlovchi dastur tuzing.
Program Uchburchak_balandligi;
Var a, b, c, ha, hb, hc: real;
Function H_UB(a, b, c: real): real; { a, b, c — Uchburchak tomonlari}
Var p, s: real;
Begin
p:= (a+b+c)/2; { yarimperimetr}
s:= Sqrt(p *(p-a) *(p-b) *(p-c)); {Yuza}
H_UB:= 2*s/a; {Funksiyaga qiymat berildi}
End;
BEGIN
Write('Uchburchak tomonlari ( a,b,c) kiritilsin'); Readln(a,b,c);
ha:= H_UB(a, b, c); hb:= H_UB(b, a, c); hc:= H_UB(c, b, a);
Writeln(«Uchburchak balandliklari:»); Writeln('ha=',ha, 'hb=',hb, 'hc=',hc); Readln
END.
Yuqorida keltirilgan dasturlarga e'tiborni qaratib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: protsedura va funksiyalarga murojaat qilish vaqtida funksiya nomi, albatta, biror operator tarkibida, protsedura nomi esa alohida (mustaqil) yozilar ekan.
1. Dasturda protsedura va funksiyalar qanday maqsadda qo’llaniladi?
2. Protsedura va funksiyalarning farqi nimada ?
3. Parametrli protsedura va funksiyalar haqida gapirib bering.
4. Protseduraning umumiy tuzilishini ifodalab bering.
5. Funksiyaning umumiy tuzilishini ifodalab bering.
6. Dasturdagi umumiy va mahalliy o 'zgaruvchilar haqida gapirib bering.
O'quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari_____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |