I. Nazariy qism.
1.1 “O‘zmetkombinat” AJ haqida qisqacha ma’lumot
O‘zbekiston qora metallurgiya sanoati ham ancha keng rivojlangan. Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazi Bekobod shahri hisoblanadi va zavodning asosiy xomashyosi Respublikamizda ham qo‘shni davlatlarda ham yig‘ilib qolgan metallarni qayta ishlab, xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqarishdan iboratdir.
Kombinatning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
qora metall chiqindilarning va temir – tersak parchalarini tayyorlash va qayta ishlab berish;
prokat mahsulotlari va boshqa metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;
sirlangan idishlar va boshqa (metall) xalq iste’mol metallarini ishlab chiqarishda sotish.
Bulardan tashqari kombinatning faoliyati quyidagilardan iborat:
Mahalliy xomashyo manbalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanib, ekologik toza texnologiya asosida o‘z mahsulotlarini va xalq iste’mol mollarini, shuningdek shlak va boshqa metallurgiya ishlab chiqarish chiqindilaridan mahsulotlar tayyorlash va sotish. Tovar va boshqa mahsulotlarni sotish va xarid qilish savdo vositachilik, savdo xarid faoliyatini amalga oshirish.
Aholi va korxona, muassasa va tashkilotlarga turli xil shakl va usullardagi pullik xizmatdan iborat bo‘lgan. Kombinat asosiy sanoat tarmog‘i bo‘lib, boshqa barcha tarmoqlar bilan mustahkam aloqaga ega, shuning uchun ham Respublikada qora metallurgiyani rivojlantirish, hozirgi zamon iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ustivor umum davlat masalasi hisoblanadi.
“O‘zmetkombinat” AJ mehnat faoliyatini 1944 – yil 5 mart marten pechini ishga tushgan kunidan boshlangan zavod, keyinchalik kombinat texnikaviy rivojlanishida, yangi texnologik liniyalarni qurishda, uskunalarni modernizatsiya qilishda, yangi texnologiyalarni joriy etishda va qayta qurilishda o‘zining qatiyligi bilan ajralib turdi. Uzluksiz po‘lat quyish qurilmasining (1944 yil) ishga tushirilishi, po‘lat quyish cho‘michlari hajmining kengaytirilishi <300> stannining qayta qurilish ish samarasining oshirilishiga va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishida yordam bermoqda. 1970 – yilda sirlangan idishlar ishlab chiqarish sexi, elektrda po‘lat eritish sexi qurilib ishga tushirildi, 80 – yillarning boshida esa navli prokat sexi va prokat sexning qadar tayyorlash bo‘lim 90 – yillarda payvandlash sexlari ishga tushirildi.
“O‘zmetkombinat” AJ barqaror va bir me’yorda rivojlanish maqsadida ishlab chiqarish quvvatidan samarali va unumdor foydalanish, yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni oshirishni ta’minlovchi zamonaviy yuqori unumdorli asbob – uskunalar bilan jihozlanishi kombinatni modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturining muhim vazifalari sifatida hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 – yil 04.10 dagi PQ – 1623 – sonli “Ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi choralar dasturi to‘g‘risida” gi qaroriga quyidagi loyihalar kiritilgan: U yoki boshqa usul bilan po‘lat olish o‘zining tarkibi va xossalariga asosan turlichadir. Po‘latning yagona dunyoviy sistemasi yo‘q.
MDH da po‘lat klassifikatsiyasi va uning tarkibi, sifatiga quyiladigan talablar o‘sha davlatning standart va texnik sharoitlarga asoslanadi. Ular quyidagi alomatlarga binoan tasniflanadi.
300>
Do'stlaringiz bilan baham: |