Мавзу: эавларининг ахлоқий ва эстетик тарбия жараёнларига таъсири


 Ijtimoiy tarmoqlarning axloqiy-estetik ta’sirini oshirishning omillari



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana16.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#149169
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
elektron axborot vositalarining yoshlar manaviyatiga tasiri

3.2. Ijtimoiy tarmoqlarning axloqiy-estetik ta’sirini oshirishning omillari 

 

Hozirgi  kunda  internet  tobora  eng  kuchli  ijtimoiy  ta’sirga  ega  bо‘lgan 



ommaviy  axborot  vositalaridan  biriga  aylanib  bormoqda.  Moliya  yoki  bank 

tizimini  olamizmi,  turli  (madaniy,  ma’rifiy,  ijtimoiy)  xizmat  kо‘rsatish  sohalari, 

ta’lim  jarayonlarini  olamizmi,  barchasi internet  bilan  bevosita bog‘liq. 

Ijtimoiy  tarmoqlar  esa  internet  olamining  ajralmas  bо‘lagiga  aylangan  yirik 

omildir.  Buni  "The  Royal  Pingdom"  global  analitik  tadqiqot  kompaniyasi 

ma’lumotlari  xam  tasdiqlaydi.  Unga  kо‘ra  2,1  milliard  kishini  tashkil  qiluvchi 

dunyo  internet  foydalanuvchilaridan  1,1  milliard  kishi  bir  vaqtning  о‘zida  ijtimoiy 

tarmoqlar  foydalanuvchisi  hamdir.  Shunday  ekan,  ijtimoiy  tarmoqlarning  turli 

OAV  qatorida  jamiyat  va  inson  ongiga  ta’sirini  о‘tkazishi  bugungi  kunni 

muammolaridan  biridir. 

Avvalo,  "ijtimoiy  tarmoq"  nima  zkailigiga  oydinlik  kiritib  olinsa.  Masofadan 

internet  orkali  odamlar  orasidagi  "online"  tanishuv  xamda  muloqotni  ta’minlovchi 

va  о‘z  a’zolarining  turli  xil  shaxsiy  ma’lumotlarini  о‘zida  aks  ettiruvchi  internet 

tarmoqlariga  (saytlariga)  ijtimoiy  tarmoqlar deyiladi.   

Masalan,  internetdagi  ijtimoiy  tarmoqlarning  eng  yirigi  -  “Feysbuk” 

(Facebook)da  850  millionta  profil  -  foydalanuvchilarning  shaxsiy  sahifalari  qayd 

etilgan  bо‘lib,  Buyuk  Britaniyada  nashr  etiladigan  «The  Economist»  jurnalining 

ma’lumotlariga  kо‘ra,  u  jahon  mamlakatlarining  aksariyatida  urf  bо‘lgan  hamda 

sof  daromadi  2011  yilda  1  milliard  AQSH  dollaridan  ortgan.  Kompaniyaning 

bozordagi narxi 75-100  milliard  dollargacha  baholanmoqda.  

“Feysbuk”  muallifi  va  rahbari  27  yoshli  Mark  Tsukerberg  esa  jahondagi  eng 

yosh  milliarder  hisoblanadi.  Uning  ixtirosi  allaqachon  millionlab  kishilarning 

“onlayn pasporti”ga aylanib  ulgurdi. 

Jahon  mamlakatlarida  turli  ijtimoiy  tarmoqlardan  foydalanish  maqsadlari, 

miqyoslari  va  davriyligi  turlicha  bо‘lsa-da,  ularda  umumiy  jihatlarni  kuzatish 

mumkin.  Italiyalik  tadqiqotchilarning  ta’kidlashlaricha,  Amerika,  Yevropa,  Yaqin 

Sharq,  Janubiy  va  Sharqiy  Osiyo,  Avstraliya  va  Okeaniyadagi  mamlakatlar 



 

64 


aholisining  aksariyat  qismi  “Feysbuk”  dan  foydalanadi,  Rossiya,  Ukraina,  Belarus 

hamda  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  esa    “vKontakte”  va  “Odnoklassniki”  kabi 

ijtimoiy  tarmoqlar keng tarqalgan. 

Ayrim  davlatlarda  asosan  о‘sha  davlat  fuqarolari  tomonidan  foydalaniladigan 

ijtimoiy  tarmoqlar  ham  mavjud.  Ular  qatoriga  Xitoydagi  “Renren”  (Renren)  va 

“Tensent”  (Tencent)ni,  Vetnamdagi  “TsingMi”  (ZingMe)  va  Latviyadagi 

“Draugiyem”  (Draugiyem)ni  kiritish  mumkin. 

Shubhasiz,  ijtimoiy  tarmoqlar  millionlab  insonlar  uchun  qator  yengilliklar 

yaratdi.  Jumladan,  istalgan  paytda,  sayyoramizning  istalgan  joyidan  ijtimoiy 

tarmoqqa  ulanib,  о‘z  dо‘st-birodarlaringiz,  qarindoshlar  bilan  muloqot  qilishingiz, 

ular  holidan  boxabar  bо‘lib,  jahonda  rо‘y  berayotgan  yangiliklar,  turli  qiziqarli 

ma’lumotlar,  hayotingizning  muhim  onlari  aks  etgan  fotosuratlar,  videolavhalar  va 

boshqa  turdagi  axborot  bilan  о‘rtoqlashishingiz  mumkin.  Eng  asosiysi,  bu  juda 

qulay  va  nisbatan  arzon  vositadir.  Ammo  shu  bilan  birga  bunday  tarmoqlarning 

salbiy  jihatlari  zaif  tomonlari  ham  bormi?  U  yerda  bizni  qanday  havf-xatarlar 

kutmoqda? 

Bitiruv  malakaviy  ishnini  tayyorlash  jarayonida  о‘tkazilgan  sо‘rovnomada 

ishtirok  etgan  poytaxtlik  bir  guruh  yoshlarning  barchasi  о‘z  javoblarida  Internet 

tarmog‘idan  foydalanishlarini  va  deyarli  90  foizi  ijtimoiy  tarmoqlarda  shaxsiy 

profillariga  ega  ekanliklarini  bildirganlar.  Sо‘rov  natijalariga  kо‘ra,  О‘zbekistonlik 

“ijtimoiy  tarmoqchilar”ning  70  foizi  “Odnoklassniki”,  qolgan  30  foizi  esa 

“MoyMir”  va  “Feysbuk”    “vKontakte”  kabi  ijtimoiy  tarmoqlardan  foydalanishi 

ma’lum  bо‘ldi.  Shuningdek,  sо‘rovnomada  qatnashganlarning  aksariyati  bunday 

tarmoqlarga  yuklangan  shaxsiy  ma’lumotlar  xavfsizligini  ta’minlash  juda 

murakkab  va  qiyin  masala,  deb  kо‘rsatdi.  Chunki  tarmoqda  “daydib  yurgan” 

anonim  yoxud  о‘zga  shaxslarning  ismi-sharifi  bilan  rо‘yxatdan  о‘tgan  minglab 

yuzerlar,  ya’ni  foydalanuvchilar  siz  va  sizning  faoliyatingiz  haqida  turli  g‘arazli 

maqsadlarda axborot tо‘plashi mumkin.  

Qolaversa,  о‘zini  monitor  ortida  himoyalangan  deb  hisoblovchilar  turli  hiyla-

nayranglar  tuzog‘iga ilinib  qolmaslikka  kim kafillik  beradi? 




 

65 


Bundan  tashqari,  ayrim  yoshlar  virtual  ijtimoiy  tarmoqlardan  haddan  ziyod 

foydalanish  real  hayotdagi  oilaviy  va  ijtimoiy  munosabatlarga  hamda  ta’lim  va  ish 

jarayoniga  salbiy  ta’sir etadi, deb hisoblaydilar. 

Profil  egalari  ijtimoiy  tarmoqlarga  о‘rtacha  ikki  kunda  bir  marta  kirib 

turishlarini  aytishgan  bо‘lsa-da,  ularning  kо‘pchiligi  tegishli  saytlarda  berilgan 

ijtimoiy  tarmoqdan  foydalanish  qoida  va  shartlari  bilan  tanishib  chiqmagan. 

Aksariyati  esa  bu  boradagi  qonun  talablaridan  bexabar.  Ular  о‘z  hatti-harakatlarini 

umumiy  tushunchadagi  odob-axloq  qoidalari  asosida  amalga  oshiradilar.  Biroq, 

bunday  qoidalarga  bepisand  bо‘layotgan  yuzerlar  ham  “kiber  olam”da  kо‘plab 

topiladi. 

Sо‘rovnomada  ishtirok  etganlarning  hech  qaysi  biri:  “Internetdagi  ijtimoiy 

tarmoq  orqali  Sizga  zarar  yetkazgan  shaxsni  javobgarlikka  torta  olishingizga 

ishonasizmi?”,  degan savolga qat’iy tarzda ijobiy  javob bera olmadi. 

Umuman  olganda,  tahlillar  shundan  dalolat  bermoqdaki,  internetdagi  ijtimoiy 

tarmoqlardan  foydalanishga  mukkasidan  ketgan  minglab  kishilar  о‘zlarining  real 

hayotdagi  munosabatlari,  о‘qish  va  ish  jarayonidagi  majburiyatlariga  yetarli 

darajada  e’tibor  qilmayotgan,  mas’uliyatsiz  yondashayotgan  holatlar  ham,  afsuski, 

avj  olib  bormoqda.  Masalan,  Gallup  tadqiqot  agentligi  keltirgan  ma’lumotlarga 

kо‘ra,  hozirgi  vaqtda  AQSH  va  Kanadadagi  er-xotin  ajrashishining  har  uchinchi 

holatiga  ijtimoiy  tarmoq  sabab  bо‘lmoqda.  Afsuski,  ushbu  kо‘rsatkich  о‘sish 

tendentsiyasini  namoyon etmoqda.  

Bunday  holatni  Yevropa  mamlakatlarida  ham  kuzatish  mumkin.  Bir  toifa 

odamlar  shu  darajada    onlaynga  berilib  ketganlarki,  hatto  о‘z  vaqtida 

ovqatlanmaydilar,  belgilangan  vaqtda  dam  olmaydilar,  ish  va  о‘qishga  yetarli 

darajada  e’tibor  qaratmaydilar.  Bu  esa    qanday  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishini 

barchamiz yaxshi  tushunamiz. 

Statistik  ma’lumotlarga  qaraganda, Rossiyada har bir foydalanuvchi bir kunda 

о‘zining  10,4  soat,  Angliyada  5,3,  Turkiyada  7,8,  yurtimizda  esa  taxminan  6  soat 

vaqtini  sarflayapti.  Afsuski,  mazkur  gapning  kesimi  yoniga  «behuda»  sо‘zini 

qо‘shib  qо‘yish,  yoki  uni  «isrof  qilgan»  jumlasiga  almashtirish  ham  mumkin. 




 

66 


Taraqqiyot 

odimlari 

bugun  internet  qiyofasida  dunyoning  eng  chekka 

mamlakatlariga  ham  boylayapti.  Bugun  bо‘lajak  kelin  yoki  kuyovlar  haqidagi 

dastlabki  ma’lumotlar  ham  ijtimoiy  tarmoqlardan  qidirilayotgani  ularning 

nechog‘li  ijtimoiy  hayotimizga  ta’sir  kо‘rsatayotganini  anglatadi.  Taassufki, 

mamlakatimizda  eng  mashhur  ijtimoiy  tarmoq    hisoblanmish    “Odnoklassniki.ru” 

saytida  yuzlab,  minglab  axloqqa  zid  profil  yoki  guruhlarga  kо‘zingiz  tushishi 

mumkin.   

Ammo,  insonlar  (ayniksa  yoshlar)  keyingi  paytlarda  ijtimoiy  tarmoqlarni 

nafaqat bir muloqot vositasi, balki uni "xobbi" darajasiga kо‘tarishmokda va tobora 

ommalashtirishmokda.  Bunga  sabab  sifatida  sо‘nggi  yillarda  internet  xizmatining 

keskin  arzonlashishi,  zamonaviy  mobil  telefonlar  ommalashuvi  natijasida  mobil 

aloqa  kompaniyalarining  qulay  internet  xizmatlarini  taklif  etishini,  turli  kuchli 

о‘ziga  jalb  eta  olish  xususiyatiga  ega  bо‘lgan  ijtimoiy  tarmoqlar  sonining 

kо‘payishini  kо‘rsatish  mumkin.  Balki,  bu  ham  о‘ziga  xos  ijobiy  natijadir,  lekin 

yoshlarning  ijtimoiy  tarmoqlarga  qattiq  berilishi  va  ulardan  "xobbi"  sifatida 

foydalanish  kо‘rsatkichlarining  keskin  oshishini  ijobiy  natija  deb  bо‘lmaydi. 

Chunki,  muntazam  ijtimoiy  tarmoqlardan  kо‘ngilxushlik  uchun  foydalanish, 

yoshlarda,  umuman  foydalanuvchilarda  internet  addiksiyasi  (zararli  odatga 

berilish,  qaramlik),  о‘ziga  xos  internet  kasalligi  vujudga  keltiradi,  hayotiy  sof 

tuyg‘ularni  virtual  (hayotiy  bо‘lmagan)  tuyg‘ularga  almashtirish  zamirida:  virtual 

sevgi,  virtual  dо‘stlik,  virtual  hayot  kabi  ming  yillar  davomida  yuzaga  kelgan 

insonlarning  tabiiy  hayotiy  tuyg‘ularini,  hayot  va  insonlar  о‘rtasidagi  muloqot 

tarzini  virtuallashuviga,  natijada  hatto  yо‘k  bо‘lib  ketishiga  asos  bо‘lishi  mumkin. 

Misrosoft  kompaniyasi  asoschilaridan  biri  bо‘lgan  Bill  Geyts  "internet  addiksiyani 

giyoxvandlik  kabi  kasallik  sifatida  baxolashini  hamda  undan  oson  qutilib 

bо‘lmasligi,  maxsus  reabilitatsion  muolajalar  orqaligina  undan  xoli  bо‘lish 

mumkinligini  e’tirof etgan". 

Ijtimoiy  tarmoqlardan  foydalanuvchilar  quyidagi  xato  va  kamchiliklarga  yо‘l 

qо‘yishadi: 

Ijtimoiy  tarmoqlardan  foydalanuvchilar  о‘z  ismi  shariflaridan 




 

67 


foydalanmaydilar; 

Tarmoqqa “nomaqbul” fotosur’atlar joylashtirishadi; 



Muloqot  jarayonida  be’mani,  axloqsiz  gaplar,  sо‘zalardan 

foydalanishadi; 

Notо‘g‘ri ma’lumotlardan  foydalanishadi;   



Sahifalar  ijtimoiy  bо‘lsada tarmoqni siyosiylashtiradi. 

Ijtimoiy  tarmoqlarda  kо‘roq  insonlarni  yovuzlik,  axloqsizlikka  chorlovchi 

ma’lumotlar  manbai  sifatida  anglashimiz  mumkin  bо‘ladi.  Ijtimoiy  tarmoqlar 

yoshlarimizni  ma’naviy  axloqiy qashshoqlashuviga olib kelayapdi.    

Ijtimoiy  tarmoqlar  foydalanuvchilarga  nisbatan  kо‘pchiligi  sotsial  psixologik 

ta’sir  kuchiga  egadir.  Virtual  muloqot  paytida  iisonda  fenomenal  axloqiy  erkinlik 

paydo  bо‘ladi  va  u  bevosita  jamiyatdagi  axloqiy  normalarni  inkor  etadi.  Ushbu 

farazni  inobatga  olgan  holda,  ijtimoiy  tarmoqlarning  jamiyatga  va  shaxsga  zararli 

ta’sirini  quyidagi  jixatlardan  kо‘rib chiqish mumkin. 

Sо‘zlashuvda  jargon  (sо‘zlarni  buzib  gapirish),  vulgarizm  (faxsh,  sо‘kinish, 

xaqoratli 

sо‘zlar)  va  varvarizm  (boshqa  tillardaga  sо‘zlardan  qо‘pol 

foydalanish)dan  erkin  foydalaniladi  va  bu  bevosita  milliy  tilniig  buzilishiga  olib 

keladi.  Shuningdek,  inson  tomonidan  ishlatilayotgan  barcha  qо‘pol  va  behayo 

sо‘zlar  ma’lum  vaqt  о‘tib  yoki  usha  vaqtning  о‘zidan  boshlab  psixikada  о‘z 

in’ikosini  vujudga  keltirib  boradi. 

О‘zini  namoyon  etishda  ham  har  qanday  axloqiy  prinsiplarni  inkor  etish 

mumkin  (misol  uchun,  beriladigan  ijtimoiy  tarmoq  anketalariga  bexayo  shaxsiy 

suratlarini  qо‘yishi  mumkin).  Shu  о‘rinda  statistik  ma’lumot,  Facebook  tarmog‘i 

orqali  shunchalik  kо‘p  pornografik  video  va  foto tasvirlar tarqatilar ekanki, bu 176 

mln  Facebook  foydalaiuvchilarining  har  biriga  kuniga  3  dakikadan  tо‘g‘ri  kelar 

ekan. 

Turli  yot  g‘oyalarni  yoshlar  ongaga  singdirish  axborot  xurujlarini  uyushtirish 



orqali  jamiyatda  tartibsizlikni  yuzaga  keltirish  kabi  g‘ayri  insoniy  ishlarni  amalga 

oshirish mumkin. 

Inson  shaxsiyatiga  tegish.  Ijtimoiy  tarmoqlarda  boshqalarning  shaxsiy 



 

68 


ma’lumotlarini  oshkor  qilish  orqali  ularga  ruxiy  zarba  berish,  insonlarni  masxara 

qilib  turli  yо‘llar  bilan  ularning  ustidan  kulish  mumkin.  Misol  uchun,  birgina 

Facebook  orqali  har  kuni  dunyo  bо‘ylab  1mln  600 ming kishi о‘zgalarning turli xil 

shaxsiy (asosan yolgon va tuxmatga asoslangan) ma’lumotlarini  tarqatar ekan. 

Moddiy  zarar.  Internet  paketlari  sotib  olish  va  turli  internet  xizmatlariga 

haddan 


ziyod 

mablag‘  sarflash  natijasida  moliyaviy  taqchillik,  kо‘rish 

qobiliyatining  susayishi, nurlanish  kabi bir qator salbiy holatlar  yuzaga keladi. 

Ijtimoiy  tarmoqlar,  ayniksa,  о‘smir  yoshlarga  ma’naviy  va  psixologik jixatdan 

salbiy  ta’sir  etadi,  chunki  ijtimoiylashuv  jarayonining  kulminatsion  о‘tish 

davridagi  о‘smirlarda  о‘tuvchanlik  kuchli  bо‘ladi.  Ijtimoiy  tarmoklarga  qaramlik 

natijasida  о‘smirlarda,  hatgo  voyaga  yetgan  insonlarda  ham  jamiyatdan 

uzoqlashish,  virtuallikka  moyillik  ustunligi,  odamovilik,  qо‘rslik,  jizzakilik, 

asabiylik  vujudga  keladi. 

Olimlarning  fikriga  kо‘ra,  virtual  reallik  inson  ongining  о‘zgarishiga 

qanchalik  ta’sir  etgani  aniq  aytib  berish  qiyin,  chunki  virtuallikka  qaramlik  asosida 

yotuvchi 

gipermotivatsiyalashganlik 

о‘ta  kuchli  moyillik)  hali  yetarlicha 

kо‘rishilmagan.  Virtual  reallik  mavzusi  ham  о‘z  navbatida  yirik  tadqiqotlarni  talab 

etadi.   

Ijtimoiy  tarmoqlar  aslida  kimlarga  va  nima  uchun  kerak  degan  savolga  anik 

javob  yо‘q.  Ijtimoiy  tarmoqlarning  о‘zi  bu  savolga  mantiqan  "insonlar  о‘rtasidagi 

muloqotni  taminlash,  turli  dunyo  xabarlaridan  boxabar  etish,  dо‘st  orttirish, 

о‘zining  ikkinchi  bо‘lagini  "sevganini"  topishda  insonlarga  yordam  berish"  kabi 

maksadlari  borligini  bildirishadi,  ammo  bu  bilan  ular  yoshlar  ongiga  “ommaviy 

madniyat”ni  singdirib,  ulariing  ongini  umumai  yot  bо‘lgan  romantik  g‘oyalar,  xom 

hayollar  bilan  tо‘ldiradi.  Buning  tub  mohiyatiga  nazar  solsak,  kimlarningdir 

iqtisodiy  yoki  siyosiy  maqsadlari  yotishini  kо‘rish  mumkin.  Chunki,  о‘z 

g‘oyalarini  sezilarsiz  tarzda  singdirib  bо‘gach,  ijtimoiy  tarmoqlar  turli  chaqiriqlar 

va  reklamalar  orqali  avval  moliyaviy  sо‘ngra,  xatto,  yashirin  siyosiy  maqsadlarini 

ham amalga  oshirishi  mumkin. 

Bugungi  kunda,  internet  kafelarida  bekatlarda  va  jamoat  transport  vositalarida 




 

69 


mobil  tslefonlarini  ichiga  kirib  ketgudek  ijtimoiy  tarmoqlar  orqali  yoshlarning 

"kimlar"  bilandir  suxbatlashayotganini  va  "nimalarnidir"  tamosha  qilayotganini 

kо‘p 

kuzatishimiz 



mumkin. 

Dalil 


sifatida 

Odnoklassniki.ru 

saytining 

О‘zbekistondagi  a’zolari  2mln,  Mail.ru  a’zolari  esa  500  mingdan  oshganligini 

shuningdek,  yuqoridagilar  orasida  Facebook  a’zolari  ham  yо‘q  emasligini  aytib 

о‘tish  zarur.  Ularning  asosini  esa  yoshlar,  voyaga  yetmagan  о‘smir  yoshidaga 

foydalanuvchilar  tashkil  etadi.  Bundan  taxminiy  xulosa  chiqarilsa,  butun  axolining 

10  tadan  1  tasi  kaysidir  ijtimoiy  tarmoq  foydalanuvchisi  degan  ma’lumot  yuzaga 

keladi. 

Axborot  globallashuvi  jarayonida  milliy  axborot  makonini  shakllantirish, 

himoya  qilish  va  uni  rivojlantirishning  tashkiliy-huquqiy  asoslarini  yaratish  har  bir 

davlatning  strategik  manfaatlari  bilan  hamohang  bо‘lgan  ustuvor  vazifalar  sirasiga 

kiradi.  Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  rivojlanish  sur’atining  yanada 

oshirilishi  esa  axborot  almashuvi  sohasida  cheksiz  imkoniyatlar  yaratmoqda.  Bu, 

о‘z 

navbatida, 



dunyo 

mamlakatlarining 

ijtimoiy-siyosiy 

va 


iqtisodiy 

rivojlanishining  asosiy omillaridan  biriga  aylanib  borayotir. 

-  Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  internetdan  foydalanuvchilar  soni  9,8 

milliondan  oshdi,  -  deydi  О‘zbekiston  matbuot  va  axborot  agentligi  axborot 

xizmati  rahbari  Shahriyor  Mansurov.  -  16  mingga  yaqin  UZ  domenidagi  veb-

saytlar  faoliyat  olib  bormoqda.  200  dan  ortiq  veb-sayt  ommaviy  axborot  vositasi 

sifatida  rо‘yxatga  olingan.  Ushbu  veb-sahifalar  asosan  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-

iqtisodiy  yо‘nalishlarga  ixtisoslashgan.    Eng  asosiysi,  ularning  doimiy  о‘quvchilari 

soni kun sayin  kо‘paymoqda. 

Bugungi  kunda  xalqaro  internet  tarmog‘ini  milliy  axborotlar  bilan  tо‘ldirish 

eng  dolzarb  masalalardan  biridir.  Ta’kidlash  joizki,  bu  borada  bir qator yutuqlarga 

erishilmoqda.  Davlatimiz  rahbarining  “G‘oyaga  qarshi  g‘oya,  mafkuraga  qarshi 

mafkura,  jaholatga  qarshi  ma’rifat  bilan  kurashmoq  lozim”,  degan  sо‘zlariga  amal 

qilgan  holda,  asosiy  e’tibor  yoshlarimizda  о‘ziga  xos  “axborot  immuniteti”ni,  ular 

ongida  oqni  qoradan,  yaxshini  yomondan  ajratish  tuyg‘usini  shakllantirishga 

qaratilmoqda. 




 

70 


Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2005-yil  28-sentabrdagi  “О‘zbekiston 

Respublikasining  jamoat  ta’lim  axborot  tarmog‘ini  tashkil  etish  tо‘g‘risida”gi 

qaroriga  muvofiq"  Ziyonet"  jamoat  axborot  ta’lim  tarmog‘i  tashkil  etildi.  Bugungi 

kunda  mazkur  tarmoq  yoshlar  hamda  ta’lim  oluvchilarga  axborot-kommunikatsiya 

xizmatlarini  kо‘rsatish borasida salmoqli ishlarni  amalga  oshirmoqda. 

“Ziyonet”  tarmog‘ida  25  mingdan  ortiq  ma’ruza  matnlari,  ilmiy  ishlar, 

referatlar,  о‘quv  datsurlari  jamlangan.  U  yangi  о‘quv  darsliklari,  qonunchilikka  oid 

ma’lumotlar,  madaniy-ma’rifiy  tadbirlar  hamda  sport  haqidagi  ma’lumotlar, 

bolalar  va  о‘smirlarga  mо‘ljallangan  axborot  resurslari  va  ta’lim  sohasidagi 

kundalik  yangiliklar,  qiziqarli  maqolalar  bilan  boyitib borilayotir. 

Portalga  mamlakatimizda  faoliyat  kо‘rsatayotgan  oliy  о‘quv  yurtlari,  kasb-

hunar  kollejlari,  akademik  litseylar,  umumiy  о‘rta  ta’lim  maktablari,  bolalar  va 

о‘smirlar  sport  maktablari,  Barkamol  avlod  markazlari,  muzeylar,  sport  inshootlari 

tо‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  arboblar  bо‘limida  xalqimiz  tarixida,  fan,  madaniyat  va 

sport  sohalarida  о‘chmas  iz  qoldirgan  insonlar  haqida  ma’lumotlar  va  videolar 

joylashtirilganligi  ham foydalanuvchilar  uchun ulkan  imkoniyatdir. 

Qonunchiligimizda 

о‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  har  xil  zararli 

axborotlardan himoyalashning  ta’sirchan mexanizmlari  yaratilgan. 

Mustaqilligimizning 

ilk 

kunlarida 



qabul 

qilingan 

"О‘zbekiston 

Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  tо‘g‘risida"gi  qonunda 

yoshlar  orasida  odob-axloqni  buzishga,  jumladan,  zо‘ravonlik,  hayosizlik  va 

shafqatsizlikni  targ‘ib  qilishga  qaratilgan  har  qanday  xatti-harakatlar,  "Bola 

huquqlarining  kafolatlari  tо‘g‘risida"gi  qonunda  esa  behayolik,  shafqatsizlik  va 

zо‘ravonlik  haqida  hikoya  qiluvchi,  inson  qadr-qimmatini  tahqirlovchi,  bolalarga 

zararli  ta’sir  kо‘rsatuvchi  va  huquqbuzarliklar  sodir  etishlariga  sabab  bо‘luvchi 

adabiyotlarni  tarqatish, filmlarni  namoyish etish taqiqlanishi  belgilab  qо‘yilgan. 

 

 



 

71 


XULOSA 

Axborot  tarqatish  vositalari,  kommunikatsiya  tarmoqlari  globallashayotgan 

bugungi  kunda  u  yanada  qudratli  kuch,  qurolga  aylanmoqda.  Jarayonlarni 

boshqarish  uchun,  avvalo,  tezkor  va  mavjud  vaziyat  tо‘g‘risida  tо‘la  tasavvur 

beradigan axborot zarur. 

Bugungi 


kunda 

iqtisodiyot 

va 

siyosat 


barobarida 

axborot 


ham 

globallashmoqda,  tо‘g‘rirog‘i,  axborotning  globallashuvi  iqtisodiy  va  siyosiy 

integratsiya  jarayonlariga  sharoit  yaratib  bermoqda.  Ba’zan  о‘zimiz  yashab  turgan 

mintaqadagi  jarayonlarga  tо‘g‘ri  baho  berish  uchun  ham  tashqi  axborotga, 

dunyoning  boshqa  mintaqalarida  rо‘y  berayotgan  voqealar  tahliliga  ehtiyoj 

sezamiz.  

Bugun globallashuvning  ta’siri:   

Birinchidan,    axboriy  globallashuv  natijasida  bir  millat  ongiga  boshqa  millat 

madaniyati,  urf  odati  va  hayot  tarzi  singib  borayotganligi,  (bunda  kinofilmlar, 

teleseriallar,  qо‘shiqlar va kliplar  alohida о‘rin tutadi);   

Ikkinchidan,    axboriy  globallashuv  natijasida  jahondagi  kamsonli  xalq 

tillarining  mavqei  pasayishi, hatto, ayrimlarining  yо‘qolib ketishi;       

Uchinchidan,  axboriy  globallashuv  natijasida  bir  qator  yirik  davlatlar  dunyo 

axborot  olamida  hukmronlikka  intila  boshlashi,  natijada  davlatlar  bir-birini  ichki 

va  tashqi  axborot  bozoridan  siqib  chiqarishga  urinishi  oqibatda  esa  davlatlararo 

axborot  kurashi  boshlanishi  va  asosiy  maqsad  axboriy  psixologik  sohada  siyosiy 

ustunlikni  ta’minlashda  о‘z aksini topmoqda. 

Prezidentamiz  ta’kidlaganidek,  hozirgi  vaqtda  hayotni  elektron  axborot 

vositalari,  xususan,  televideniye  va  radiosiz  umuman  tasavvur  etib  bо‘lmaydi. 

Bugungi  kunda  ular  bir  vaqtning  о‘zida  ham  axborot  maydoni,  ham  ijtimoiy-

siyeyosiy,  ma’naviy-ma’rifiy  minbar,  shu  bilan  birga,  insonga  madaniy,  badiiy  —

estetik  oziq  beradigan  va  hordiq  chiqaradigai  makon  vazifasini  bajarmoqda  desak, 

xato bо‘lmaydi.

1

 



Shularni  hisobga  olib  berilayotgan  imkoniyatlardan  tо‘g‘ri  foydalangan  holda 

                                                 

1

  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas  kuch- T.: Ma’naviyat, 2008.  -134 bet. 




 

72 


yoshlarni  yetuk  axloqiy  fazilatlarga  ega  bо‘lgan  shaxs  sifatida  tarbiyalash  lozim 

bо‘ladi buning uchun: 

Tо‘rtinchidan,  yoshlarni  axloqiy-estetik  tarbiyalash  uchun  ularni  himoya 

qilishni  va  buni  qanday  yо‘llar  bilan  amalga  oshirishni  anik  bilishlari  darkor. 

Yoshlarlarni  axloqiy–estetik  ongiga  birinchi  navbat  EAV  va  internet  katta  ta’sir 

о‘tkazib,  о‘sha  vaqtning о‘zida ham xavf tug‘diradi. Biz har kuni televizor kо‘rish, 

gazeta  о‘kish,  radio  eshitish  va  internetga  kirish  orqali  yanga  va  eng  sо‘nggi 

ma’lumotlardan  doimo  xabardop  bо‘lib  turamiz.  Bu  esa,  bizni har tomonlama turli 

axborot  okimi  о‘rab  turganidan  va  ularning  ta’siri uzluksiz ekanidan dalolat beradi. 

Bu  holatda,  keraksiz  axborotni  kerakligidan  ajrata  olish,  saralash  hususiyatini 

shakllantirish  juda muhimdir. 

Beshinchidan,  axborot  texnologiyalarini  tobora  rivojlanishi  о‘quvchi, 

talabalarga  turli  xil  ta’sir  о‘tkazishi  mumkin.  XXI  asrning  asosiy  muammolaridan 

biri  bu  talabalarni  internet  qaramlikka  tushib  qolishlarini  oldini  olish  va  ularni 

bunga  tayyorlashdir.  Yosh  avlodni  psixologik  qaramlikka  tushib  qolishlari  juda 

oson,  sababi  ularda  fikrlash  qobiliyati  hali  tо‘laligacha  rivojlanib  ulgurmagan 

bо‘lib,  onglari  oq  qogoz  kabi  toza,  har  qanday  ma’lumotni  tо‘laligicha  qabul 

qilishga  tayyor  bо‘ladi.  Bu  paytda  ularni  tо‘g‘ri  yо‘lga  boshlash,  о‘rgatish, 

shakllantirish  va himoyalash  lozim  bо‘ladi. 

Oltinchidan,  endilikda  bizning  davlatimizda  yoshlarni  ma’naviy  va  ma’rifiy 

jixaddan  etuk  inson  qilib  shakllantirishga  katta  e’tibor  berilmokda.  Bunga  misol 

tariqasida  maktab,  litsey,  kollej,  institut  va  universitetlarda  о‘tkazilayotgan  turli  xil 

mavzulardagi  davra  suxbatlari,  tadbirlar,  prezentatsiyalar  va  madaniy  xordiq  olish 

joylariga  sayyohatlarni  keltirish  mumkin.  Shu  о‘rinda,  internetdagi  ongga  ziyon 

yetkazuvchi,  bema’ni,  ta’qiqlangan,  axloqni  buzuvchi  va  eng  asosiysi  о‘zida 

viruslar  tashuvchi  saytlardan  himoyalanish,  ularni  ajrata  olish  va  chetlab  о‘tishni 

о‘rgatishga  bag‘ashlangan  ilmiy  nashrlarni  chop  etilishi  ham  maqsadga 

muvofiqdir. 

 

 



 

73 



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish