1- rasm. 1990-2017 yillarda Oʻzbekiston aholisi sonining oʻzgarishi
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018 yil maʼlumotlari
Demografik jarayonlar — bu aholining vaqt va makonlarda rivojlanishini aks ettiradigan hodisalar boʻlib, uning koʻpayishi, oʻlimi, jinsi va yosh tarkibi hamda mehnat resurslarining miqdor jihatidan oʻzgarishlari bevosita jamiyatning hamda milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi hodisa hisoblanadi. Maʼlumki, jamiyatdagi demografik voqealar umumiy va muayyan individual tasodifiy sabablar taʼsiri ostida amal qiladi. Bu jarayondagi ayrim voqeliklar vujudga kelishi baʼzi sabablarga koʻra individual va noyobdir, lekin demografik jarayonda ular ketma-ketlik voqealardan iborat boʻlib, ular muntazam ravishda oʻzgarib turadi.
Xorijiy mamlakatlardagi innovatsion tendensiyalarning taʼsiridagi demografik jarayonlar yetakchi mutaxassislar tomonidan hozirgi davrda insoniyatning eng muhim va dolzarb omillar sifatida tan olinmoqda. Oʻzbekistonda ham keyingi yillari bu masalalar, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholi miqdorining oʻzgarish dinamikasi, barcha hududlarda mutanosib joylashuvi, tarkibiy tuzilishi koʻpincha davlatimizning iqtisodiy rivojlanishning strategik omillari va uning kelajak uchun ijtimoiy-iqtisodiy parametrlarini shakllantirishiga taʼsir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonning demografik jarayonlari hozirgi xalqaro demografik nizomlarga muvofiq sogʻlom tarzda rivojlanib bormoqda.
Dunyo tajribasidan kelib chiqib taʼkidlaydigan boʻlsak, bugungi rivojlanish davrida dunyoning barcha davlatlari kabi Oʻzbekiston ham demografik sohasida evolyutsion jarayonlarni, yaʼni demografik oʻtishning muayyan bosqichlarini koʻrishi muqarrardir. Maʼlumki, ularning birinchisi yuqori darajadagi tugʻilish va oʻlim miqdori bilan bogʻliq boʻlib, koʻp sonli katta oilalar va avlodlarning tez oʻzgarishi bilan ajralib turadi. Ikkinchi bosqichda ijtimoiy taraqqiyot va sogʻliqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatlar tufayli oʻlim darajasi keskin kamayishi, ammo tugʻilishning yuqori darajasi saqlanib qolishi bilan ajralib turadi, bu aholi miqdorining keskin va nazoratsiz oʻsishiga olib keladi. Oʻzbekiston dunyoning koʻplab davlatlari singari oʻzining demografik rivojlanishida ikkinchi bosqichdan oʻtib, hozirgi davrda tarkibida yosh aholi oʻsib borishi tufayli va umumiy oʻlim koʻrsatkichi tugʻilish darajasidan yuqoriroq boʻlgan uchinchi bosqichda amal qilmoqda.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 7 senyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 000 219 kishini tashkil etmoqda.
Jahon amaliyotida demografik rivojlanishning toʻrtinchi bosqich oʻlim koʻrsatkichi tugʻilishdan oshib ketishi bilan ifodalanishi va depopulyatsiya jarayoni kirib kelishi bilan xarakterlidir, yaʼni aholining tabiiy oʻsishi tarkibida tez surʼatlar bilan demografik qarishi tufayli aholining mutlaq kamayishiga olib kelishini belgilab beradi. Tabiiyki, zamonaviy sharoitlarda depopulyatsiya jarayoni davlatning demografik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdid soluvchi va xavf tugʻdiradi, chunki bu resursni manba jihatidan sezilarli darajada zaiflashtiradi va mehnat resurslari shakllanishida va aholining ish bilan bandlik darajasida boshqa mamlakatlarga qaram boʻlib qolishiga sabab boʻlib qoladi. Bu jarayon hozirgi bosqichda koʻplab Yevropa davlatlari hamda MDHda — Rossiya, Ukraina, Boltiqboʻyi respublikalarida avj surmoqda.
Oʻzbekistonda aholining tabiiy oʻsish surʼatlarining beqaror oʻsmayotganligi sababli demografik rivojlanish ham notekis rivojlanmoqda. Shu munosabat bilan jahon demografik koʻrsatkichlari bilan taqqoslaganda, Oʻzbekiston tabiiy ravishda oʻsish surʼati 25 promilledan 15 promillegacha tushgani sabab dunyoning rivojlangan mamlakatlari oʻrtasida oʻrtacha koʻrsatkichga ega.Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2000-yillarning boshida davlatning demografik rivojlanishni tartibga solish boʻyicha qabul qilgan qonunchilik va tashkiliy chora-tadbirlariga qaramasdan, tugʻilishning umumiy darajasi 20,50 dan 23,66 gacha farq qiladi (2-rasm).Mamlakatimizda“Demografik rivojlanish davlat siyosati”ning ishlab chiqilmaganligi soʻnggi 30 yil ichida aholini umumiy roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi sabab va Oʻzbekiston aholisi holati jiddiy tahlil qilinmaganligi va demografik rivojlanishning istiqbolli prognozlarining yoʻqligi, mamlakatda tugʻilish darajasi oilaning miqdor tarkibi muvofiqlashtirish jarayonlari oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishiga olib keldi. Faqatgina 2017 yildan boshlab jamiyatdagi oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ona va yosh avlod salomatligini mustahkamlashga qaratilgan milliy urf-odatlarga asoslangan tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |