Patogenezi
DVS sindromida gemostaz jarayonining buzilishi qon ivish xossalarining koʻp miqdorda sintezlanishi va qonning antikoagulyant xususiyatining kamayishi sababli kelib chiqadi. DVS sindromi kelib chiqishida bir necha omillar roʻy oʻynaydi, ular qon ivish omillarini toʻgʻridan toʻgʻri stimullaydi, yoki ularga taʼsir etadigan mediatorlar sintezini koʻpaytiradi.
Bunday moddalarga toksinlar, bakteriya fermentlari, homila ichi suyuqligi, immun komplekslar, stress holatidagi katexolaminlar, fosfolipidalar, yurak haydovchi qon hajmi kamayishi, asidoz, gipovolemiya va boshqa holatlar kiradi.
DVS sindromi 4 bosqichda amalga oshadi:
I bosqich. Giperkoagulyatsiya va hujayralar qon tomir ichi agregatsiyasi. Qonga tromboplastin yoki trombolastinsimon moddaning ajralishi, tashqi va ichki qon ivish boshlanishi. Bir necha daqiqa yoki oʻtkir kechuvida bir necha soatlar davomida, surunkali koʻrinishida bir necha kun yoki oy davom etishi mumkin.
II bosqich. Kuchayib boruvchi koagulopatiya yetishmovchiligi. Fibrinogen defitsiti, qon plastinkalar va plazma omillarining yetishmovchiligi, buning sababi tromb hosil qiluvchi omillarning koʻplab sarflanishidir.
III bosqich. Ikkilamchi fibrinoliz va gipokoagulyatsiyaning yaqqol namoyon boʻlishi. Gemostatik jarayonida balans buzilishi (afibrinogenemiya, patologik mahsulotlar toʻplanishi, eritrotsitlar parchalanishi), qon ivish jarayonining sekinlashuvi (butunlay ivish xossasining yoʻqolishi).
IV bosqich. Tiklanish bosqichi. Distrofik va nekrotik oʻzgarishlar toʻqimalarda qolib ketadi va aʼzo yetishmovchiligi kelib ciqadi yoki aksincha patologik oʻchoqlar hosil boʻlmaydi va toʻliq aʼzo funksiyasi tiklanadi.
DVS sindromi klassifikatsiyasi
Kasallik kechishi va namoyon boʻlish darajasiga qarab oʻtkir (chaqmoq tezligida), oʻtkir osti, surunkali va qaytalanuvchi turlariga boʻlinadi.
Oʻtkir trombogemorragik sindrom qonga katta miqdorda tromboplastinlar ajralishi va shu kabi moddalarning qondagi miqdori oshishi (akusherlik patologiyalarida, katta hajmdagi jarrohlik amaliyotlarida, travmalar, kuyish, toʻqimalar uzoq muddat ezilish sindromida) kuzatiladi.
DVS bosqichlarining qisqa muddatlar ichida ketma ket yuzaga chiqishi, normal antikoagulyatsion mexanizmning yoʻqligi. Oʻtkir osti va surunkali DVS sindromi qon tomirlar endoteliysining oʻzgarishi (masalan aterosklerotik blyashkalar natijasida) kuzatiladi.
DVS sindromi mahalliy namoyon boʻlishi (bir aʼzodagina namoyon boʻladi) yoki tarqalgan (bir necha aʼzo yoki butun organizmni qamrab oladi) boʻlishi mumkin.
Organizm kompensator mexanizmi boʻyicha kompensatsiyalanuvchi, subkompensatsiyalanuvchi va
dekompensatsiyalanuvchi DVS sindromlari farqlanadi.
Kompensatsiyalanuvchi turi simptomlarsiz kechadi, kichik laxtalar fibrinoliz taʼsirida erib, qon ivish omillari zahira hisobiga yoki biosintez hisobiga tezda tiklanadi.
Subkompensatsiyalanuvchi shaklida gemosindromlar oʻrta ogʻirlikda
namoyon boʻladi. Dekompensatsiyalanuvchi shakli fibrinoliz reaktiv reaksiyalarining kaskad koʻrinishida namoyon boʻlishi bilan kechadi, yaʼni koagulyatsion jarayonning umuman boʻlmasligi, qonning ivimasligi roʻy beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |