regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-datlarining, marosim va bayramlarining qavmlari
tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jome masjidlarda
ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (‘iyd al-fitr) va qurbon (‘iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To ’ rtinchidan
, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham
bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro
aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod
qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va
burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan
, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik
vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik
sosiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim
muayyan cheklovlarsiz mavjud o’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan
axloq normalarini ishlab chiqishi erak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay,
ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi».
Oltinchidan
, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga
yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z
munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz
yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan.
Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik
ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va
jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil
avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq», degan fikrdir. Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib
chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyusion yo’nalishdagi
pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga
taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan
hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan
so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan».
Do'stlaringiz bilan baham: |