Argument turi
|
Qiymat turi
|
Izoh
|
Matematik funksiyalar
|
Abs(x)
|
butun/haqiqiy
|
butun/haqiqiy
|
«x» ning absolyut qiymati (moduli) |x|
|
Sin(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
«x» ning sinusi (radian o'.b.) sin x
|
Cos(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
«x» ning kosinusi (radian o'.b.) - cos x
|
Arctan(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
«x» ning arktangensi - arctg x
|
Sqrt(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
“x» ning kvadrat ildizi -
|
Sqr(x)
|
butun/haqiqiy
|
butun/haqiqiy
|
«x» ning kvadrati – x2
|
Exp(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
e x (e = 2. 718282. . . )
|
Ln(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
«x» ning natural logarifmi (x > 0)
|
Frac(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
«x» ning kasr qismi {x}
|
Int(x)
|
haqiqiy
|
haqiqiy
|
«x» ning butun qismi [x]
|
Random
|
-
|
haqiqiy
|
[0, 1) oraliqdagi tasodifiy son
|
Random(x)
|
Word
|
Word
|
[0, x) oraliqdagi tasodifiy son
|
Matematik protseduralar
|
Inc(x)
|
butun
|
butun
|
«x» ni bittaga orttiradi (x=x+1)
|
Dec(x)
|
butun
|
butun
|
«x» ni bittaga kamaytiradi ( x = x – 1)
|
Matematik formulalarda ko’p ishlatiladigan n sonini ifodalash uchun Paskalda maxsus Pi o’zgarmas (konstanta) kiritilgan (Pi=3.1415...).
Paskal dasturlash tilida algebraik ifodalar arifmetik amallar bilan bog’langan o’zgarmas va o’zgaruvchi miqdorlar, funksiyalar yordamida tashkil topadi va bir satrda yoziladi.
Masalan, 3ab2 ifoda Paskalda 3*a*sqr(b) kabi yozilsa, a/b2 ifoda a/sqr(b) kabi yoziladi.
Ifodalarni yozishda amallarni bajarish tartibini ko’rsatish uchun faqat kichik qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi amallarni bajarish chapdan o’ngga qarab, matematikada qabul qilingan odatdagi tartib saqlangan holda ketma – ket amalga oshiriladi:
1. Funksiya qiymatlari hisoblanadi.
2. Ko’paytirish va bo’lish amallari bajariladi.
3. Qo’shish va ayirish amallari bajariladi.
Masalan , arifmetik ifodaning Paskaldagi yozilishi (a+b)/c kabi bo’lib, uni hisoblashda dastlab qavs ichidagi amal, ya'ni a+b bajariladi, so’ngra natija c ga bo’linadi.
Ba'zi hollarda Paskal dasturlash tilida yozilgan ifodani odatdagi matematik ko’rinishda yozish talab etiladi.
Masalan, 0.5*(sin(x)+cos(x)) Paskal dasturlash tilida yozilgan ifoda matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi: 1/2 (Sinx + Cosx).
Paskalning standart funksiyalari barcha matematik amallarni o’z ichiga olmagan. Shu sababli, ba'zi matematik amallarni Paskalning bir nechta standart funksiyasi orqali yoki bitta standart funksiyani bir necha marta qo’llash orqali ifodalashga to’g’ri keladi. Masalan, Paskalda sonni ixtiyoriy darajaga ko’tarish funksiyasi yo’q. Shuning uchun a3 ifodani Paskalda a *a *a yoki sqr(a)*a ko’rinishida, a 4 ifodani esa: sqr(sqr(a)) ko’rinishida yozishga to’g’ri keladi.
Umuman, a b ko’rinishdagi ifoda uchun matematikada ab = e b*ln a formula o’rinli. Paskalda u exp(b*ln(a)) ko’rinishda yoziladi.
Shuni yodda tutingki, Paskal dasturlash tilida algebraik ifodalarni va standart funksiyalarni yozishda talab etilgan qoidalarga rioya qilish muhimdir.
Mashqlar bajarish:
Qo`yidagi algebrik ifodalarni paskal dasturlash tilida yozing
a) ax+b b)xyz-23 d) ax2+bx+c
Qo`yidagi algebrik ifodalarni paskal dasturlash tilida yozing
a) a4x3-(1-y2)2; b) d) 21-
Mavzuni mustahkamlsh:
1. Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?
2. Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?
3. Standart funksiyalarning qaysilarini bilasiz?
4. Algebraik ifodalar nimalardan tashkil topadi?
5. Arifmetik amallarning bajarilish tartibi qanday?
6. Biror ifodada bir xil amallar qatnashsa, ularning bajarilish tartibi qanday bo’ladi?
7. Amallarni bajarish tartibini o’zgartirish uchun nimalardan foydalaniladi?
8. Ifodada amal ishoralaridan ikkitasi ketma – ket kelishi mumkinmi?
9. sin x – c ko’rinishidagi yozuv Paskalda nima uchun xatolik hisoblanadi?
10. 2*- v ko’rinishidagi yozuv Paskalda to’g’ri yozilganmi?
11. sqr(abs(x +sin(x))-pi) ifodada amallar bajarilish tartibini tushuntiring.
«TASDIQLAYMAN»
o’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari______
– D A R S R E J A S I.
Dars o’tish vaqti ___________________ Fan – Informatika 9 – sinf
Mavzu: O’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O`zlashtirish va ma`lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari haqida tushuncha berish
b) Tarbiyaviyligi: Bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning :=, Write, Writeln operatorlari biln ishlash malakasini rivojlantirish.
Dars turi Yangi bilim berish
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Do'stlaringiz bilan baham: |