Mavzu:
Egilgan holda yelkadan oshirib tashlashlar
Maqsadi:
Kurash turlari texnikasini o‘rgatish uslubiyati. Kurash taktikasi
o‘rgatish uslubiyati
Ta’limiy maqsad:
O‘quvchilarni har tamonlama yetuk barkamol inson qilib
tarbiyalash
Tarbiyaviy maqsad:
O‘quvchilar o‘rtasida dustona vaziyatni shakllantirish.
Riojlantiruvchi
maqsad:
O‘quvchilarda
umuminsoniy
qadriyatlarimizni
rivojlantirish.
Keraklili jixozlar:
kurash tushagi, chuchela
Mashg‘ulot uslubi:
Ko‘rsatmali, amaliy,musobaqa.
Mashg‘ulot o‘tish joyi:
Kurash zali
Tashkiliy ko‘rsatma:
Shug‘ullanuvchilarni ikkiga bo‘lib, o‘zini-straxovka qilib
yiqlish usularni amaliy ko‘rsatib berish va nazariy tushuntirish.
Birinchi topshiriq
–
Kurash texnikasini o‘rgatish
Holatni bajarish davomiyligi
– 1-2 minut.
Uslubiy ko‘rsatma
– Himoyalanish xar-bir tashlashda raqibni muxofaza qilish:
Ikkinchi topshiriq
– Kurash texnikasi va qoidalarini o‘rgatish
Holatni bajarish davomiyligi
– 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma
– Ko‘prik holatida turib bosh atrofida aylantirish.
Uchinchi topshiriq
– Raqibni muvozanatdan chiqarib tashlash usuli.
Holatni bajarish davomiyligi
– 5-6 minut.
Uslubiy ko‘rsatma
–To‘ldirma to‘plar bilan mashq bajarish.
To‘rtinchi topshiriq
– O‘tirgan holda usul, bajaish vaqt asosida.
Holatni bajarish davomiyligi
– 5-6 minut.
Uslubiy ko‘rsatma
– Raqibiga tomon burilib qo‘llar bilan tiralish.
Beshinchi topshiriq
– Raqibini kutarib tashlashda yeklish usuli.
Holatni bajarish davomiyligi
– 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma
– Raqibiga tomon burilib raqibining chap tomonga tashlash.
Oltinchi topshiriq
– 2-chi usul "chapga tashlash" holati.
Holatni bajarish davomiyligi
– 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma
– Qarshilik bilan (nakat )ga ishlash.
Mashg‘ulot o‘tkazadigan joyga va sportchilarga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik talablar
Tibbiyot kuriklarini tashkil qilish, jismoniy mashqlarning organizmga ta’siri haqida
gigiyena va kun tartibiga rioya qilish haqida o‘tkaziladigan shifokor suhbatlari, uzini-o‘zi
nazorat qilish murabbiy uchun ham sportchi uchun ham majburiydir. Yakkama-yakka
olishuvda kurashda, mashq qilishning boshlang‘ich qismida mayib bo‘lishning sababi
asabiy sozlanishdagi kamchiliklari badan qizdirishni yomon o‘tkazilganligidir. Mashq qilish
oxirida mayib bo‘lish umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning yetarli darajada
emasligi tufayli yuz beradigan murabbiy alohida e’tibori yakuniy bosqichdagi maxsus
tayyorgarlik salmog‘i qaratilgan bo‘ladi.Usul bajarish texnikasining buzilishi shuni buzgani
ham, uning raqibini ham mayib bo‘lishiga olib keladi. Buni kurashchining mashq qilish (juft
bo‘lib olishuv) mashg‘ulotlari, tanlab olish vaqtlaridagi va ma’suliyatli musobaqalar
vaqtidagi ruxiy emosional holati bilan tushuntirish mumkin. Mayib bo‘lishni oldini olish
uchun birinchi navbatda sherikni sinchiklab tanlash kerak. Eng muhimi esa kurashchilarni
ehtiyotkorlikka va o‘z-o‘zini saqlashga o‘rgatishdir. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki
shifokor kurigidan vaqti-vaqti bilan o‘tib turish sportda uchrab turadigan har qanday salbiy
oqibatlarning oldini olish uchun zarurdir. Bundan tashqari kurashchilar mashg‘ulot vaqtida
ham, musobaqalarda ham ozoda bo‘lishlari tirnoqlari olingan bo‘lishi, sochlari kalta qilib
2
olinishi, kurash ishtoni ichidan suvda suzganda kiyadigan kalta ishton yoki maxsus ishton
kiyishi shart. Kurash zaliga amaliy o‘quv mashg‘ulotlari uchun jixozlangan maxsus bino
biriladi. Unga 11-11 diametrli iki kurash gilami sig‘a oladigan bo‘lishi lozim. Bunday zalda
bir yo‘la 16-20 kishi shug‘ullanishi mumkin. Ixtisoslashgan kurash zalining sathi 24x 12 m,
balandligi 4-5m bo‘lishi kerak. Poldan 2-3 m balandligicha devorlarni moyli buyoqda
bo‘yaladi. Pol taxtadan, derazalari keng ikki qavatli bo‘lishi shart. Zalni ikta, uchta
ventiliyatorlar yordamida shamollatirib to‘rish lozim. Zaldagi xarorat 15-20 darajada
bo‘lishi kerak. Kurash tushiladigan gilamlarni har bir guruppa shug‘ullannishdan keyin nam
latta bilan artish tavsiya qilinadi. Sport invertarlarni saqlash uchun zalda omborxona keyim-
bosh uchun ilgaklar, o‘qituvchilar xonasi, dush xona, bug‘ xona, masashxona, xojatxona va
boshqa yordamchi xonalar bilan jixozlanishi kerak. Zalda albatda aptechka va boshqa
dorilar yorliqi bo‘lishi kerak. Zalga kirishdan oldin oyoq keyimlarni tozalab artish kerak.
Shug‘ullanuvchi keyinlarini o‘z shikafchasiga ilib, nam lattaga oyog‘ini artib kerish lozim.
Kurashchi albatda kurash keyimlarini haftada bir marotaba yuvishlari shart. Ichki
keyimlarini har ikki kunda almashtirish lozim. Kurashchi o‘zi bilan kurash mashg‘ulotiga
sovun, sochiq, taroq va boshqa narsalarni olib borish kerak.
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |